QADRDON DO‘STIM–DUSHMANIM

Ishdan borib, kechki ovqat uchun dasturxonga o‘tirgach televizorni yoqib ko‘raman. Oynai jahonda shunday anonslar berishadiki, ularni ko‘rib juda ajoyib teledasturlarni o‘tkazib yuborayotganday tuyiladi. Ko‘pchiligi mening ish vaqtimga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda esa televizor ko‘rishning imkoni yo‘q.

HECH KIMNI OMAD TARK ETMASIN

Shohruh Mo‘ydinov 1991-yili Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Unga o‘tgan yili oliy o‘quv yurtiga kirish nasib qilmadi. Bu yil esa Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga davlat granti asosida o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Biz Shohruhga bunday muvaffaqiyatga qanday erishganini so‘zlab berishini iltimos qilib, bir necha savollar bilan murojaat qildik.

 

XOTIRANGIZ PAND BERMASIN

Psixologlarning aniqlashicha, televizor yoki radio tovushini haddan tashqari baland qilib eshitish yoki shovqin-suronlar, ayniqsa, rok musiqalariga berilib tinglash kabilar xotiraning keskin susayishiga sabab bo‘larkan. Yaqinda tadqiqotchilar ko‘paytirish jadvalini yaxshi biladigan 5-sinf o‘quvchisini alohida xonaga kiritib, ikki soat mobaynida unga rok musiqasini baland tovushda qo‘yib berishdi. So‘ngra ajablanarli holat yuz berdi. Bolakay ko‘paytirish jadvalini batamom unutib yuboribdi. Bundan tashqari, ko‘plab ma’lumotlar uning xotirasidan butunlay o‘chib ketibdi. 

DUNYONI O‘ZGARTIRMANG

Qadim zamonlarda yashagan qirollardan biri o‘z yurtini odillik bilan boshqarar edi. Kunlardan bir kuni qirol yurtining uzoq yerdagi joylariga sayohatga chiqibdi.

YORIQ KO‘ZACHA

Yoshi katta xitoylik ayolning ikki ko‘zachasi bor edi. U ko‘zachalarni tayoqning ikki uchiga osib olib, tayoqni yelkasiga qo’yib, suv tashirdi. 

MUNTAZAM MASHQNING XOSIYATI

Rivoyat qilishlaricha, shoh Bahrom merganlikda tengsiz bo‘lgan ekan. Kunlarning birida ov paytida u kamondan uzgan birgina o‘q kiyikning ikkala old oyoqlariga sanchiladi. “Bu muntazam mashqning xosiyati” debdi shoh Bahromga hamrohlik qilayotgan malika Gulandom. Shohni ko‘klarga ko‘tarib maqtash o‘rniga oddiy mashqni ro‘kach qilgan malikadan g‘azablangan podshoh Gulandomni qattiq jazolamoqchi bo‘ladi, lekin qatl qildirishga jur’at etolmay, yolg‘iz o‘zini cho‘l-u biyobonga tashlab kelishni buyuradi. 

MEN HALI HECH NARSA BILMAYMAN

Biz hali ham o‘zimizni  yil boshida turibmiz deb tasavvur qilyapmiz. Afsuski, juda katta tezlik bilan sentabr oyi ham  ortda qoldi. Demak, tayyorgarlik qilish uchun ajratilgan yana bir oyni boy berdik. 

Gohida  ba’zi abituriyentlarning: “Men hali hech narsa bilmayman” degan nolishlarni eshitib qolamiz. Xo‘p, bilmas ekansiz, nega hali ham dars tayyorlashni boshlamadingiz.?! 

Mantiq maydoni 18-19

Hurmatli gazetxonlar!  “Mantiq maydoni”ning bugungi sonida an’anamizdan biroz chekindik. Avvallari siz – aziz muxlislarga bir nechta savol bilan murojaat etgan bo‘lsak, bu gal hikoyanamo savol bilan boshingizni qotirish niyatidamiz. Siz bugungi muammoni hal qilish uchun sahifamizdagi jadvalni to‘g‘ri to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

KAMBAG‘ALLIK

Bir shaharda yashaydigan o‘ziga to‘q bir oila boshlig‘i o‘g‘liga kambag‘allik bilan zo‘rg‘a kun o‘tkazadigan odamlar ham borligini ko‘rsatish maqsadida uni bir bechorahol kishinikiga tunashga olib boribdi. 

TO‘RT QO‘G‘IRCHOQ QISSASI

Donishmandlardan biri shahzodaga ichida uch dona qo‘g‘irchoq bo‘lgan to‘plam sovg‘a qilibdi. Shahzoda donishmandga jahl bilan: “Men qiz bolamanmi, qo‘g‘irchoq sovg‘a qilasan”,-debdi. “Bu kelajak shohi uchun sovg‘a, - debdi donishmand, —diqqat bilan qarasang, har bir qo‘g‘irchoqning qulog‘ida teshigi bor”.

XOTIRJAMLIK YAXSHI…MI?

Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlariga kirmoqchi bo‘lganlarga kirish imtihonlarida 5 yillik maktab va 3 yillik kollej-litsey darsliklaridan savollar tushadi. Tabiiyki, o‘qishga kiradigan yigit-qizlar sakkiz yilda o‘tilgan dasturlarni bir yilda to‘liq o‘zlashtirib olishga bel bog‘laydi. Barcha fanlarni boshqatdan takrorlaydi. Ulardagi nozik nuqtalarni o‘rganadi. Sababi hech kim qaysi fanning qaysi mavzusidan savol tushishini bilmaydi. Bu tabiiy hol, albatta. 

Xo‘sh, shunday ekan nima uchun xotirjamlikka berilish kerak degan tabiiy savol tug‘iladi. Nega o‘quv yilining boshidayoq dangasalik qilamiz. Harakatni imtihonlarga 3-4 oy qolgandagina boshlamoqchimisiz?! Agar hozirdan sa’y-harakatingizni boshlasangiz, sizda dars tayyorlashga ancha vaqt bo‘ladi. 

KUNDALIK REJA ZARUR

Ma’mura Rahimova Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2009 yili Qamashi tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlagan. Joriy yilda 211,6 ball to‘plab, O‘zbekiston Jahon tillari universitetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. Biz Ma’muradan bunday muvaffaqiyatga qanday erishganligi to‘g‘risida so‘zlab berishini iltimos qilib, bir necha savollar bilan unga murojaat etdik.

ZAHMATKASH, FIDOYI, G‘AMXO‘R

chalkboard.jpg

- Bunday farovonlik nimaning evaziga?

Shahar ulug‘lari javob berishibdi:
- Bu yerda shoh-u gado ustozga birdek hurmatda bo‘ladi.
Darhaqiqat, ustozni qadrlagan el kam bo‘lmaydi. 
Muddaomizni tushungandirsiz: biz bugun uztozlar haqida mulohaza yuritamiz.
Xo‘sh, ustoz kim? U qanday zot?
Sohibqiron bu foniy dunyodan o‘tar bo‘lsam, meni ustozimning oyoq tomonlariga dafn etinglar, deb vasiyat qilgan edilar va shunday ham bo‘ldi. Nega aynan ustozning poylariga?!

ENG MUHIM SAVOL

Kollejga kirgan yilim, o‘qituvchimiz bizga kichkinagina test berdi. Men juda e’tiborli o‘quvchi bo‘lganim sababli barcha savollarga javob berdim, lekin oxirgi savol juda ajoyib edi:

HAYOT QAHVASI

Bir guruh bitiruvchilar universitetdagi professor o‘qituvchisini ko‘rishga  borishibdi. Hol-ahvol so‘rab suhbat boshlangandan biroz keyin mavzu hayot va ishdagi qiyinchilik va muammolarga borib taqalibdi. ...

ABITURIYENTNING BIRINCHI QO‘NG‘IROG‘I

...abituriyent bu qo‘ng‘iroqni boshqacharoq qabul qilishi lozim. Sababi uning uchun oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlik jarayoni boshlandi. Uning uchun oxirgi qo‘ng‘irog‘i 1-avgust kuni bo‘ladi. U kungacha bo‘ladigan darsga kirish va darslarni tugatish qo‘ng‘iroqlari ular uchun emas...

ISHONCH – KATTA KUCH

Sevara Ro‘ziqulova  1992- yili Samarqand shahrida tug‘ilgan. U o‘tgan yili  O‘zbekiston Jahon tillari universitetining 2-litseyini bitirib, Toshkentdagi xalqaro Vestmenster universitetiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Biz Sevara bilan muvaffaqiyatga qanday erishganligi, unga erishishning omillari  to‘g‘risida suhbatlashdik.

 

SIZNING DOIMIY YORDAMCHINGIZ

Mana, ko‘z ochib yumguncha “Abituriyent-2012” mavsumi ham boshlandi. Ya’ni kelgusi yil o‘qishga kiradiganlar hozirdan tayyorgarlikni boshlashlari kerak. Kechagina bolalik davrining gashtini surib yurgan yoshlar endi mustaqil hayotda yo‘l tanlash oldida turishibdi. Garchi, bu ish nisbatan ancha mas’uliyatli va mushkul bo‘lsa-da, lekin hamma uni tanlashga majbur. 

BAXTMI YOKI BAXTSIZLIK?

Qadim zamonda xitoylik qariya fermerlardan biri o‘z fermasida ot boqardi. Bir kuni uning otlaridan biri qochib ketdi. Fermerning yon qo‘shnisi esa unga tasalli berib, bu holga baxtsizlik deb ta’rif berdi. Qariya  fermer unga: “Baxtmi yoki  baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”,-deya javob berdi. 

JAYRALAR HAQIDAGI HIKOYA

Qish juda ham sovuq edi. Oldin bunchalik sovuq bo‘lmagandi. Ko‘pchilik hayvonlar sovuqdan o‘la boshlashdi. Jayralar vaziyatdan kelib chiqib guruh holida yashashga kelishishdi.

Yangi o‘quv yilida yangi dizayn

Mana bir necha kunlik urinishdan keyin saytimizda o‘zgarishlar amalga oshdi. O‘ylaymizki, bu o‘zgarish va yangiliklar sizga manzur bo‘ladi. Yangi o‘quv yilini yangiliklar boshlashga nima yetsin. 

DTM EKSPERTI ABITURIYENT DUSHMANI…MI? (15-16/2011)

Apellatsiyaga kelgan ayrim abituriyentlar ekspertlarni o‘zlarining dushmanlari deb   bilishadi. Ularning nazarida,  barcha masalalarda aybdorlar ham ular. Hattoki, o‘tgan yillardagi appellatsiyalarning birida, to‘plagan balidan norozi bo‘lib kelganlardan biri imtihondan o‘ta olmasligining asosiy sababchisi  deb  ekspertlarni aytdi.  

APPELATSIYA QANDAY JARAYON? (15-16/2011)

Mana, kirish sinovidan o‘tib oldik. Hozir kimlargadir  imtihonlar paytida omadi chopib, tanish savollar kelib,  xursandchilikdan boshi osmonga yetayozgan, kimlarnidir esa alam yuki  ezayotgan bo’lsa, ajab emas.  Bunday vaqtda xafa bo’lib,  yurakni ezishning hech qanday foydasi yo‘q. 

MUXLIS (11/2011)

Yoshligimizda  ko‘rgan multfilmlarimizdan birida kaltakni qushga to‘g‘rilab, xuddi avtomatda otganday otishadi-da, mo‘ljalga olingan qush yiqilib tushadi. Multfilm so‘nggida esa  “bulardan hech biri bo‘lishi mumkin emas, faqat biz shuni juda xohladik, xolos” – degan so‘zlarni aytishadi. 

BILIM URUG‘INI VAQTIDA SEPSANGIZ…(11/2011)

Siz hech g‘allaning  unib-o‘sish jarayoniga qiziqib ko‘rganmisiz? Keling, sizga bu haqida hikoya qilib beraylik.  Bug‘doy urug‘i  kuz paytida yerga sochiladi. Chunki u qish mahaligacha yerdan unib chiqishi lozim. Bug‘doy maysalarini  sovuq urib ketmasligi uchun qorning yog‘ishi ham muhim. Sababi qor bug‘doy nihollari uchun ko‘rpa vazifasini o‘taydi. Bahor kelib, kunlar isiy boshlagach, bug‘doy ham rivojlana  boshlaydi. Bu vaqtda  dehqondan tinimsiz mehnat  talab qilinadi. Masalan, sug‘orish, o‘g‘itlash va hokazolar.  Hammaning rizq-ro‘zi hisoblangan g‘alla iyun-iyul oylarida pishib yetiladi.

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI NEFT VA GAZ FAKULTETI(11/2011)

Dunyoda asosiy energiya manbayi neft va gaz konlari hisoblanadi. Shu bois ulardan unumli foydalanish, topish va qayta ishlash bo‘yicha malakali mutaxassislarni yetishtirish sohasidagi  muhim vazifalardan biridir.  Mamlakatimizda mazkur vazifa bilan  Toshkent Davlat texnika universitetining neft va gaz fakulteti shug‘ullanadi.  

Albatta, bizning yurtimizda ham foydalanishga topshirilgan va lekin hali kashf qilinmagan konlar ham  ko‘plab  topiladi. Ularni qazib olish, qora oltinning har bir tomchisini isrof qilmasdan qayta ishlash uchun malakali mutaxassislarga ehtiyoj katta. 

SIZ ESHIKNI OCHA OLASIZ … (11/2011)

Aslida, g‘alaba eng avval miyada  qozoniladi. Zarur  bo‘lganda, kerakli jasoratni ko‘rsatib, bosilishi  lozim  bo‘lgan qadamlarni qo’ymasangiz, muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Atrofingizda sizni yo‘ldan qaytaruvchi voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin. Yoki yutuqlaringizni  ko‘ra olmaganlar,  ishining zarari to’g’risida  bong urishi mumkin. Faqat unutmang, bularning hammasini  bekor qilish  yoki gapirayotganlarni yolg‘onchiga aylantirish sizning qo‘lingizda. Gapning  qisqasi,  eshikni ochadigan odam  sizsiz. Kerakli jasoratni ko‘rsatsangiz  bo‘ldi. 

Testlar haqida

Ko'pchilik abituriyentlar:  "Gazetangizda chop etilgan testlar kirish imtihonida tushadimi?" - degan savol bilan murojaat qilishimoqda?...

TOSHKENT XALQARO VESTMINSTER UNIVERSITETI (10/2011))

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yildagi Farmoniga asosan, Buyuk Britaniyaning Westminster universiteti bilan hamkorlikda Toshkent xalqaro Vestminister universiteti (TXVU) tashkil qilindi.

Ushbu nufuzli dorilfununning beradigan barcha ilmiy darajalari Londondagi universitet orqali tasdiqlangan bo‘lib, ilmiy diplomlarning barchasi o‘sha o‘quv dargohidan olinadi.

MEHNAT VA ISHONCH (10/2011)

Daryoda bir qayiqchi bor ekan. Uning ishi daryodan o‘ta olmagan yo‘lovchilarni u sohildan bu sohilga o‘tkazib qo‘yish ekan. Bu qayiqchining eshkaklaridan biriga “Ishonch”, ikkinchisiga esa “Mehnat” deb yozilgan edi. Albatta, qayiqqa chiqqan yo‘lovchilar bu yozuvga qiziqishardi. Qayiqchi ularga shunday javob berardi: “Daryodan o‘tish uchun ikki eshkakka ham zarurat bor. Mehnat qilmasdan nimagadir erishishiga ishonish yoki qattiq ishonib mehnat qilmaslik hech qanday samara bermaydi. Ikkisidan birining yo‘qligi birgina eshkak bilan qayiqni yurg‘izishga o‘xshaydi. Bu holda qayiq faqat bir joyda aylanaveradi, manzilga aslo yeta olmaydi. Muvaffaqiyatga erishishda, albatta, ishonchga ham, mehnatga ham  ehtiyoj bor. Bo‘lmasa, bir joydan hech qayerga qimirlay olmaymiz.”

ISHONCHINGIZNI MUSTAHKAMLASH O‘Z QO‘LINGIZDA (10/2011)

Insonning o‘z-o‘zini ishontirishi ijobiy yoki salbiy tarzda bo‘ladi. Masalan, ba’zilar har kuni bir necha soat vaqtini o‘z imkoniyatlari va kelajagiga ishonmaslik bilan o‘tkazadi. Xususan, odam: “Esimdan chiqarib qo‘yyapman, tushunmayapman, boshqalar mendan ko‘proq biladi, ulgurmayman” kabi fikrlarni xayolidan qanchalik ko‘p o‘tkazsa, ular miyada shunchalik o‘rnashib boradiki, oqibatda kishining ichki imkoniyatlari susayadi. Shu bois har kuni ishni “Men o‘zimga ishonaman” degan qat’iy so‘zlar bilan boshlash kerak. 

MISH-MISHLARNI ESHITMANG (10-2011)

Odatda, gazetada chiqib ulgurmagan maqolani internet sahifamizga joylamas edik. Lekin, bu safar, tinimsiz savollarga javob berish maqsadida, payshanba kungi sonimizda e’lon qilinadigan sahifani kiritishga qaror qildik. Demak, o‘sha mish-mishlar haqida

CHO‘QQINI KO‘ZLAB

Agar o‘tgan kunlarimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz faqat baxtli va baxtsiz kunlarimizni eslaymiz, xolos. Ammo kecha   qanday ishlarni amalga oshirdik, nima yumush bilan shug‘ullandik ba’zan eslay olmaymiz ham. Buning sababi nimada? Bunday deyishimizning ma’lum sabablari bor,  albatta. Boisi boy berilgan onlarimizda daqiqalar, soatlar, kunlar va hatto haftalar borligini hech o‘ylab ko‘rganmizmi? Shu bois vaqtdan unumli foydalanishga odatlanishimiz lozim.  

HUNARNI ASRABON NETGUMDIR OXIR…(9-2011)

Buyuk ajdodlarimizdan Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) asarida “Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib, so‘zlarini tingla. Ilmlarini, hunarlarini o‘rganib, amalga oshir” deb yozadi. Olim ushbu kitobida kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, ilm va hunar sohiblarini e’zozlaydi. Odamlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi. Ajdodimiz ushbu so‘zlari bilan ilm o‘rganishni unumli mehnat qilish bilan bir qatorga qo‘yadi. Kishi mehnat qilsagina, hunar o‘rgansagina ilmli, aqlli hisoblanishini, boshqalarga yaxshilik qilish qo‘lidan kelishini ta’kidlaydi.

BEPARVOLIKNING FOYDASI (9-2011)

Biz muvaffaqiyat sari astoydil kirisharkanmiz, yonimizdagilarning salbiy fikrlari bizni ikkilantirishi, hatto yo‘limizdan qaytarishi ham  mumkin. Agar ,siz, mobodo maqsadingizga erisha olmasangiz, ular “aytmaganmidim…” kabi so‘zlar bilan ta’na ham qilishadi. Odamlarning bunday gap-so‘zlaridan qochishning eng yaxshi yo‘li esa bajarayotgan ishingizdan voz kechish hisoblanadi. Lekin bunda siz hech qanday natijaga erisha olmaysiz.

IMTIHONGA RUHAN TAYYORMISIZ?(9-2011)

Aytaylik, hozir siz, jismoniy mashg‘ulotlarni tugatib, asosiy o‘yin oldida turgan futbolchiga  o‘xshaysiz. Ma’lumki, o‘yinda jismoniy va taktik jihatdan kuchli bo‘lishdan ko‘ra, ruhiy  tomondan kuchli bo‘lish  muhim hisoblanadi. Ruhan tayyor bo‘lmagan jamoa tabiiyki,  o‘yin davomida asabiy-lashadi. Bunday paytda futbolchilar aql bilan emas, hissiyotlarga berilib, harakat qila boshlashadi. Yuqoridagi fikrimizga misol sifatida  yaqindagina Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempion-lar ligasining yarim finalini eslash kifoya. U yerda yutqazgan jamoaning  ruhiy kuchsizligi yaqqol namoyon bo‘lib qoldi.

9-sonda

Gazetangizning 9-soni odatdagidek Payshanba, 12-may, kuni yana sizning qo'lingizga yetib boradi. Gazetamiz sahifalaridagi ma'lumotlar bu safar sizga har doimgidan yanada ko'proq foydali bo'ladi degan umiddamiz.