MUVAFFAQIYATLI ODAM

MUVAF.jpg

 

Ko‘p hollarda muvaffaqiyatga erishish omadga bog‘lanadi. Go‘yoki, kimgadir omad kulib boqqani sababli qandaydir natijaga erishganday ko‘riladi. Aslida, tilsiz, oyoqsiz omadning shaxsning muvaffaqiyatga erishishida umuman ahamiyati yo‘qligi haqida oldin ham suhbatlashgan edik.

TELEVIZOR VA MUVAFFAQIYAT – BIRGA BO‘LA OLMAYDIGAN JUFTLIK

nebo_i_zemlya_1920.jpg

O‘quvchilar televizordagi seriallar va futbol translatsiyalaridan voz kecha olmayman deb o‘ylaydilar. Bunga dalil sifatida ularning gaplaridan misol keltirsak: “Ustoz, ishoning, ozgina tanaffus qilmoqchi edim, oyoqlarim televizorga tortib ketdi. O‘tirib qolibman, vaqtning qanday o‘tganini sezmay qoldim”.

YANGI YIL TA’TILI

snowball-fight.jpg

Mana, vaqt suvday o‘tib, yangi 2013-yil ham eshik qoqmoqda. Yangi yil bayramining kelishi hammaga xursandchilik ulashsa-da, vaqtning bunchalik tez o‘tib ketayotgani abituriyentni tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Chunki uning eng katta muammosi aynan shu vaqt hisoblanadi. 

KUNDALIK REJA

Abituriyent.uz saytida e’lon qilingan maqolalar ostida foydalanuvchilarimizdan biri kundalik rejani qanday tuzgan ma’qulligi haqida savol so’rabdi. Bugun shu savolga javob berishga harakat qilamiz. 

 

IRODALI G‘ALABA

Futbolda irodali g‘alaba deb nomlangan atama mavjud. Bu atama, aslida, mag‘lubiyatga uchrayotgan jamoaning o‘yin davomida o‘z irodasini yo‘qotmay yutuqni ilib ketishini anglatadi. Zamonaviy futbol klublaridan “Manchester Yunayted” jamoasi irodali g‘alaba qozonishi bilan dong taratgan. Odatda, o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa ruhiy tushkunlikka tusha boshlaydi. O‘yindagi bunday tushkunlik esa raqib jamoaga juda qo‘l keladi.

O‘ZIMGA QOYIL

Qoyil.jpg

Ba’zida abituriyentlarga berilgan uy vazifalarini bajarish juda qiyin ishday tuyulib ketadi. Belgilangan vaqtda uy vazifalarini tugata olmaydilar. Xo‘sh, buning sababi nimada? Nima uchun boshqalar qila olayotgan ishlarni qaysidir abituriyent tugata olmayapti?

KIM KUCHLI?

cristiano-ronaldo-363-vs-lionel-messi copy.jpg

Zamonamizning futbol “sehrgarlari”dan qaysi biri kuchliroq ekani borasidagi  tortishuvlar kundan kun avj olyapti. Kimdir “Barsa”chi Messining ajoyib driblinglarini og‘iz ko‘pirtirib maqtasa, yana kimdir Krishtiano Ronalduning ajoyib zarbalarini ko‘kka ko‘taradi. Bir tarafni maqtayotgan muxlis ikkinchi tarafning kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatishni ham unutmaydi. Kamiga “Barselona” kuchlimi yoki “Real” zo‘rroq ekani borasidagi mulohazalar ham ko‘p suhbatlarning bosh mavzusi bo‘lib ulgurgan. Biz tortishuvchi do‘stlarimiz orasida talay abituriyentlarni ham uchratishimiz mumkin. Shunday abituriyentlarga bir nima deyish niyatida qo‘limizga qalam tutdik.

HALI VAQT BOR-KU!

bigstock_Turn_Back_Time_10456.jpg

“Hali 10 oy bor-ku” degan gap insonga ancha hotirjamlik bag‘ishlaydi, bemalol shug‘ullanish mumkinligiga undaydi. Lekin, odatda, abituriyentda o‘rganishi kerak bo‘lgan bilim hajmi haqida unchalik tasavvur bo‘lmaydi. O‘qituvchi unga asta-sekinlik bilan, osondan qiyinga qarab o‘rgatib boradi. Shu sababli har bir yangilik abituriyent uchun osonday tuyuladi. Biroq bir oy oldin hozir biladigan narsasini ko‘rsatilganda edi, ko‘pchilik abituriyentlar qo‘rquvdan tayyorgarlik ko‘rgisi kelmay qolardi.

UY VAZIFASI

child_studying2.jpgFutbol o‘yinida, odatda, jamoasi uchun ko‘p gol kiritgan o‘yinchining dovrug‘i oshib ketadi. Butun matbuot-u muxlislar uning ajoyib zarbalari-yu aldamchi harakatlari haqida jar solishadi. Lekin mana shu paytda butun ishni bajarib, hujumchini qulay vaziyatga chiqarib unga pas bergan o‘yinchini, yarim himoyachini, ko‘pchilik eslamaydi.

MARAFON BOSHI

10727433-half-marathon-start-line-at-point-mugu.jpgMarafon yugurish turining masofasi 42 km 195 m bo’lib, bu nom qadimgi Gretsiyada bo‘lib o‘tgan Marafon jangidan olingan. U yerda g‘alaba haqidagi xabarni yetkazuvchi chopar shuncha masofani bosib o‘tib, Afinaga xabarni yetkazgach, jon taslim qilgan. Garchi bu sport turi abituriyent uchun juda ham muhim bo‘lmasa-da, xuddi sportchilarday uzun masofani bosib o‘tishi kerak. 

ISHONCH – YARIM MUVAFFAQIYAT

Hedef.jpg

Mana, yozning ilk oyida chop etilgan gazetamiz orqali siz, o‘quvchilar, bilan yana bir bor ko‘rishib turibmiz. Bundan buyog‘iga bizning fikr-u o‘yimiz faqat kirish imtihoni haqida bo‘ladi. Chunki o‘sha  uzoq kutilgan imtihon kuni juda yaqinlashib qoldi. “Hali shuncha vaqt bor-ku” degan so‘zlarning hammasi ortda qolib, “Atigi shuncha vaqt qolibdi, xolos” deydigan onlar ham yetib keldi.

TAKRORLASH VAQTI

Mana, kirish imtihonlariga ham 35 kun atrofida vaqt qoldi. Siz esa 300 kundan ko‘proq vaqt mobaynida tayyorgarlik bosqichini bosib o‘tdingiz. Bu davr  davomida, asosan, siz yangi mavzularni o‘rgandingiz va bu mavzularni o‘zlashtirish jarayonida ilgari o‘rgangan mavzularni oz bo‘lsa-da unutgansiz.

FORMULA KITOBCHASI

Hozirgi kunda abituriyentlarimizda juda ko‘p uchraydigan “qurollardan” biri formula kitobchasi hisoblanadi. Tarix, biologiya va adabiyot fanlaridan kichraytirilgan kitoblar, kimyo, matematika va fizika fanlaridan kerakli va keraksiz formulalar yig‘indisi shaklidagi broshuralarni deyarli barcha abituriyentning qo‘lida ko‘rishingiz mumkin. Go‘yoki, shu narsalar ularning sehrli tayoqchasiday bo‘lib qolgan.

EURO-2012

uefa-euro-2012-logo.jpg

Futbol – millonlar o‘yini. Ko‘pchilik davralarning asosiy mavzusi ham u. Ayni paytda hammaning nigohi Polsha va Ukraina yerlarida start oladigan Yevropa chempionati bahslariga qaratilgan. Bu nufuzli musobaqada “Ko‘hna qit’a”ning 16 ta grand terma jamoasi titul uchun kurash olib boradilar. Ularning ichida, albatta, biz muxlislik qiladigan terma jamoalar ham mavjud. 

TEST QANDAY YECHILADI?

pen.jpg

Aytaylik, siz o’zingiz bilmaydigan bir savolga duch keldingiz yoki qanchalik urinmang, natijaga yetib bora olmayapsiz. Bunday holatlarda nima qilasiz? “Tavakkal belgilayman” deyishga shoshilmang. Chunki ...
 
 
 
 
 
 

RUHIY USTUNLIK

usti.jpg

Mana, kun sanaydigan dasturlarimiz uch xonali sonlarni tugatib, ikki xonali sonlarni ko‘rsata boshladi. Bu esa hayotimizning keyingi to’rt, besh  yoki yetti yilini belgilab beradigan sinovga juda kam vaqt qolganini anglatadi. Aslida, bizga kam bo‘lib tuyulayotgan muddat o’zgalar uchun ham boshqacha emas. Ya’ni bizning vaqt borasidagi imkoniyatlarimiz qancha bo’lsa, raqiblarimizda ham shunchani tashkil qiladi.  Bu imkoniyatlardan unumli foydalangan insongina g‘alaba qozonadi. 

XOTIRA

Siz miya yarim sharlari, ularning qanday xislatlarga ega bo‘lishi, eslab qolish qanday jarayon ekanligini yozishimizni kutsangiz, adashasiz. Axir, bu haqda hamma gazetalarda yozishadi, hattoki, siz ularni yodlab ham olgansiz. Hozir  e’tiboringizni masalaning boshqa jihatiga  qaratmoqchimiz.

MAQSADGA QANDAY ERISHILADI?

Maqsad inson ega bo‘lmagan, lekin kelajakda erishishni istagan barcha narsalarga berilgan nom hisoblanadi. Bu bir kasb, maqom yoki qanchadir miqdordagi pul ham bo‘lishi mumkin.

TESTLAR – DUSHMANIM

 Ba’zi do‘stlarimiz gazetamizning ushbu sahifasini o‘qib, o‘zlarini qiynayotgan ruhiy holatlari haqida savollar so‘rashdi. Xuddi shunday ahvol boshqalarda ham bo‘lishi mumkin, degan mulohaza bilan bu savollarga gazetamiz orqali javob berishga qaror qildik.

HISSIYOTLARNI JILOVLASH

Bugun  onalarimiz, opalarimiz va singillarimizning  bayrami bo‘lgani sababli ham ularga bag‘ishlab nimadir yozgim keldi. Abituriyentlarimizning taxminan yarmini singillarimiz tashkil qilishadi. Ular ham  hozir  barcha abituriyentlar kabi kirish imtihonlariga astoydil tayyorgarlik ko‘rish bilan bandlar.

Sahifamizning asl maqsadi  abituriyentlarni kirish imtihonlariga ruhan  tayyorlash hisoblanadi. Psixologik ustunlik – bu hissiyotlar ustidan hukmronlik qila olish demakdir. Afsuski, singillarimiz, odatda, hissiyotlarini yenga olishmaydi. 

KUCHSIZLAR OVUNCHOG‘I

Hujumchi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi. Qiyin ahvolda qolgan darvozabonni chalg‘itib, to‘pni tepdi. Biroq darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytarib, jamoasini goldan saqlab qoldi. Sharhlovchi esa  bu holatni hujumchidan omad yuz o‘girgani bilan izohlaydi. 

Aslida-chi? Hujumchidan omad yuz o‘girdimi  yoki darvozabonga omad kulib boqdimi? 

KIRA OLARMIKANMAN?

160 ball bilan qayerga kira olarkinman?.. Ingliz tilidan shuncha, ona tilidan buncha yechsam, balim yetarmikan?.. Nima uchun  Abbos shunchalik yaxshi yecha oladi?.. O‘qishga kirish uchun ikki yil tayyorgarlik ko‘rish shartmi?..

BOSHLASHIM KERAK…

Hozir sizning orangizdan yuqoridagi gapni aytayotgan ko‘plab abituriyentlarni uchratish mumkin. Afsuski, yanvar oyining yarmi o‘tib bo‘lgan bo‘lsa-da, dars qilishni boshlashi kerakligini idrok qilgan holda bu ishni uddalay olmayotgan abituriyentlar yetarlicha mavjud. Ularni, dars qilishni boshlay olmasliklarining sababi esa o‘zlari tushib qolgan muhitdan ajray olmasliklaridir.

UCHINCHI FAN MUHIMMI?

Abituriyent.uz saytida e’lon qilingan maqolalar ostida foydalanuvchilar o‘z fikrlarini qoldirishadi. Ana shunday fikrlardan biri diqqatimizni tortdi. Shu fikr haqida o‘z mulohazalarimizni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.

OH, TA’TIL KELDI!

Mana,  yangi yil ham eshik qoqmoqda. Bu bayramni juda ko‘p o‘quvchilar va talabalar intizorlik bilan kutishadi. Nega kutishmasin, axir, naq ikki haftalik ta’til bo’lsa... Uzoqroqda ta’lim oladigan o‘quvchilar uchun ota-onalarining bag‘riga qaytishga yana bir imkoniyat. Undan tashqari yangi yil bayramini nishonlash ham o‘zgacha bir yoqimli. 

MEN KELAJAKDA … BO‘LAMAN!!!

Gapimning izohini so‘rarsiz. Abituriyentlar bilan suhbatlashganda ularning ko‘pchiligi biror bir oliy o‘quv yurtiga kirib olsam bo‘ldi,  deyishadi. Go‘yoki umrlari shu oliygohga kirish bilan yakun topadigandek. Bu esa maqsadsizlikning eng oddiy ko‘rinishidir. Ajablanmang, institut yoki universitet  qaysidir kasbga yoki mutaxassislikka tayyorlaydigan maskan hisoblanadi. 

O‘Z USTIDA ISHLASH

Ko‘pchilik abituriyentlarning hayotidagi asosiy muammolardan biri o‘z ustida ishlay olmaslik hisoblanadi. Hattoki, ularning orasida: “Ustoz, sizning yoningizda o‘tirsam, misollarni yecha olaman,”–deydiganlarini ham uchratasiz. Lekin, afsuski, kirish imtihonlarida hech kim ustozini yonida olib kirib keta olmaydi.

MASHAQQATNING ROHATI HAM BOR

Bir necha yillardan beri tuzuk dars qilmagan o‘quvchilarning birdaniga abituriyentga aylanib qolishi ular uchun ancha qiyin jarayon hisoblanadi. Maktab davrida uy ishlarini yaxshiroq o‘qiydigan o‘rtog‘ingizdan ko‘chirib olgan bo‘lishingiz, yaxshiroq baho olish uchun har xil hiylalarni o‘ylab topgan bo‘lishingiz va ularning uddasidan ham chiqqan bo‘lishingiz mumkin.

QADRDON DO‘STIM–DUSHMANIM

Ishdan borib, kechki ovqat uchun dasturxonga o‘tirgach televizorni yoqib ko‘raman. Oynai jahonda shunday anonslar berishadiki, ularni ko‘rib juda ajoyib teledasturlarni o‘tkazib yuborayotganday tuyiladi. Ko‘pchiligi mening ish vaqtimga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda esa televizor ko‘rishning imkoni yo‘q.

MEN HALI HECH NARSA BILMAYMAN

Biz hali ham o‘zimizni  yil boshida turibmiz deb tasavvur qilyapmiz. Afsuski, juda katta tezlik bilan sentabr oyi ham  ortda qoldi. Demak, tayyorgarlik qilish uchun ajratilgan yana bir oyni boy berdik. 

Gohida  ba’zi abituriyentlarning: “Men hali hech narsa bilmayman” degan nolishlarni eshitib qolamiz. Xo‘p, bilmas ekansiz, nega hali ham dars tayyorlashni boshlamadingiz.?! 

XOTIRJAMLIK YAXSHI…MI?

Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlariga kirmoqchi bo‘lganlarga kirish imtihonlarida 5 yillik maktab va 3 yillik kollej-litsey darsliklaridan savollar tushadi. Tabiiyki, o‘qishga kiradigan yigit-qizlar sakkiz yilda o‘tilgan dasturlarni bir yilda to‘liq o‘zlashtirib olishga bel bog‘laydi. Barcha fanlarni boshqatdan takrorlaydi. Ulardagi nozik nuqtalarni o‘rganadi. Sababi hech kim qaysi fanning qaysi mavzusidan savol tushishini bilmaydi. Bu tabiiy hol, albatta. 

Xo‘sh, shunday ekan nima uchun xotirjamlikka berilish kerak degan tabiiy savol tug‘iladi. Nega o‘quv yilining boshidayoq dangasalik qilamiz. Harakatni imtihonlarga 3-4 oy qolgandagina boshlamoqchimisiz?! Agar hozirdan sa’y-harakatingizni boshlasangiz, sizda dars tayyorlashga ancha vaqt bo‘ladi. 

ABITURIYENTNING BIRINCHI QO‘NG‘IROG‘I

...abituriyent bu qo‘ng‘iroqni boshqacharoq qabul qilishi lozim. Sababi uning uchun oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlik jarayoni boshlandi. Uning uchun oxirgi qo‘ng‘irog‘i 1-avgust kuni bo‘ladi. U kungacha bo‘ladigan darsga kirish va darslarni tugatish qo‘ng‘iroqlari ular uchun emas...

BILIM URUG‘INI VAQTIDA SEPSANGIZ…(11/2011)

Siz hech g‘allaning  unib-o‘sish jarayoniga qiziqib ko‘rganmisiz? Keling, sizga bu haqida hikoya qilib beraylik.  Bug‘doy urug‘i  kuz paytida yerga sochiladi. Chunki u qish mahaligacha yerdan unib chiqishi lozim. Bug‘doy maysalarini  sovuq urib ketmasligi uchun qorning yog‘ishi ham muhim. Sababi qor bug‘doy nihollari uchun ko‘rpa vazifasini o‘taydi. Bahor kelib, kunlar isiy boshlagach, bug‘doy ham rivojlana  boshlaydi. Bu vaqtda  dehqondan tinimsiz mehnat  talab qilinadi. Masalan, sug‘orish, o‘g‘itlash va hokazolar.  Hammaning rizq-ro‘zi hisoblangan g‘alla iyun-iyul oylarida pishib yetiladi.

ISHONCHINGIZNI MUSTAHKAMLASH O‘Z QO‘LINGIZDA (10/2011)

Insonning o‘z-o‘zini ishontirishi ijobiy yoki salbiy tarzda bo‘ladi. Masalan, ba’zilar har kuni bir necha soat vaqtini o‘z imkoniyatlari va kelajagiga ishonmaslik bilan o‘tkazadi. Xususan, odam: “Esimdan chiqarib qo‘yyapman, tushunmayapman, boshqalar mendan ko‘proq biladi, ulgurmayman” kabi fikrlarni xayolidan qanchalik ko‘p o‘tkazsa, ular miyada shunchalik o‘rnashib boradiki, oqibatda kishining ichki imkoniyatlari susayadi. Shu bois har kuni ishni “Men o‘zimga ishonaman” degan qat’iy so‘zlar bilan boshlash kerak. 

HUNARNI ASRABON NETGUMDIR OXIR…(9-2011)

Buyuk ajdodlarimizdan Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) asarida “Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib, so‘zlarini tingla. Ilmlarini, hunarlarini o‘rganib, amalga oshir” deb yozadi. Olim ushbu kitobida kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, ilm va hunar sohiblarini e’zozlaydi. Odamlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi. Ajdodimiz ushbu so‘zlari bilan ilm o‘rganishni unumli mehnat qilish bilan bir qatorga qo‘yadi. Kishi mehnat qilsagina, hunar o‘rgansagina ilmli, aqlli hisoblanishini, boshqalarga yaxshilik qilish qo‘lidan kelishini ta’kidlaydi.

IMTIHONGA RUHAN TAYYORMISIZ?(9-2011)

Aytaylik, hozir siz, jismoniy mashg‘ulotlarni tugatib, asosiy o‘yin oldida turgan futbolchiga  o‘xshaysiz. Ma’lumki, o‘yinda jismoniy va taktik jihatdan kuchli bo‘lishdan ko‘ra, ruhiy  tomondan kuchli bo‘lish  muhim hisoblanadi. Ruhan tayyor bo‘lmagan jamoa tabiiyki,  o‘yin davomida asabiy-lashadi. Bunday paytda futbolchilar aql bilan emas, hissiyotlarga berilib, harakat qila boshlashadi. Yuqoridagi fikrimizga misol sifatida  yaqindagina Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempion-lar ligasining yarim finalini eslash kifoya. U yerda yutqazgan jamoaning  ruhiy kuchsizligi yaqqol namoyon bo‘lib qoldi.

HAYAJONDAN UNUMLI FOYDALANISH (8/2011)

Reja asosida ishlayotgan kishi har tongda soatining jiringlaganidan o‘yg‘onadi. Biroz erinib, dam olmoqchi bo‘lishi ham mumkin. Tun yarmigacha dars tayyorlaydigan abituriyent imtihonlargacha har kuni shu tarzda ish yuritadi. Shunday ekan bunday behalovatlikni yoqimli odatga aylantira oladigan, kun davomida reja asosida tartibli dars tayyorlaydigan yigit-qizgina yaxshi natijalarni qo‘lga kirita oladi. 

KO‘P EMAS, QUNT BILAN O‘QISH MUHIM (7/2011)

Abituriyentning ish rejasi uning kelgusidagi maqsadlariga erishish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam, kelajakda katta loyihalar tuzish borasidagi fundamental bir mashqdir. Aslida, har bir odamda biror bir ish rejasi bo‘ladi. Ammo rejalar uni tuzuvchi kishining ahdi qat’iyligi, vaqt to‘g‘ri taqsimlanganligi, belgilangan vazifaning miqdori va bunga ulgura olishiga qarab baholanadi. Natijada bu omillar muvaffaqiyatga sabab bo‘ladi 

O‘RGANISHNI O‘RGANISH (6/2011)

O‘quvchilar ko‘pincha dars tayyorlashda samaradorlik kamligi haqida shikoyat qilishadi.Masalan, bir kecha-kunduzdagi  24 soatning 8 soatini uyquga ajratib, 3 soatini ovqatlanish va boshqa ishlarga sarflaganda ham  odamning ixtiyorida 13 soat qoladi. Aytmoqchimizki,  shuncha paytda abituriyent  juda ko‘p ishni qilishi  mumkin. 

REJA TUZISHDAN BO‘SHASAM... (5/2011)

Ba’zi o‘quvchilar dars tayyorlashning eng asosiy omili sifatida dars rejasini tushunishadi. Albatta, reja juda muhim, lekin u hamma narsani hal  qilmaydi. Ya’ni, reja sehrli tayoqcha emas. Odamda dars tayyorlash istagi va irodasi bo‘lmasa, eng mukammal  reja  ham hech qanday foyda bermaydi. Reja aslida  “qachon”, “qayerda” va “qanday” dars tayyorlashga qaror qilish maqsadini o’z oldiga qo’yish demakdir.  

BAHOR IMKONIYATLAR FASLI (4-2011)

Gohida kuch-g’ayratga to‘la  va dars qilishga chanqoq abituriyent o‘rnini dangasalikka moyil, holsiz va dars qilishdan bezor abituriyent egallaydi. Boshqacharoq aytadigan bo‘lsak, tekis yo‘l o‘rnini g‘adir-budir va to‘siqlardan iborat bo‘lgan yo‘l egallaydi. 

Bahorda kunlar uzayib, havo isishi bilan  o‘smir yoshidagi bolalar ko‘proq ko‘chada aylanib yurishni xohlashadi  yoki uyi  tomonga oyog’i  tortmaydi. 

ABITURIYENT HAYOTIDA ABRAMOV (3-2011)

Bu yil yanvar oyida   ko‘plab futbol muxlislarining diqqati Qatar davlatiga qaratildi. Boisi, u yerda futbol bo‘yicha Osiyo chempionati bo’lib o’tdi.  Mazkur chempionat bizda bir qator taassurotlar qoldirdi. Avvalo,  shuni aytish kerakki, o‘zbekistonlik futbolchilar tarixda birinchi marta kuchli to‘rtlikka kira olishdi. Bu bizning hozirgacha  bo‘lgan eng katta  yutug’imiz hisoblanadi.

Siz abituriyentlarga futbol haqida hikoya qilayotganim,balki,   juda g‘alatidir.  Lekin  bu maqolani  yozishimga sabab bo‘lgan asosiy inson   -  O‘zbekiston terma jamoasi bosh  murabbiyi Vadim Karlenovich Abramov  bo‘ldi. 

SAMARALI UXLASH QOIDALARI(2-2011)

Uyqu inson hayotidagi voz kechish mumkin bo’lmagan ehtiyojlardan biridir.  Organiz-mimizning suvga,  kislorod  va ovqatlarga ehtiyoji bo‘lganidek, uyquga ham ehtiyoj seziladi.  Sog‘lig‘imizdagi kichik bir nuqson o‘zini uyquda ko‘rsatganidek, uyqu tartibidagi kichik bir oqsash sog‘liqda va kunlik hayotda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umrimizning o‘rtacha uchdan bir qismi uyquda o‘tganganligi sababli ham  tartibli hayot o‘tkazish uchun tartibli uyquning ahamiyati juda katta.

UYQU (1/2011)

Shunday ekan, uyqu har bir mavjudot uchun juda kerakli jarayon ekanligi  ma’lum bo‘ladi. Samarali dars tayyorlash uchun bir kecha-kunduzda necha soat uxlash kerak, uyqu vaqtini kamaytirish mumkinmi, kam uxlasak qanday muammolarga duch kelamiz kabi savollarga ko‘pchilik abituriyentlar javob topishga qiynalishsa kerak. Shu sababli uyqu haqida baholi qudrat sizga ma’lumot berishga harakat qilamiz.

QISHKI TA’TIL–QULAY IMKONIYAT (24-25/2010)

Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyent muhim bir imkoniyatni qo’lga kiritish arafasida bo’ladi.  Sezgan bo‘lsangiz Yangi yil ta’tilini nazarda tutyapmiz. Bu, ayniqsa, litsey va kollejlarning oxirgi kurslarida o‘qiyotgan abituri- yentlar uchun alohida imkoniyat. Ya’ni bor diqqat va g’ayratingizni  faqat test sinovlari tayyorgarligiga qaratish imkoniyati tug‘ilmoqda. Bu paytda tayyorgarlikni litsey va kollej darslari bilan birgalikda olib borib  qiynalayotgan o‘quvchilarga barcha o‘rganganlarini takrorlashi va yodga olishlari tavsiya qilinadi. Shu sababli ham abituriyentlar bu fursatni  “Imkoniyat oralig‘i” deb ham  nomlashlari mumkin. 

QAYD ETISH (22-23/2010)

Axborotni saqlashning va kelajakda eslab qolishining eng ta’sirli usullaridan biri qayd etish va keyinchalik bu mavzularni takrorlash hisoblanadi. Qayd etishning foydalari ko‘p, ulardan biri - darsda o‘tilgan mavzuni o‘zingiz tushunadigan va o‘zingiz xohlaganingizdek shaklda yozib saqlash imkoniyatiga egaligingizdir. Dars davomida qayd etish ma’lumotlarni doimiy holga keltirish bilan bir qatorda kerak bo‘lganda murojaat qilishingiz mumkin bo‘lgan axborot manbaiga ega bo‘lishingizni ta’minlaydi. Shu sababli u o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega. 

SAMARALI TINGLASH USULLARI (21/2010)

Tinglash ham fikrlash bo’lib, u  bir necha oddiy usullar yordamida juda samarali tarzda  ishlatilishi mumkin. Insoniyat o‘zaro munosabatining 90 foizini og‘zaki usulda amalga oshiradi va oradan qisqa vaqt o‘tgach uning atigi yarmini eslay oladi, xolos. Yana biroz vaqt  o‘tgandan keyin esa  xotirasida o‘sha suhbatning 20-25 foizigina qoladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, tinglashning samarali usullaridan foydalanish kishiga  juda katta qulaylik yaratadi.

O‘ZIMNI DARS TAYYORLASHGA MAJBURLAY OLMAYAPMAN (19-20/2010)

O‘quvchilar odatda, dars tayyorlashlari kerakligini bilishadi, ammo nimagadir darrov bu ishga kirisha olishmaydi. Xohishsizlik, istaksizlikni his qilishadi. Ko‘pincha  kutilgan ilhom parisining kelmaganiday, dars tayyorlash uchun motivatsiya topish ham qiyinlashadi. Ba’zan vaqtning ancha-muncha qismi dars tayyorlashni kutish bilan o‘tib ketadi. “Dars qila olmayapman,  rejala-rimni amalga oshira  olmayapman” deb bahona qilish muammoni hal qilmaydi, aksincha yana  murakkablashtiradi.