VTS OLIMPIADASI HAQIDA FIKRLAR

VTS olimpiadasi o‘tkazilib, natijalar e’lon qilingandan so‘ng biz ishtirokchilarning mulohazalari bilan qiziqdik. O‘z navbatida, ularga qayd etilgan ko‘rsatkichlarda xizmatlari singgan ustozlarga minnatdorchilik bildirish imkoni ham berildi.

VTS OLIMPIADASI. Yakuniy boshqich haqida

Nihoyat, olti oylik saralash bosqichi yakunlanib, 11-may kuni “Navoiy” abituriyentlarni tayyorlash markazida VTS olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy bosqichga texnika, iqtisod va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib olgan abituriyentlar taklif etildilar.

AMALDA SINAMANG!

Ikki o‘rtoq uzoq suhbatdan so‘ng tortishib qolishdi. Ulardan biri 100 Vattlik lampochkani (uyimizdagi oddiy lampochka) og‘ziga tiqa olishini isbotlamoqchi edi. 

ASLO UNUTMA…

Qadim zamonlarda kimsasiz va yolg‘iz bir qiz yashar edi. Yolg‘izlikdan juda ham siqilgan, hayotdan xafa holda ko’cha kezar ekan, bir kapalakning shoxlar ichida qolib ketganiga ko’zi tushibdi.

O‘RGATISH – BILISHDAN KO‘RA MUSHKULROQ

Bir necha yuz yillar oldin dunyoning bir burchagida joylashgan orolga, kech bo‘lsa-da, olov yetib borgan edi. U yerda to‘rtta turli qabila yashar va ularning o‘zaro munosabatlariga havas qilib bo’lmasdi. Bu orolga unga yaqin yerlarda yashovchi bir olim shogirdlari bilan birgalikda safar uyushtiribdi. 

TO‘SIQ

Inson hayoti davomida har turli to‘siqlarga duch keladi. Kimdir qiynalib, kimdir qulaylik bilan ularni yengib o‘tadi. Hamma ham to‘siqqa duch keladi. Asosiy masala to‘siqni qanday qabul qilishda. 

KIM BO‘LSAM EKAN?

Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish g‘ami bilan yurgan abituriyentlarimiz orasida hayotlarining bir necha yilini qaysi dargoh bilan bog‘lashni hali ham o‘ylayotganlari bor, albatta. Kimdir ko‘ng-lidagi hadik sababli yuqori dorga osilgisi yo‘q, yana kimdir tavakkal qilmoqchi. 

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

Gazetamizning o‘tgan sonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti haqida ma’lumot bergan edik. Yurtimizda ingliz tili rivojiga qaratilgan chora-tadbirlar sabab bu sonda ushbu oliy o‘quv dargohining ingliz tili mutaxassislarini tayyorlaydigan yo‘nalishlari xususida ma’lumot berishga harakat qilamiz.
 

FIDOKORLIK

Qizaloq juda kam uchraydigan jiddiy kasallikka duchor bo‘ldi. Uning sog‘ayib ketishining birgina yo‘li o‘zining besh yoshli akasidan qon olib quyilishi edi. 

MIS TANGA

Kunlarning birida yosh bola ko‘chada o‘ynab yurib, yerdan mis tanga (1 sentlik) topib oldi. U pul topib olganidan juda ham xursand bo‘lib, bundan ichiga sig‘mas edi. Bu topilma uning uchun juda-juda qadrli bo‘lib qoldi.

NAVRO‘ZI OLAM

O‘lkamizda, qalblarimizda Navro‘z shukuhi. Navro‘z xalqimiz hayotida milliy bayram sifatida alohida ahamiyatga, o‘ringa ega. Do‘ppini yerga qo‘yib, nima uchun xalqimiz bu bayramni o‘zgacha kayfiyat, o‘zgacha ruh bilan kutib olishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bizningcha, Navro‘z shunchaki bahor bayrami, shunchaki tun-u kunning tengligi emas. Biz bugun milliy bayramimizning boshqa jihatlariga ham to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 

KIRISH IMTIHONIGA 133 KUN QOLDI!

Gazetamizning har soni muqovasida yoziladigan ushbu ma’lumot juda tez eskiruvchi xabar hisoblanadi. Hatto, siz ushbu maqolani o‘qiyotgan vaqtingizda ham bu xabar allaqachon eskirgan bo‘lishi mumkin. Uning qanchalik tez eskirishini his qilish uchun esa ...

KICHIK QALDIRG‘OCH

Qorli qish kunlaridan biri edi… 

Uyda yolg‘iz yashaydigan odamning derazasini sovuq qotgan jajji qaldirg‘och tumshug‘i bilan taqillatdi. Go‘yo u uy egasidan o‘zini ichkariga kiritishni so‘rar edi. Qushchaning istagi sovuqdan xalos bo’lish edi... 

QAYTA TUG‘ILISH

Burgutlar parrandalar orasida eng uzun umr ko‘radigan qush hisoblanishadi. 70 yoshgacha umr ko‘radigan burgut turlari ham mavjud. Faqat buncha yil yashash uchun ular 40 yoshlarida muhim va juda ham qiyin qaror qilishlari lozim.

MEHR VA NAFOSAT TIMSOLI

Yurtimiz uzra bahor hukm sura boshladi.Qalblarda bayram shukuhi, bayramona kayfiyat. Ushbu faslda onajonlarimiz, opa-yu singillarimiz – barcha ayollar o‘z bayramlarini nishonlaydilar. Shu munosabat bilan biz ham ilk sahifamizda ayollar, aniqrog‘i, o‘zbek ayollari haqida so‘z yuritishga qaror qildik.  

GO‘ZALLIK RAMZI

Ayollar, siz dunyo go‘zalligining eng asosiy sababchilaridan birisiz. Sizlar o‘zingiz go‘zal bo‘lishingiz barobarida tevarak-atrofimizni, hayotimizni go‘zallashtirasiz. Sizning yaratilishingiz shunday: go‘zal xilqatsiz.  

Siz ona bo‘lib nasllarni davom ettirasiz. Sizning mehringiz qalblarni ilitadi. Bu mehrsiz inson mukammal, qalblar munavvar bo‘la olmaydi. 

YULDUZNI KO‘ZLAB

U yaqinlari bilan ko‘zyosh qilib xayrlashdi. Borajak manzilida va unga yetgunga qadar ham uni halokat qarshi olishi mumkin edi. Lekin u bulardan cho‘chimadi. Va nihoyat, u zamonaviy texnika vositalari orqali ochiq fazo qo‘yniga chiqqan birinchi insonga aylandi. Bugun Yuriy Gagarin nomini dunyo ahli yaxshi biladi.

SEKINLA

Bir odam yangi “Porshe” avtomobilini sotib olibdi. U mashinasida ilk bora yo‘lga chiqibdi.

MAQSAD

– Qaysidir oliy o‘quv yurtining Iqtisod yo‘nalishiga kirib olsam, keyin bir gap bo‘lar.

– Men Radiotexnika yo‘nalishining yetuk mutaxassisi bo‘laman!

 Qabul qilish tartibi

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qaroriga ilova:
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom

TOVUQMI, BURGUTMI?

Katta tog‘ tizmalaridan biriga burgut uya qurgan edi. Uning uyasida esa to‘rtta katta burgut tuxumlari bor edi.  

Kunlarning birida zilzila bo‘lib, burgutning uyasi larzaga kelibdi va tuxumlardan biri tog‘ etagidagi vodiyda joylashgan tovuq fermasiga dumalab ketibdi.

TUYA BILAN SICHQON

Bir kuni sichqon tuyaning yuganidan ushlab, uni o‘zi bilan ergashtirib keta boshlabdi. Tuya muloyim jonivor emasmi, indamay, to‘dasiga ham bildirmay sichqonning ortidan yurib boraveribdi. Bundan kibrlangan sichqon: “Men Alpomishday yigit ekanman-ku, shunday katta tuyani sudrab ketyapman-a”, - debdi. 

ABITURIYENT BO‘LIB QOLSAM …

Aksar odamlar yoshlari ulg‘aygach, o‘zlaridan kichiklarga nasihatgo‘y bo‘lib qolishadi. Buning sababi juda oddiy. Ular ham biz kabi yosh bo‘lishgan. Yoshlikda esa xatoliklarga yo‘l qo‘yishgan, undan tajriba orttirishgan. Lekin, afsuski, bu tajriba o‘zlaridan ko‘ra yoshlarga nasihat qilish uchun ko‘proq ish beradi. 

TAROZI

Hind hikoyatlaridan birida aytilishicha, qadimda qabila boshliqlaridan birining vaqt-soati yetibdi. Huzuriga jon oluvchi farishta kelganida, qabilaboshi unga yuzlanib debdi:

 - Men yuz yil umr ko’rdim, biroq qilinishi kerak deb o’ylagan ishlarimning yarmini ham bajarib ulgurganim yo’q. Vaqt bu qadar tez o’tadi deb o’ylamagan ham edim. Mening yuzta o’g’lim bor. Sendan iltimos: ana shulardan birini mening o’rnimga olsang-u, men yana yuz yil hayot kechirsam, chala qolgan ishlarni bitirib olsam.