O‘ZBEK AYOLI

1298552967_0_3453_2f5e0d5f_orig.jpg

Yurtimiz uzra bahor hukm sura boshladi.Qalblarda bayram shukuhi, bayramona kayfiyat. Ushbu faslda onajonlarimiz, opa-yu singillarimiz – barcha ayollar o‘z bayramlarini nishonlaydilar. Shu munosabat bilan biz ham ilk sahifamizda ayollar, aniqrog‘i, o‘zbek ayollari haqida so‘z yuritishga qaror qildik.  

     

        Izlaridan ibo ergashib yurgan, 

        Hayoning ketidan hatto xayoli.

        Har sahar oftobni uyg‘otib turgan,

        O‘zbek ayolisan, o‘zbek ayoli.

JUR’AT

Biror o‘zbekdan ko‘cha-ko‘yda “Ahvollar qalay?” deb so‘ralsa, “Yaxshi, xudoga shukur, harakat qilib turibmiz” deydi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, o‘zbek uchun harakat qilib turganining o‘zi bir baxt. “Harakatda barakat” deb yashaydi u. Zero, harakatsizlik umidsizlikni keltirib chiqaradi. “Umidsiz” so‘zining arabcha tarjimalaridan biri “iblis”dir. 

SHAXMAT

Hayotni shaxmatga o‘xshatadilar. Hayot ham, shaxmat ham kurashdan iborat. Inson nafsi bilan kurashar ekan, uni yo‘q qila olmaydi, faqat yengishi mumkin. Shaxmatda ham xuddi shunday: siz bosh raqibingizni (masalan, qora donali shohni) faqatgina mot qila olasiz. Shuning o‘zi g‘alaba. Talabalikka eltuvchi yo‘lda ham ana shunday “qora donalar” mavjud. Siz mot qo‘yishga qadar ana shu “dona”larni yo‘lingizdan olib tashlamas ekansiz, manzilga yetishingiz qiyinlashib boraveradi. Shunday yo‘lto‘sarlardan biri - dangasalik. “Shaxmatning yuragi – kombinatsiya”, - degan edi Kasparov. Ishyoqmaslikka qarshi shunday kombinatsiyalarni o‘ylab topingki, uning o‘zi sizga yo‘lni bo‘shatib bersin. 

QANOTLI SO‘ZLAR

Bugun biz izlay-izlay topganlarimiz – maqol, matal va aforizmlarni e’tiboringizga havola etishni maqsad qilganmiz. Ular kichik bo‘lish barobarida katta-katta xulosalarni o‘zida jam qilgan. Shu bois ham “qanotli so‘zlar” bilan tanishish chog‘ida ko‘zingiz, aqlingiz hamda qalbingiz bir bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Tayyor bo‘lsangiz, boshladik. 

S I Z I F

Maqola nomini o‘qib hayron bo‘lgandirsiz: Sizif deganlari kim-u, bizga uning qanday aloqasi bor ekan deb. Bugun biz qadim yunon asotirlari oralab sayohat qilamiz. Sayohatimiz davomida o‘zingizda tug‘ilgan savollarga, albatta, javob topasiz, degan o‘ydamiz.

Yunon miflarida qayd etilishicha, Sizif shamol ma’budining o‘g‘li bo‘lib, ziyraklikda, kuch-qudratda, shuningdek, makkorlikda ham zamona-sining ilg‘orlaridan ekan. 

YANGICHA YIL

4bfbcb6bb3cf0aecd02235ce49255807.jpg

Kimdir “hash-pash” deyishga ulgurdi, kimdir ulgurmadi – 2011-yil ham orqa eshikni ocha boshladi. Vaqt deganlariyam tinim bilmas ekan-da. Yaqindagina Sizlarni Yangi yil bilan tabriklab qog‘oz qoralagandik. Bugun esa shu yilning so‘nggi soni orqali g‘oyibona ko‘rishib turibmiz. Mayli, yillar o‘taversin, fasllar almashaversin, muhimi, sog‘ bo‘laylik, tinch hayot kechiraveraylik.

IMKONIYAT O‘Z QO‘LINGIZDA

Aslida tinch va farovon hayotda yashayotganimizning o‘zi katta baxt. Lekin ba’zi abituriyentlar orasida ayrim fanlarni o‘zlashtirishga qiynalsa, o‘zlarini ushbu sohaga qobiliyatsiz deb biladiganlari ham uchrab turadi. Bizningcha, bu o‘ziga nisbatan ishonchsizlik yoki dangasalikdan  boshqa narsa emas. Vaholanki, har bir fanni o‘rganish uchun, avvalo, uning tub mohiyatini anglagan holda uni qunt bilan o‘qish orqali to‘la o‘zlashtirish mumkin. 

O‘ZLIKNI ANGLASH

majlis1600_1200.jpg

Yaqindagina eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Istiqlolning 20 yillik to‘yini tantana qilgan edik. Qalblarimizdan hali uning shukuhi tarqalmay yana bir muborak sanani – Konstitutsiyamizning 19 yilligini nishonlayapmiz. Nima deb o‘ylaysiz: biz o‘z qomusimizni qabul qilish orqali nimaga erishdik?

Savolni “nimaga” emas, “nimalarga” deb qo‘yish o‘rinliroq bo‘lardi, nazarimizda. U orqali biz, o‘zbekistonliklar, avvalo, mustaqil yurt fuqarosi sifatida ilk bor haq-huquqlarimizga, burch-u imtiyozlari-mizga ega bo‘lib oldik. Bir vaqtlar yo‘qotgan qimmatli narsamiz – hamma bilan teng ekanligimiz, endi o‘z hukmimizni o‘zimiz o‘qiy olishimiz qonuniy asosiga ega bo‘ldi.  

YAXSHI KAYFIYAT OMAD KELTIRADI

Yurtimizda yilning deyarli to‘rt fasli mujassam bo‘lgan oltin kuzning so‘nggi oyi ham boshlandi. Psixologlarning aytishicha, kuzning xazonrezgi damlari har bir kishining ruhiyatiga turlicha ta’sir qilishi mumkin. Bunday paytlarda ayrim odamlarning kayfiyatida horg‘inlik, tushkunlik yoki zerikish holatlarining yuz berishi ehtimoli ham yo‘q emas.  

XOTIRANGIZ PAND BERMASIN

Psixologlarning aniqlashicha, televizor yoki radio tovushini haddan tashqari baland qilib eshitish yoki shovqin-suronlar, ayniqsa, rok musiqalariga berilib tinglash kabilar xotiraning keskin susayishiga sabab bo‘larkan. Yaqinda tadqiqotchilar ko‘paytirish jadvalini yaxshi biladigan 5-sinf o‘quvchisini alohida xonaga kiritib, ikki soat mobaynida unga rok musiqasini baland tovushda qo‘yib berishdi. So‘ngra ajablanarli holat yuz berdi. Bolakay ko‘paytirish jadvalini batamom unutib yuboribdi. Bundan tashqari, ko‘plab ma’lumotlar uning xotirasidan butunlay o‘chib ketibdi. 

MUNTAZAM MASHQNING XOSIYATI

Rivoyat qilishlaricha, shoh Bahrom merganlikda tengsiz bo‘lgan ekan. Kunlarning birida ov paytida u kamondan uzgan birgina o‘q kiyikning ikkala old oyoqlariga sanchiladi. “Bu muntazam mashqning xosiyati” debdi shoh Bahromga hamrohlik qilayotgan malika Gulandom. Shohni ko‘klarga ko‘tarib maqtash o‘rniga oddiy mashqni ro‘kach qilgan malikadan g‘azablangan podshoh Gulandomni qattiq jazolamoqchi bo‘ladi, lekin qatl qildirishga jur’at etolmay, yolg‘iz o‘zini cho‘l-u biyobonga tashlab kelishni buyuradi. 

ZAHMATKASH, FIDOYI, G‘AMXO‘R

chalkboard.jpg

- Bunday farovonlik nimaning evaziga?

Shahar ulug‘lari javob berishibdi:
- Bu yerda shoh-u gado ustozga birdek hurmatda bo‘ladi.
Darhaqiqat, ustozni qadrlagan el kam bo‘lmaydi. 
Muddaomizni tushungandirsiz: biz bugun uztozlar haqida mulohaza yuritamiz.
Xo‘sh, ustoz kim? U qanday zot?
Sohibqiron bu foniy dunyodan o‘tar bo‘lsam, meni ustozimning oyoq tomonlariga dafn etinglar, deb vasiyat qilgan edilar va shunday ham bo‘ldi. Nega aynan ustozning poylariga?!

SIZNING DOIMIY YORDAMCHINGIZ

Mana, ko‘z ochib yumguncha “Abituriyent-2012” mavsumi ham boshlandi. Ya’ni kelgusi yil o‘qishga kiradiganlar hozirdan tayyorgarlikni boshlashlari kerak. Kechagina bolalik davrining gashtini surib yurgan yoshlar endi mustaqil hayotda yo‘l tanlash oldida turishibdi. Garchi, bu ish nisbatan ancha mas’uliyatli va mushkul bo‘lsa-da, lekin hamma uni tanlashga majbur. 

SIZ ESHIKNI OCHA OLASIZ … (11/2011)

Aslida, g‘alaba eng avval miyada  qozoniladi. Zarur  bo‘lganda, kerakli jasoratni ko‘rsatib, bosilishi  lozim  bo‘lgan qadamlarni qo’ymasangiz, muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Atrofingizda sizni yo‘ldan qaytaruvchi voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin. Yoki yutuqlaringizni  ko‘ra olmaganlar,  ishining zarari to’g’risida  bong urishi mumkin. Faqat unutmang, bularning hammasini  bekor qilish  yoki gapirayotganlarni yolg‘onchiga aylantirish sizning qo‘lingizda. Gapning  qisqasi,  eshikni ochadigan odam  sizsiz. Kerakli jasoratni ko‘rsatsangiz  bo‘ldi. 

MISH-MISHLARNI ESHITMANG (10-2011)

Odatda, gazetada chiqib ulgurmagan maqolani internet sahifamizga joylamas edik. Lekin, bu safar, tinimsiz savollarga javob berish maqsadida, payshanba kungi sonimizda e’lon qilinadigan sahifani kiritishga qaror qildik. Demak, o‘sha mish-mishlar haqida

INSONNING KELAJAGI O‘Z QO‘LIDA (8-2011)

Bir boy odamning uchta farzandi bo‘lib, o‘limi oldidan u uchalasiga ham bor mol-dunyosini teng taqsimlab beribdi. Otaning vafotidan keyin bolalari meros hisobiga yaxshi yashay boshlabdi. Ulardan faqat bittasi, ya’ni eng kichigi hunar o‘rgangan bo‘lib, qolgan ikkitasi otasining boyligiga ishonib biror bir kasbning boshini ushlamagan, vaqtini behuda o‘tkazgan ekan. 

YO‘L TANLASHDA ADASHMANG! (7/2011)

Jurnalistlar endi suhbatlashish uchun qamoqxonadagi o‘g‘ilning yoniga borib, undan qanday qilib jinoyatga qo‘l urganligini so‘rashibdi. Javob achchiq bo‘lsa-da,lekin aniq va to‘g‘ri edi: “Otamni taniysizlar, boshqa nima ham qila olardim-ki?!”

FOYDALI KASB (6/2011)

Uch ayol suv olish uchun ko‘za ko‘tarib chashmaga bordi. Chashma oldida ayollar o‘z farzandlari haqida suhbat boshlab, ularni maqtay ketdi:(Albatta, hammaga o‘z farzandi suyukli, hamma o‘z bolalarini yaxshi ko‘radi)

“Mening o‘g‘lim- mohir dorboz. Uning sim ustida yurishini ko‘rsangiz, lol qolasiz.Hatto, sim ustida o‘yinga ham tushadi”, –deb maqtandi birinchi ayol. 

DUNYOQARASH (5-2011)

Faraz qiling, ishchilar sizga tengdosh bo‘lgan paytlarida qanday fikrlashgan ekan? Balki, ularning dunyoqarashi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarganmikan? Yo‘q, aslida unday emas. Yoshligidan pessimist bo‘lgan odam katta bo‘lganida o‘zgarib qolmaydi.

INTELLEKTUAL BILIM – KATTA BOYLIK (4-2011)

Shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, inson organizmining bor-yo‘g‘i 2 kilogrammini miya tashkil qilar ekan. Demak, kichkinagina hajmga ega bo‘lgan miya odamni boshqarib turadi. Agar kishi  o‘zini jismoniy jihatdan chiniqtirib tursa, uning aqli  ham rivojlanib boradi. 

AJDODLARIMIZNING IBRATLI HAYOT YO‘LI (3-2011)

Bir rivoyatda yozilishicha, obro‘li bir odamning mashvaratida bir fozil kishi uning sha’niga shunday debdi:

– Men bu yerga taklif qilinganimdan bag‘oyat xursandman. Ilohim ming yil rohat - farog‘atda umr kechiring. 

Shunda yig‘ilishda ishtirok etayotganlardan biri so‘rabdi: 

 - Sizdek bir olim odamga shunday so‘zlash yarashadimikin? Bir odamning ming yil umr ko‘rishi mumkinmi?

INTIZOM- MUVAFFAQIYAT GAROVI (2-2011)

Har kuni ertalab o’rningizdan turganingizdan keyin kundalik ishlar bilan ovora bo’lib ketasiz: o’qishga borasiz, uy yumushlari va boshqa tashvishlar bilan kun o’tganini ham bilmay qolasiz. Kun davomida ba’zi ishlaringizga ulgurasiz, ba’zilariga esa yo’q. Agar Siz kunlik ishlaringizni rejalashtirib olsangiz, hammasi ko’ngildagidek bo’ladi.

AGAR MEN QAYTADAN O‘QUVCHI BO‘LIB QOLSAM … (1/2011)

Hozir o‘quvchi emasman. Men uchun o‘quvchilik davrimni eslashda  afsuslanishdan boshqa chora yo’q. So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman degan maqolning ma’nosini endi tushunyapman. Pushaymonlikdan hech qanday foyda bo‘lmayapti, albatta. Lekin siz o‘quvchilar, ya’ni bo’lajak abituriyentlar  uchun hali hamma narsa oldinda. Men kabi afsuslanib qolmaslik uchun vaqtingizning qadriga yeting. 

YANGI YILDA OMAD SIZGA YOR BO‘LSIN (24-25/2010)

Yilning 31-dekabri eski yil bilan xayrlashish va Yangi yilni kutib olish kuni hisoblanadi. Aslida bu kunni abituriyent qanday kutib olishi kerak? Abituriyent uchun bu kunning boshqa kunlardan qanday farqi bor?Hammamizga ma’lumki, Yangi yil tayyorgarligi bir necha kun oldin boshlanadi. Ta’lim muassasalarida esa 10 kun ta’til  e’lon qilinadi. Gapning  lo‘ndasi: hamma mazza qilib dam oladi. Lekin  abituriyent bir kunlik bayram uchun bir haftasini yo‘qotishi to‘g‘rimi?

QILINGAN MEHNAT BESAMAR BO‘LMAS (21/2010)

Hurmatli abituriyent, ishlar yaxshimi, sog‘-salomat yuribsizmi? Kayfiyatlar qanday? Aslida, ilm olishning erta - kechi yo‘q. Hadislarda ham  “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan so‘zlar bejiz aytilmagan. Shunday ekan, oliy o‘quv yurtiga  o‘qishga kirishning, ya’ni  ilm olishning kechi yo‘q. Xalqimizning  bu to‘g‘risidagi  ko‘plab  maqollari  ham fikrimizning isbotidir. Xususan, “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”, ”Boylikning kaliti–ilm”,  ‘Davlat  tugar,  ilm tugamas”, “Ilm–aql chirog‘i”, “Bilim kuchda,  kuch bilimda”, ”Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar” va hakozalar. 

OSON EMAS BU MAYDON ICHRA TURMOQ… (19-20/2010)

Sobirjon kasb-hunar kollejini bundan ikki yil ilgari tamomlab, O‘zbekiston Milliy universitetining tarix fakultetiga hujjat topshirdi. Bilimi yaxshi edi, kollejni ham a’lo baholarga bitirgandi. Lekin omadi kelmadi. Yetarli darajada ball to‘play olmadi. O‘zi tug‘ilib o‘sgan Andijonga qaytdi. Otasi Hakimjon aka o‘g‘lining tushkun kayfiyatda ekanligini ko‘rib, gap nimada ekanligini darrov tushundi.

BILIM – BAXT KELTIRAR (18/2010)

Aziz abituriyent! O’qishga kirishga tayyorgarlik ko’rish bilan charchamayapsizmi? Astoydil o’qigan, ilm cho’qqilarini egallashga harakat qilgan, xullas, mehnat qilgan kishi albatta niyatiga yetadi. Bunga hayotda misollar ko’p. Hatto mashhur insonlar hayotidan ham ibratli misollar keltirish mumkin. Eng muhimi mamlakatimizda oliy o’quv yurtlariga kirib mutaxassis bo’lish, kasb-hunar egallash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

KAPALAK IBRATI (16-17/2010)

E’tibor berganmisiz – hayotning har lahzasi go‘zal, har odimi ibratli. Shu go‘zallikni, shu ibratni tuyish, qalbga jo qilish quvonchli onlar, baxtli lahzalar sababchisi bo‘la oladi. Biz bugungi mulohazalarimiz qahramoni etib kapalakni tanladik. Uning go‘zalligi haqida-ku sizga “va’z” o‘qib o‘tirishning o‘zi ortiqcha bo‘lsa kerak. Biroq u haqidagi jahon xalqlarining hikoyatlari, uning zamiridagi ibratlar aytsa – aytgulik, tinglasa – tinglagulik.

KARVON YO‘LGA CHIQDI! (15/2010)

Mana, yangi o‘quv yilini ham boshlab oldik. Darvoqe, bu o‘quv yili siz uchun boshqa o‘quv yillaridan tubdan farq qiladi. Chunki endi siz abituriyentsiz! Demak, endi siz o‘z orzularingizga yetishish uchun astoydil bel bog‘ladingiz. Shunday emasmi?

HALI HAMMASI OLDINDA! (13-14/2010)

yiqilganni yer ko’taradi, deganlaridek, necha bor yiqilmang, har gal oyoqqa turib olish zarur. (Bu o’rinda “Yetti marta yiqilib, sakkiz marta turib ket” degan biroz hazilomuz maqolni eslash kifoya)

SIZ KO'PROG'IGA LOYIQSIZ!

Mana, yangi yilni ham boshlab oldik. Bilamiz, bu yil siz uchun ham o‘ta mas’uliyatli, mashaqqatli yil sanaladi. O‘ylaymizki, biz bilan birga bo‘lsangiz, tavsiyalarimizga amal qilsangiz mashaqqatingiz kamroq bo‘ladi. Bugun ham siz uchun atagan aytar so‘zimiz bor.