MUXLIS (11/2011)

Yoshligimizda  ko‘rgan multfilmlarimizdan birida kaltakni qushga to‘g‘rilab, xuddi avtomatda otganday otishadi-da, mo‘ljalga olingan qush yiqilib tushadi. Multfilm so‘nggida esa  “bulardan hech biri bo‘lishi mumkin emas, faqat biz shuni juda xohladik, xolos” – degan so‘zlarni aytishadi. 

MEHNAT VA ISHONCH (10/2011)

Daryoda bir qayiqchi bor ekan. Uning ishi daryodan o‘ta olmagan yo‘lovchilarni u sohildan bu sohilga o‘tkazib qo‘yish ekan. Bu qayiqchining eshkaklaridan biriga “Ishonch”, ikkinchisiga esa “Mehnat” deb yozilgan edi. Albatta, qayiqqa chiqqan yo‘lovchilar bu yozuvga qiziqishardi. Qayiqchi ularga shunday javob berardi: “Daryodan o‘tish uchun ikki eshkakka ham zarurat bor. Mehnat qilmasdan nimagadir erishishiga ishonish yoki qattiq ishonib mehnat qilmaslik hech qanday samara bermaydi. Ikkisidan birining yo‘qligi birgina eshkak bilan qayiqni yurg‘izishga o‘xshaydi. Bu holda qayiq faqat bir joyda aylanaveradi, manzilga aslo yeta olmaydi. Muvaffaqiyatga erishishda, albatta, ishonchga ham, mehnatga ham  ehtiyoj bor. Bo‘lmasa, bir joydan hech qayerga qimirlay olmaymiz.”

BEPARVOLIKNING FOYDASI (9-2011)

Biz muvaffaqiyat sari astoydil kirisharkanmiz, yonimizdagilarning salbiy fikrlari bizni ikkilantirishi, hatto yo‘limizdan qaytarishi ham  mumkin. Agar ,siz, mobodo maqsadingizga erisha olmasangiz, ular “aytmaganmidim…” kabi so‘zlar bilan ta’na ham qilishadi. Odamlarning bunday gap-so‘zlaridan qochishning eng yaxshi yo‘li esa bajarayotgan ishingizdan voz kechish hisoblanadi. Lekin bunda siz hech qanday natijaga erisha olmaysiz.

TO‘SIQ (8/2011)

Insonning muvaffaqiyatga erishishdagi eng katta to‘sig‘i - uning o‘zi . Bu to‘siq tushkun kayfiyatda bo‘lish yoki bajarilishi kerak bo‘lgan ishni kechiktirish orqali yujudga keladi. Aytaylik, siz daryodan kechib o‘tishingiz kerak. “Daryo meni oqizib ketmasmikan?”, “Suvi sovuq bo‘lsa kerak”, “Narigi tomonga o‘tishim shartmi?” degan fikrlar sizga to‘siq bo‘ladi.Bilingki, bu to‘siqni siz o‘zingiz yaratyapsiz.

MURABBIY(7/2011)

Jamoani o‘yinga ruhiy tayyorlash, taktika tanlaydigan va kerakli topshiriq va ko‘rsatmalarni beradigan odam bosh murabbiy hisobalanadi. U har bir o‘yinchining qobiliyatini, maydonning qaysi chizig‘ida yaxshiroq o‘ynay olishini, qanday kamchiligi borligini va uni qanday tuzatish mumkinligini ham biladi. Qaysi futbolchi bilan qanday tarzda mashg‘ulot o‘tkazish kerakligini tushunadi. O‘yinchilarning konsentratsiyani faqatgina futbolga qaratilishini ta’minlaydi. O‘zingiz ham sezib turibsizki, bu juda qiyin ish. Agar futbolga qiziqishingiz bo‘lsa, har bir futbol yulduzining orqasida unga mehnati singan murabbiyi borligini bilasiz. Bu murabbiylar futbolchiga mos maqsadlarni yuklashgan, uning o‘yinga bo‘lgan motivatsiyasini eng yuqori darajaga chiqara olishgan. 

BALKI KEYINROQ QILARMAN!? (6/2011)

O‘quvchilarning ko‘pchiligi muvaffaqiyatga qanday erishishdan xabardorlar. Ammo bu xabardorlikning amaliyotga o‘tishi juda qiyin bo‘ladi. Boisi, dars tayyorlash muhiti, oilaviy, iqtisodiy muammolar, imkoniyatlari kamligi to‘g‘risida  yuzlab  bahonalar o‘ylab topishadi. Aslida shuncha bahona qidirgan vaqtini, g‘ayrat-shijoatini  dars tayyorlashga sarflashganda maqsad tomonga birmuncha  yaqinlashib qolishgan bo‘lardi. Afsuski,  dars tayyorlashdan ko‘ra bahona topish ancha  oson.

BIRLASHGAN O‘ZAR… (5/2011)

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qandaydir biror vazifani bajarishda guruh usulida ish olib borish samaradorlikni eng kamida ikki barobar oshirar ekan. Agar do‘st tanlashda adashmasangiz, muloqot va guruh bosimi dars tayyorlash istagi va samarasini orttiradi. Siz bilan bir xil maqsad sari intilayotgan o‘rtoqlaringiz bilan birga bo‘lish, sizda ishlash ishtiyoqini hosil qiladi.

ORZUM IJOBAT BO‘LSIN DESANGIZ… (4-2011)

Tasavvur qiling: 12 qavatli uyning 12-qavatiga chiqishingiz kerak. Yana qo‘lingizda og‘ir yuk. Agar doim yuqori qavatga chiqishni  o‘ylasangiz, sizda qo‘rqish boshlanadi. Qo‘lingizdagi yukning og‘irligi va masofaning uzoqligi sizni ruhan toliqtiradi  va shu bois, mo’ljaldagi qavatingizga chiqa olmaysiz. 

DARS QILISHGA KIRISHING, KO‘NIKIB KETASIZ(3-2011)

Dars tayyorlash, odatda, ikkinchi turdagi, ya’ni avval ishni boshlab ,keyin  yoqtirib qolinadigan jarayonlardan hisoblanadi. Shuning uchun siz dastlab dars qilishni boshlang va u to‘xtab qolmasligi uchun g‘ayrat qiling. Oradan ma’lum bir muddat o‘tgach esa o‘sha ishni o’zingiz xohlab qila boshlaysiz. Faqat xohish paydo bo’lishini sabrsizlik bilan kutib turmang. Bir kun oldin rejali dars qilishga kirishing. Agar fikrlaringiz bilan harakatlaringizda o‘zgarish qila olmasangiz, ularni o‘zgartiring.

TEST SINOVI UCHUN MOTIVATSIYA (2-2011)

O‘quvchilar odatda dars qilishlari kerakligini bilishadi, lekin nimagadir bu ishni boshlay olishmaydi. Ko‘ngillarida istaksizlik hissi hosil bo‘ladi. Bunday paytda ishlash istagi paydo bo‘lishining ahamiyati katta. Bunday vaqtda motivatsiyani qanday kuchaytirish lozimligi haqida keyingi sonimizda ma’lumot berishga harakat qilamiz.

OMAD ODAMNING O‘Z QO‘LIDA (1/2011)

Afrikada har tongda bitta jayron uyg‘onadi. Bu jayron eng tez yuguradigan arslondan ham tezroq yugurishi kerakligini , aks holda arslonga yem bo‘lishini biladi. Afrikada har tongda bir arslon uyg‘onadi. Bu arslon eng sekin yuguradigan jayrondan tezroq yugurishi kerakligini biladi. Aks holda och qolishidan xabardor. Sening arslon yoki jayron bo‘lishing ahamiyatsiz. Quyosh chiqqanda yugurayotgan bo‘lishing ahamiyatlidir.

MUVAFFAQIYATSIZLIK, ASLIDA, ISHDAN VOZ KECHISHDIR(22-23/2010)

Unutmang, pessimistik fikrda  bo’lganlarning hayoti ko‘pincha yaxshi bo’lmaydi. Faqat yaxshi natijaga erishganlar doimo optimistik fikrlashgan. O‘tkazilgan tajribada o‘quvchilardan dars tayyorlashga to‘siq bo‘luvchi omillarni  tanlash so‘ralgan. Natijalarda esa eng ko‘p o‘quvchilarni bezovta qiluvchi sabab motivatsiya kamligi bo‘lib chiqqan.

OPTIMIST BO‘LSANGIZ HAMMASIGA ERISHASIZ (21/2010)

Ko‘pchilik o‘quvchilar, shuncha dars qilishlariga qaramay, xohlagan narsalariga erisha olmayotganlaridan shikoyat qilishadi. “Ishlayapman, ishlayapman, lekin hech natija yo‘q”,– deydilar. Mening o‘rtoqlarimdan qanday farqim bor? Ulardan kam joyim qayerda kabi faryodlariga guvoh bo‘lasiz. Xo‘sh, buning sababi nimada bo‘lishi mumkin?

NATIJA VA ISHONCH (19-20/2010)

Ishonchning muvaffaqiyatga olib borishi haqida hozirgacha minglab maqolalar yozildi va bundan keyin ham yoziladi. Ishonch  rivojlanishning ruhini tashkil etadi. Butun muvaffaqiyatning asosiy manbasi yuqori darajali ishonchdan so‘ng harakat hisoblanadi. 

SILKINING VA SAKRANG! (18/2010)

Bir dehqoning mehnatkash xachiri bor ekan. U xachir maysalarni yeyishni juda yaxshi ko‘rarkan. Bir kuni xachir dalada o‘t yeb yurib, o‘sha yerdagi quduqqa tushib ketibdi. Quduqda suv kamligi sababli xachir cho‘kib ketish xavfidan qutulib qolibdi. Lekin bechora xachir u yerdan tirmanib ham chiqa olmaydi, uchib ham…

MUHIMI, SENDAN O‘ZIB KETAMAN (16-17/2010)

Nimalarni o‘rganish lozimligini aniqlash bilan bir qatorda, ularni qanday o‘rganish kerakligi haqida bosh qotirish ham muhim ahamiyatga ega masalalardan biridir. Zotan, o‘rganishning eng qulay usulini tanlash konsentratsiya qilishda va o‘rganilgan bilimlarni xotirada muqim saqlanib qolishida katta yordam beradi. 

KIM G‘ALABA QOZONADI? (9-10/2010)

“Agar shu yerga uzunligi 4 metr, eni 1 metr bo‘lgan taxta qo‘yib, “Ustidan yuring!”, - desam, hammangiz yura olasiz. Hech biringiz yiqilib ham tushmaysiz. Chunki butun diqqatingiz taxta ustida yurishga qaratiladi. Agar...

KONSENTRATSIYA NIMA? (8/2010)

diqqat bilan kitob o‘qiyotgan odam o‘sha yerdagi musiqani eshitmaydi, suhbatlarni tushunmaydi, diqqati bo‘lingunga qadar so‘ralgan savollarga javob berolmaydi

DARSXONA QANDAY BO‘LISHI KERAK? (7/2010)

Televizor vaqtdan unumli foydalanishda sizga eng katta dushmandir. Maslahatimiz: siz sevib tomosha qiladigan ko‘rsatuv boshlangan vaqtda televizoringizni yoqing va dastur tugagan zahoti o‘chiring. Aks holda, u sizning kunlik dars rejangizni buzmay qo‘ymaydi. 

DARSXONA QANDAY BO‘LISHI KERAK? (6/2010)

Dehqon yerga sifatli urug‘ sochsa-yu, tuproq serunum bo‘lmasa yoki yerga yaxshi ishlov berilmasa, hosil kutilganidek bo‘lmasligi aniq. Zotan, urug‘ yerdan bosh ko‘tarib, unib chiqishi uchun ba’zi bir tadbir va tadorik ishlarini amalga oshirish kerak. Tuproqning serunumligi, issiqlik va suv miqdorining yetarli bo‘lishi kabi bir necha omillar dehqonning o‘z ko‘zlagan natijasiga erishishida ko‘mak beradi. 

REJA TADBIQINING DUSHMANLARI (4-5/2010)

Aziz abituriyent! Siz bir amallab shaxsiy ish rejangizni tuzib oldingiz, deylik. Ammo bu bilan ish bitmaydi. Tuzgan rejangizni amaliyotga tatbiq qila olishingiz ham kerak. Bu yo‘lda sizga quyidagilar to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin.  

REJALI ISH – KELTIRMAS TASHVISH (3/2010)

La Bruyer: “Hayotning qisqaligidan shikoyat qilganlar – vaqtlarini noto‘g‘ri taqsimlaganlardir,” – deydi. Bir necha ishni birgalikda olib borish uchun, eng avval, vaqt taqsimotini to‘g‘ri belgilash kerak. 

VAQTNI SAMARALI ISHLATISH (2/2010)

Uzun umr ko‘rgan bir shaxsdan: “Sizni Azroil esdan chiqarib qo‘ydimi?” - deb so‘rashganida, u: “Azroil bilan uchrashdim, agar bo‘sh qolganingni ko‘rsam, olib ketaman, dedi”, -  degan ekan. 

Rejalashtirishdagi kichik xato (1/2010)

Rejalashtirishdagi kichik bir xato qanday natijalarga olib kelishi mumkin? Bu haqda qiziq bir hikoyani keltiramiz. U shu voqeani boshidan o‘tkazgan, kasalxonada davolanayotgan quruvchi tilidan hikoya qilinadi.