BIRINCHI URINISHDA KIRA OLAMANMI?

lk marotaba o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarning aksariyatida “Birinchi urinishda kira olmaslik  - oddiy hol, bu yil kira olmasam, keyingi yil kiraman” degan tushuncha paydo bo‘lib qolgan. 

VAQTIMIZ YETMAYAPTI!

“Uy ishlarimiz juda ham ko‘payib ketyapti. Ularni bajarish uchun vaqtimiz yetmayapti. Topshiriqni kamroq bering, bugun adabiyotdan o‘qishim kerak”.

TAQSIMOT

Abituriyentlarimiz qanday qilsak, kuchni teng taqsimlashga erishamiz, deb so‘rab qolishdi. Bugungi maqola shu mavzuda bo‘ladi.

DALDA BERING!

Elektron manzilimizga abituriyentlarimizdan o‘zlarini qiynagan savollarga javob berishimizni so‘rab maktublar kelmoqda. Biz ularga tajribalarimiz va nuqtayi nazarimizga suyanib javob bermoqdamiz. Bu fikrlar sizni ham befarq qoldirmaydi degan o‘y bilan ularni gazetamizda ham berishga qaror qildik.

E'TIBOR

Ba’zida bilimingiz yeta turib ayrim savollarga xato javobni belgilab qo‘yasiz. Buning  sababi  nimada-yu, qanday oldini olish mumkin? Keling, buning sabablarini tahlil qilib ko‘raylik.

TEZLIK

Hayotimizning juda ham katta tezlikda o‘tib ketayotganini ko‘rish uchun o‘tgan davrga nazar solish yetarli. Birpasda shuncha umrni yashab qo‘yganingizni, sho’x-shodon bolalikning endi yoqimli o’tmishga aylanganiga hali hech qancha vaqt bo‘lmaganini his qilasiz. 

RAQOBAT

“Real” va “Barselona” jamoalari o‘ynar ekan, birgalikda futbol ko‘rayotgan do‘stlarimdan biri juda ham ajoyib fikr aytib qoldi: “Bu jamoalar rivojlanishi uchun bir-biriga ehtiyoji bor. Agar bular bir ligada o‘ynashmasa, bir-biri bilan raqobatlashmasa, bunchalik kuchayishmas edi”.

IRODA

Xitoyliklar bambuk daraxtini qanday yetishtirishlarini bilasizmi? Balki, bu daraxtni yetishtirish uchun  shu daraxtdan-da kattaroq sabr kerakligini bilmassiz. Unda o‘qing. 

DIPLOMATIYAGA TOPSHIRAMAN!

Garchi tayyorgarlik jarayoni boshlanib ketgan bo‘lsa-da, ba’zi abituriyentlar qayerga, hatto, qaysi yo’nalishga hujjat topshirishni hali hal qila olganlaricha yo’q. Ular universitetlarni bir-biri bilan solishtirish bilan band...

KIM AYBDOR?

Futbolni qaysidir jamoaga muxlislik qilib ko‘rar ekansiz, hakamning sizning jamoangizga qarshi chiqargan hukmlari adolatsizlik bo‘lib, sizning jamoangiz foydasiga chiqargan qarorlari aynan adolatning o‘zginasi bo‘ladi. Haqiqat qidirayotganlar uchun haqiqatning asl ko‘rinishi ushbu misolda keltirilgan. Agar kimdir oliy o‘quv yurtiga kira olsa, haqiqat bor, aks holda yo‘q. Anglagan bo‘lsangiz kerak, haqiqat nisbiy tushuncha. 

KIRISH IMTIHONI NATIJALARI CHIQQACH…

Test sinovi natijalari  e’lon qilindi. Kimdir talabalik baxtidan sarxush bo‘ldi, yana kimdir qanchadir mehnati zoye ketganiga achina boshladi. Kimdir esa yo baxtdan, yoki baxtsizlikdan ko‘z yoshini tiya olmayapti.

ERON – ARGENTINA

Bir oy davomida butun dunyo futbol ishqibozlarining nigohi Braziliya maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga qadaldi. Garchi futbol bizga juda ham noqulay vaqtda bo‘lgan esa-da, ko‘pchilik uyqusidan voz kechib shu o‘yinlarni ko‘rdi.

IMTIHON KUNI

Tayyorgarliklar o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun – imtihon topshiradigan kun. Bugun – bilimlar hamda asablar bellashadigan kun. 

DAM OLISH KUNI

Uzoq davom etgan tayyorgarlik bosqichi o‘z nihoyasiga yetib, oliy o’quv yurtini tanlash, hujjat topshirish kabi muammolarni hal qiladigan vaqt yetib keldi. Biz esa siz bilan bugun imtihondan oldingi kun – 31-iyulni qanday o‘tkazish haqida suhbatlashmoqchimiz.  

O‘ZGARISHLAR KATTAKU

May oyining boshlarida Davlat qabul komissiyasi tomonidan kirish imtihonlariga talaygina o‘zgarishlar kiritildi. Ochig‘i, bu narsa judayam ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. 

IMTIHONGA RUHAN TAYYORMISIZ?

Aytaylik, hozir siz jismoniy mashg‘ulotlarni tugatib, asosiy o‘yin oldida turgan futbolchisiz. Ma’lumki, o‘yinda jismoniy va taktik jihatdan kuchli bo‘lish barobarida ruhiy  tomondan ustun bo‘lish ham muhim hisoblanadi. 

MEN TALABA BO‘LMAYMAN!

Talabalik –professional hayot yo‘limizning bir bosqichi, ya’ni kasb karyerasi sari yetaklovchi bir qadam. Talabalikka erishish talaba bo‘lishdan ko‘proq mehnat talab qiladi. Ko‘proq zahmat talab qiladi. 

TO‘SIQ

Inson hayoti davomida har turli to‘siqlarga duch keladi. Kimdir qiynalib, kimdir qulaylik bilan ularni yengib o‘tadi. Hamma ham to‘siqqa duch keladi. Asosiy masala to‘siqni qanday qabul qilishda. 

KIRISH IMTIHONIGA 133 KUN QOLDI!

Gazetamizning har soni muqovasida yoziladigan ushbu ma’lumot juda tez eskiruvchi xabar hisoblanadi. Hatto, siz ushbu maqolani o‘qiyotgan vaqtingizda ham bu xabar allaqachon eskirgan bo‘lishi mumkin. Uning qanchalik tez eskirishini his qilish uchun esa ...

GO‘ZALLIK RAMZI

Ayollar, siz dunyo go‘zalligining eng asosiy sababchilaridan birisiz. Sizlar o‘zingiz go‘zal bo‘lishingiz barobarida tevarak-atrofimizni, hayotimizni go‘zallashtirasiz. Sizning yaratilishingiz shunday: go‘zal xilqatsiz.  

Siz ona bo‘lib nasllarni davom ettirasiz. Sizning mehringiz qalblarni ilitadi. Bu mehrsiz inson mukammal, qalblar munavvar bo‘la olmaydi. 

MAQSAD

– Qaysidir oliy o‘quv yurtining Iqtisod yo‘nalishiga kirib olsam, keyin bir gap bo‘lar.

– Men Radiotexnika yo‘nalishining yetuk mutaxassisi bo‘laman!

TOVUQMI, BURGUTMI?

Katta tog‘ tizmalaridan biriga burgut uya qurgan edi. Uning uyasida esa to‘rtta katta burgut tuxumlari bor edi.  

Kunlarning birida zilzila bo‘lib, burgutning uyasi larzaga kelibdi va tuxumlardan biri tog‘ etagidagi vodiyda joylashgan tovuq fermasiga dumalab ketibdi.

ABITURIYENT BO‘LIB QOLSAM …

Aksar odamlar yoshlari ulg‘aygach, o‘zlaridan kichiklarga nasihatgo‘y bo‘lib qolishadi. Buning sababi juda oddiy. Ular ham biz kabi yosh bo‘lishgan. Yoshlikda esa xatoliklarga yo‘l qo‘yishgan, undan tajriba orttirishgan. Lekin, afsuski, bu tajriba o‘zlaridan ko‘ra yoshlarga nasihat qilish uchun ko‘proq ish beradi. 

YANGICHA RUH

Yangi 2014-yil kirib keldi. Barchamiz yangi yilni kutib olib, bayramni nishonlab, yana kitob-daftarlarimiz yoniga qaytib keldik. Aslida, har bir bayramning kelishi – abituriyent uchun muhim bo‘lgan kirish imtihoni yanada yaqinlashganidan darak.

JAMOAVIY RUH

Zamonaviy futboldagi eng kuchli o‘yinchilar qaysi jamoalardan chiqishiga hech e’tibor berganmisiz? “Barselona”, “Real”, “Bavariya”, “Manchester Yunayted” ….

VAQT

Muvaffaqiyatga erishishda eng muhim omillardan biri VAQT hisoblanadi. Lekin, afsuski, ko‘pchiligimiz mana shu omilning borligini bila turib, undan unumli foydalanish usullarini bila turib, ularni amalga oshirmaymiz.

BALKI, KEYINROQ QILARMAN !?

Sichqonlar mushukning o‘zlariga qiladigan hujumidan juda ham zerikkan. Har kuni qo‘rquvda yashash jonlariga tekkan edi. Ular yig‘ilib, bundan qutulish chorasini qidirishar edi.

BALKI, KEYINROQ QILARMAN!?

Ko‘pchilik abituriyentlar muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini juda ham yaxshi bilishadi. Qaysi yo‘llardan yurib, qanday manzilga yetib borishdan ham xabardorlar. Lekin asosiy masala bularni bilishda emas, shu ishni amalga oshirishda. 

TELEFONIM-HAYOTIM

Kundalik hayotda texnologiya juda ham rivojlanib ketdi. Dunyo kichrayib, ancha olisdagi yaqinimiz bilan bemalol gaplashish, xabarlashish, hattoki, yuz ko‘rishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Masofa endi muammo bo‘lmay qoldi. 

NIMA UCHUN KERAK?

Ba’zan dars jarayonida abituriyentlar tomonidan o‘tayotgan mavzuning hayotda nima uchun kerakligi haqida savollarga duch kelamiz. Eng oddiy holatda “Bu narsa sizga kirish imtihonida ball to‘plash uchun kerak” degan javob yetarli. Lekin o‘quvchi bu javobga qoniqmasligi aniq

IKKINCHI NAFAS YO‘LI

Sportdan oz bo‘lsa-da xabardor do‘stlarimiz ikkinchi nafas yo‘li iborasining ma’nosidan yaxshi xabardorlar. Soha mutaxassislarining aytishicha, inson normal hayotda nafas olishi uchun o‘pkasining uchdan bir qismi ishlashi yetarli ekan. Ya’ni shu qism bilan nafas olish orqali organizmga yetarli miqdorda kislorod qabul qilib olinar ekan.

QANI KETDIK!

Yangi o‘quv yili, yangi mavsum. Bu kimlar uchun abituriyentlik bosqichini boshidan boshlash bo‘lsa, yana kimlar uchun shu bosqichga qayta qadam qo‘yish bo‘ladi. Albatta, hozirgi sharoitda bu ikki yo‘ldan ketayotgan abituriyentlar bir xil ahvolda. 

KIRA OLMASLIK FOJEA EMAS

Insoniyat hayot zinalaridan yuqoriroq ko‘tarilishga intilib boraveradi. Abituriyentlik va talabalik mana shu hayot zinalarining ikki bosqichi ekanligini unutmaslik kerak. Bu zinalarni tashlab o‘tib ketib boshqa zinalardan yurayotganlar soni ham juda ko‘p topiladi.

BUGUN IMTIHON

Mana, biz anchadan beri kutayotgan, unga tayyorgarlik ko‘rayotgan kunimiz yetib keldi. Kimdir shu kunni tezroq yetib kelishini, yana kimdir esa kelmay turishini xohlayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin vaqt ikki odamning ham xohishiga e’tiborsiz ravishda harakatlanmoqda.

Bugun bizga ilmiy ustunlik bilan birga ruhiy ustunlik  ham juda  zarur. Chunki usiz biz mag‘lubiyatga uchrashimiz aniq.

IMTIHONDAN OLDINGI KUN

Vaqt o‘zining o‘zgarmas tezligi bilan harakatlanib, 1-avgust sanasi tomon jadal odimlamoqda.  Kimdir o‘ziga bo‘lgan aniq ishonch bilan, kimdir hayajon bilan, yana kimdir kira olmasligini his qilgani sababli o‘zini ovuntirish bilan yetib keldi. Bugunga qadar siz abituriyentlarga ruhiy dalda bergan “Psixologiya” sahifasi oxirgi kunlarni qanday o‘tkazish haqida ham o‘z maslahatlarini ayamaydi. 

PSIXOLOGIK MUSOBAQA

Soniya ortidan daqiqa, daqiqa ortidan soat, uning ortidan kunlar, oylar o‘tib, mana, kirish imtihoniga ham 15-20 kun vaqt qoldi. Xayolingizda yaqindagina tayyorgarlik jarayonini boshlaganday bo‘lsangiz-da, lekin u  ham o‘z nihoyasiga yetmoqda. Siz kabi  barcha abituriyentlar uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rishdi. Ular ham qanchadir miqdorda bilim egasi bo‘lishdi. Endi ularni amalda ko‘rsatish vaqti yetib keldi. 

MISH-MISHLAR

Odatda, har yili kirish imtihoniga yaqin har xil mish-mishlar ko‘payadi. 4-fan qo‘shilarmish, baholash koeffitsiyentlari o‘zgararmish, savollar soni kamayarmish…

Deyarli  har yili shu ahvol. Mish-mishlar shu darajada ko‘payadiki, ba’zan odamning o‘zini ham ishongisi kelib ketadi. Tarqalayotgan xabarlarning qaysi biri haqiqat-u, qaysi biri quruq gap – ajratib ham ololmaymiz.  

MUNTAZAM MASHQ

Abituriyent.uz sayti foydalanuvchilari tomonidan test ishlash samaradorligini, tezligini oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida savol so‘ralgan edi. Keling, bugun shu mavzuda gaplashaylik.
 

MUHIMI, SENDAN O‘ZIB KETAMAN!

Amerikalik va Yaponiyalik ikki tadbirkor o‘rmonda tashkil etilgan seminarga tashrif buyurishdi. Tanaffus paytida ular o‘rmonda sayr qilishni ma’qul deb topishdi. Bir payt ortlaridan eshitilgan yirtqich hayvonning o‘kirigi ularni cho‘chitib yubordi. O‘zlari tomonga o‘qday otilib kelayotgan arslonni ko‘rgan tadbirkorlar oyoqlarini qo‘lga olib qocha boshlashdi.

BOSIM

1993-yil. Mashhur futbol murabbiysi Jim Jonsonning oldida juda muhim vazifa turardi. Uning jamoasi finalga qadar yetib kelgan, oxirgi o‘yin esa hamma masalaga oydinlik kiritardi. Ustoz bellashuv boshlanishi arafasida o‘z shogirdlariga qarata shunday xitob qiladi:

O‘ZBEKISTON – LIVAN

559328_10151338330591439_869342008_n.jpgUshbu sahifamiz orqali futbol mavzusiga murojaat qilib turishimizdan doimiy o‘quvchilarimiz xabardorlar.  26-martda, yurtimizda bo‘lib o‘tgan futbol bayrami yana shu mavzudan so‘z ochishimizga sababchi bo‘ldi.

USTOZ, MISOLIMNI ISHLAB BERING!

Aniq fanlar bo‘yicha test sinoviga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar ba’zi misollarni  yechishda qiyinchiliklarga duch kelishlari tabiiy holat. Chunki bu fan doirasidagi barcha ma’lumotlar kitoblarda berilmaydi. Ayrim savollarga javob topishda chuqur mantiqiy fikrlash va hodisalarni bir-biriga bog‘lash talab qilinadi. Shu sababli bu fan o‘qituvchilarini o‘z o‘quvchilari juda ko‘p bezovta qilishadi. Biroq bu holatning tub negizida mazkur fanning qiyin ekanligidan ko‘ra ko’proq insoniyat psixologiyasi yotadi.

BAHOR HORG‘INLIGI

O‘lkamizda bahor. Bu fasl go‘zal va betakror bo‘lish bilan birga insonda horg‘inlik, lanjlik kayfiyatini ham uyg‘otadi. Bahor oylarining boshlarida insonda shunday psixologik holat paydo bo‘ladiki, u faqat yotsam deydi. Ishning atrofida aylanib yuraveradi-yu, hech uni boshlay olmaydi