QOCHISH REJASI

G‘arb o‘lkalaridan birida bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan odam ertadan kechgacha qochish rejasini tuzish bilan band bo‘lardi. Qamoqxona hovlisi, o‘z kamerasi, ish joylari - hamma joy juda yaxshi himoyalangan, qochib ketishning chorasi yo‘q edi.  

IZ

qadam 3.jpg

Qadim zamonlarda bir yigit bo‘lgan ekan. Uning bilim olishga tashnaligi va intilishi tahsinga sazovor ekan. 

Bir kuni u eshitib qolibdiki, Yer yuzidagi donishmandlarning eng ulug‘i bir tog‘ning cho‘qqisida yashar ekan. Yigitning o‘y-u xayoli o‘sha tog‘ni topib, uning cho‘qqisiga chiqish va donishmand bilan ko‘rishish bo‘lib qolibdi.  

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

Dunyo davlatlari bilan munosabatlar o‘rnatishda ular bilan umumiy muloqot tili juda muhim hisoblanadi. Albatta, muloqotga kirishuvchi har bir inson barcha millatlar tillarini bilishi shart emas. Bunday paytlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlaydigan mutaxassislarga ehtiyoj seziladi. Ular, albatta, qaysidir millatga mansub bo‘lishadi-da, ikkinchi millat tilini o‘rganishadi.

LOGOPED

Logoped – bu nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis. U maxsus mashqlar yordamida  chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Logoped bir paytning o‘zida ham vrach, ham pedagog sanaladi.

TOSH YO‘NUVCHI

Qadim zamonlarda tog‘da, quyoshing tig‘ida, marmartoshlarni yo‘nish bilan mashg’ul bo’luvchi va bu ishdan to’yib ketgan bir yo‘nuvchi bo‘lgan ekan. U o‘z holidan tinmay shikoyat qilar ekan: “Hayotdan zerikib ketdim. Yo‘nish, tinimsiz tog‘ni urish, ustiga ustak, mana bu quyosh ham odamni kuydiray deydi. Shu quyoshning o‘rnida bo‘lib qolganimdami, hammani yondirib, o‘z hukmimni o‘tkazar edim”. 

HUKMDORNING OQ OTI

 - Bu ot – mening butun borlig‘im. U men uchun juda ham qadrli. Uning o‘limi mening sog‘lig‘imga jiddiy zarar keltiradi. Kim shu otning o‘lgani haqida xabar keltirsa, uning boshini tanasidan judo qilaman.  

MUVAFFAQIYATLI ODAM

MUVAF.jpg

 

Ko‘p hollarda muvaffaqiyatga erishish omadga bog‘lanadi. Go‘yoki, kimgadir omad kulib boqqani sababli qandaydir natijaga erishganday ko‘riladi. Aslida, tilsiz, oyoqsiz omadning shaxsning muvaffaqiyatga erishishida umuman ahamiyati yo‘qligi haqida oldin ham suhbatlashgan edik.

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

Toshkent farmatsevtika instituti dorishunoslik va dori ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar yetishtirib beruvchi Markaziy Osiyodagi  yagona oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Farmatsevtika sohasida yetuk mutaxassislikka erishmoqchi bo‘lgan abituriyentlar moddalarning  tarkibi, ularning boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishishi yoki kirishmasligi, olingan modda nimalarga ta’sir ko‘rsatib, nimalarni kuchaytirib yuborishi haqida chuqur bilimga ega bo‘lishlari talab qilinadi.

11.111.111.110

U yaqinlari bilan ko‘zyosh qilib xayrlashdi. Borajak manzilida va unga yetgunga qadar ham uni halokat qarshi olishi mumkin edi. Lekin u bulardan cho‘chimadi. Va nihoyat, u zamonaviy texnika vositalari orqali ochiq fazo qo‘yniga chiqqan birinchi insonga aylandi. Bugun Yuriy Gagarin nomini dunyo ahli yaxshi biladi

“QO‘LIMDAN KELMAYDI”LARNI KO‘MING.

Donnaning nafaqaga chiqishiga ikki yil qolgan. U Michigandagi  kichik bir qishloqda maktab o‘qituvchisi edi. Donnaning ishi tarbiyaviy soatlar olib borish va o‘rganilganlarni amalga tatbiq qilish bo‘lsa, kamina darslarni kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lardim. 

Donnaning sinfiga kirib orqadagi partalardan biriga o‘tirdim. Sinfdagi barcha o‘quvchilar qog‘ozga nimalarnidir qoralash bilan band edilar.

KULGILI VA ACHINARLI

Quyida e’tiboringizga havola etiladigan sovuq voqealar hayotda yuz bergan va ularning ayrimlari “Ginnessning rekordlar kitobi”ga ham kiritilgan.

TELEVIZOR VA MUVAFFAQIYAT – BIRGA BO‘LA OLMAYDIGAN JUFTLIK

nebo_i_zemlya_1920.jpg

O‘quvchilar televizordagi seriallar va futbol translatsiyalaridan voz kecha olmayman deb o‘ylaydilar. Bunga dalil sifatida ularning gaplaridan misol keltirsak: “Ustoz, ishoning, ozgina tanaffus qilmoqchi edim, oyoqlarim televizorga tortib ketdi. O‘tirib qolibman, vaqtning qanday o‘tganini sezmay qoldim”.

K I N O P R O D U S E R

Kinoproduser (inglizcha produce – ishlab chiqarmoq so‘zidan olingan) – yaratilayotgan filmning ma’muriy va moliyaviy ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.

A S P I R O

Bugun mashhur bo‘lish unchalik qiyin ish bo‘lmay qoldi. Televideniye, internet kabi vositalar ta’sirida birpasda atoqli nom egasi bo‘lib olish qiyin emas. Lekin televideniye va internet yo‘q bo‘lgan yoxud hali rivojlanmagan davrlarda bu ish ancha mushkul bo‘lgani tabiiy hol.

BADAVIY

Tuyasi bilan cho‘lda ketayotgan bir badaviy qiyinchilik bilan yerda sudralayotgan, lablari suvsizlikdan yorilib ketgan bir odamga duch kelibdi. Badaviyni ko‘rgan odam undan suv so‘rabdi.

XARAKTERDAN OT

Bir o‘g‘il, bir qizni tarbiya qilayotgan oila dam olish uchun tog‘ qo‘yniga chiqishgan edi. Ona ovqat tayyorlashga urnaganda bolalar otalari bilan aylanishga chiqishdi. Uzoq yurgandan so‘ng charchagan kichik farzand otasiga yolvora boshladi:

KARATE

Yoshgina yapon bolasi karatega juda qiziqar, kelgusida karatechi bo‘lishni orzu qilardi. Lekin ota-onasi unga ruxsat berishmasdi. 

Kunlarning birida bolakay avtohalokat sababli chap qo‘lidan ayrilib qoldi.

UNIVERSITET HAYOTIDAN

Oliy matematika o‘qituvchisi katta auditoriyada berilib dars o‘tmoqda. Butun diqqati darsga qaratilgan. Bir qarasa, qo‘lidagi bo‘r juda kam qolgan ekan. Uyqusirab turgan bir talabaga: “Bor, qo‘shni xonalardan so‘rab bitta bo‘r olib kelgin”, - deb buyuribdi.

Y U R I S T

Qonun ustuvorligi adolatli va demokratik jamiyatning bosh talablaridan biri sanaladi. Hammaning birday qonunga bo‘ysunishi, inson huquqlarining kafolatlanganligi osoyishta hayotimiz garovidir. Yuristlar (huquqshunoslar) inson haq-huquqlarini himoya qilishga otlangan, barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kasb egalaridir.

 

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI

Ushbu yo‘nalishda Toshkent davlat yuridik institutining o‘qituvchi-professorlari  tinimsiz mehnat qilishmoqda. Har yili bu dargohni bitirgan 400 dan ortiq bitiruvchi huquqni muhofaza qilish idoralarida o‘z mehnat faoliyatlarini boshlashadi.  

Mazkur oliy o‘quv yurtida birgina Yuruspridensiya yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar qabul qilinadi. Talabalar bu yo‘nalishni tamomlab, o‘zlariga mos sohalarda, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, quyidagi sohalardan birida ish olib borishlari mumkin:

YANGI YIL TA’TILI

snowball-fight.jpg

Mana, vaqt suvday o‘tib, yangi 2013-yil ham eshik qoqmoqda. Yangi yil bayramining kelishi hammaga xursandchilik ulashsa-da, vaqtning bunchalik tez o‘tib ketayotgani abituriyentni tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Chunki uning eng katta muammosi aynan shu vaqt hisoblanadi. 

SARDORNING KICHIK QIZI

Kunlarning birida ikki dengizchi dunyo bo‘ylab sayohatga chiqishibdi. Ularning maqsadi o‘z baxtlarini topish ekan. Jahongashtalar bir orolga suzib borishibdi. U yerda bir qabila yashar, qabila sardorining ikki qizi bor ekan. Kattasi chiroyda tengsiz, kichigi esa biroz ko‘rksizroq ekan. 

Dengizchilardan biri sherigiga aytdi:

— Bo‘ldi, men o‘z baxtimni topdim, shu yerda qolaman va sardorning qiziga uylanaman. 

OYNA VA KO‘ZGU

Uka o‘zidan bilimliroq va tajribaliroq bo‘lgan akasidan so‘radi:

 - Aka, bir narsaga hech tushunolmayman: kambag‘allarning oldiga borsang, ular hurmat ko‘rsatishadi va yordam qo‘lini cho‘zishadi; boylarning huzuriga borsang, ularning ko‘pchiligi seni ko‘rmaydi. Nahotki, bularning hammasi pulni deb bo‘lsa?!

KUNDALIK REJA

Abituriyent.uz saytida e’lon qilingan maqolalar ostida foydalanuvchilarimizdan biri kundalik rejani qanday tuzgan ma’qulligi haqida savol so’rabdi. Bugun shu savolga javob berishga harakat qilamiz. 

 

M E N G I D M A N

Jahon aylanma mablag‘ining katta bir ulushi turizm sohasiga to‘g‘ri kelishidan xabardorsiz, albatta. Shunday sharoitda gidlik kasbi zamonaviyligi, muhimligi va ommabopligi bilan ajralib turadi. Biz bu kasb haqida ma’lumot berishda noan’anaviy usuldan foydalanmoqchimiz. Aniqrog‘i, bugun gidlik sohasida “suyagi qotgan” shaxs bilan muloqot uyushtiramiz. O‘ylaymizki, bu muloqotdan o‘zingizni qiziqtirgan ayrim savollarga javob topa olasiz.

 

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI. Elektronika va avtomatika fakulteti

Axborot texnologiyalari rivojlanib borgani sari ularni ishlab chiqaruvchi, nazorat qiluvchi texnologiyalar ham takomillashib boradi. Shunday texnologiyalarni ishlab chiqarish, ishlash prinsipini o‘rganish va ta’mirlash ham juda muhim hisoblanadi. Mazkur soha kadrlarini tayyorlash Toshkent davlat texnika universitetining elektronika va avtomatika fakulteti zimmasidadir.

HAQIQIY BIZNES

Ota: O‘g‘lim, sen men aytgan qizga uylanishing kerak!

O‘g‘il: Yo‘q, dada. Uylanmayman.

Ota: Qiz kimligini bilasanmi o‘zi?...

E - MAIL

Bir odam “Maykrosoft” shirkatiga ish izlab boribdi. U odamni suhbatdan so‘ng hojatxona farroshi sifatida ishga qabul qilishibdi. Faqat u kishiga qachondan boshlab ish boshlashi mumkinligini e-mail orqali bildirishlarini aytishibdi.

BOSH QOMUSIMIZ 20 YOSHDA

constday.jpg

Siz bir uyda yashayapsiz-u, lekin bu uyga boshqalar xo‘jayinlik qilsa.  Bunday holatda na erkin bo‘lasiz va na xotirjam. Shunday emasmi? Qani, shu uy o‘zingniki bo‘lsa-yu, hujjatning tegishli joyiga sening noming tirkalgan bo‘lsa. Mana bu – boshqa gap. Milliy Qomusimiz – konstitutsiyamiz O‘zbekiston atalmish uyimizning o‘z nomimizda, o‘z ixtiyorimizda ekanligining qonuniy asosidir.

Mato o‘g‘irlagan tikuvchi

Bir zamonlar Jigaro‘g‘li  ismli gapdon, o‘g‘ri, hiylakor tikuvchi bo‘lgan ekan. U mijozlarining gazlamalarini o‘g‘irlar ekan.

Sodda bir odam:

— U mendan, hatto, oddiy ip ham o‘g‘irlay olmaydi. Agar bir parcha gazlama o‘g‘irlasa, so‘z beraman, shu otim sizniki bo‘ladi.Agar o‘g‘irlay  olmasa, sizdan bir ot olaman. Men bilan bahslashadigan bormi ? - deya maqtana ketdi.

F I L O L O G

Filologiya – “so‘zni sevish” degani. Jamiyatda bu soha vakillarining o‘rni beqiyos. Filologlarsiz millat savodsiz, bilimsiz bo‘lardi. Kamol topayotgan avlodda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otuvchi, shu orqali umumning ma’naviyati go‘zal bo‘lishiga katta hissa qo‘shayotganlar ham filologlar . Biz bugun ana shu kasb egalari haqida ma’lumot beramiz.

O‘ZINGIZNI SINOVLARDA TOBLANG

Kirish imtihonlariga qanday tayyorlansam ekan? Qanday reja asosida ish tutishim, nimalarga e’tibor qaratishim kerak? Shunday savollarga javob izlayotgan abituriyentlarimizga ushbu sahifa bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz. Bugun siz qanday o‘tashni o‘ylayotgan abituriyentlik davrini muvaffaqiyatli bosib o‘tgan sobiq abituriyentlardan biri bilan suhbat uyushtiramiz. Uning tajribalari va maslahatlari sizga ham asqotadi degan umiddamiz. Tanishing: bugungi mehmon – VTS olimpiadasi sovrindori, Eldor Karimov.

IRODALI G‘ALABA

Futbolda irodali g‘alaba deb nomlangan atama mavjud. Bu atama, aslida, mag‘lubiyatga uchrayotgan jamoaning o‘yin davomida o‘z irodasini yo‘qotmay yutuqni ilib ketishini anglatadi. Zamonaviy futbol klublaridan “Manchester Yunayted” jamoasi irodali g‘alaba qozonishi bilan dong taratgan. Odatda, o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa ruhiy tushkunlikka tusha boshlaydi. O‘yindagi bunday tushkunlik esa raqib jamoaga juda qo‘l keladi.

BOBOMNING HASSASI

Kimdan so‘ramang, erishgan va erishayotgan muvaffaqiyatlarini o‘zining sa’y-harakatlari va imkoniyatlardan samarali foydalana olganligiga, kamtarona iqtidori-yu omadning ham “qarab turmagani”ga bog‘lashadi. Yo‘q, buni inkor qilib bo‘lmaydi. Biroq unutmaslik kerakki, uyimizning bir burchida o‘tirib siz-u bizning  haqqimizga duo qilayotgan  ota-onalarimiz, bobolarimiz va momolarimizning xizmatlarini unutib bo‘lmaydi.