OLIY MALAKALI HAMSHIRALIK

nson sog‘lig‘i barcha narsadan muhim. Sizga ma’lumki, davomiyligi eng uzoq bo‘lgan ta’limni sog‘liq sohasining vakillari olishadi. Buning sababi oddiy: ular inson hayoti uchun javobgar shaxslar bo‘ladi. 

Sog‘lig‘imiz uchun javobgar ana shu shaxslarning asosiy yordamchilari hamshiralar hisoblanib, insonlarga doktorlar tomonidan yozib berilgan davolanish jarayonini amalga oshirishadi.

OLIY MALAKALI HAMSHIRA

Inson sog‘lig‘i barcha narsadan muhim. Sizga ma’lumki, davomiyligi eng uzoq bo‘lgan ta’limni sog‘liq sohasining vakillari olishadi. Buning sababi oddiy: ular inson hayoti uchun javobgar shaxslar bo‘ladi. 

Sog‘lig‘imiz uchun javobgar ana shu shaxslarning asosiy yordamchilari hamshiralar hisoblanib, insonlarga doktorlar tomonidan yozib berilgan davolanish jarayonini amalga oshirishadi.

SUXANDON

Reklama, informatsion, siyosiy va hujjatli materiallarni efirda yoki yozib olish xonasida mikrofon oldida o‘qib beruvchi xodim suxandon (diktor) deyiladi.

BOSH BUXGALTER

Korxonaning eng muhim a’zolaridan biri bosh buxgalter hisoblanadi. Biz bugun ayni shu kasb haqida ma’lumot beramiz. 

Bosh buxgalter korxonaning shunday xodimiki, u:

LOGOPED

Logoped – bu nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis. U maxsus mashqlar yordamida  chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Logoped bir paytning o‘zida ham vrach, ham pedagog sanaladi.

K I N O P R O D U S E R

Kinoproduser (inglizcha produce – ishlab chiqarmoq so‘zidan olingan) – yaratilayotgan filmning ma’muriy va moliyaviy ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.

Y U R I S T

Qonun ustuvorligi adolatli va demokratik jamiyatning bosh talablaridan biri sanaladi. Hammaning birday qonunga bo‘ysunishi, inson huquqlarining kafolatlanganligi osoyishta hayotimiz garovidir. Yuristlar (huquqshunoslar) inson haq-huquqlarini himoya qilishga otlangan, barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kasb egalaridir.

 

M E N G I D M A N

Jahon aylanma mablag‘ining katta bir ulushi turizm sohasiga to‘g‘ri kelishidan xabardorsiz, albatta. Shunday sharoitda gidlik kasbi zamonaviyligi, muhimligi va ommabopligi bilan ajralib turadi. Biz bu kasb haqida ma’lumot berishda noan’anaviy usuldan foydalanmoqchimiz. Aniqrog‘i, bugun gidlik sohasida “suyagi qotgan” shaxs bilan muloqot uyushtiramiz. O‘ylaymizki, bu muloqotdan o‘zingizni qiziqtirgan ayrim savollarga javob topa olasiz.

 

F I L O L O G

Filologiya – “so‘zni sevish” degani. Jamiyatda bu soha vakillarining o‘rni beqiyos. Filologlarsiz millat savodsiz, bilimsiz bo‘lardi. Kamol topayotgan avlodda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otuvchi, shu orqali umumning ma’naviyati go‘zal bo‘lishiga katta hissa qo‘shayotganlar ham filologlar . Biz bugun ana shu kasb egalari haqida ma’lumot beramiz.

K I N O R E J I S S O R - 2

Ko‘pchilik ishda bo‘lgani kabi rejissurada ham aqliy salohiyat, mas’uliyat va mehnatsevarlik birlamchi sifatlar sanaladi. Mana shu sifatlarga ega bir qancha rejissorlar diplom olmay ham muvaffaqiyat qozona olishgani rost. Shunday bo‘lsa-da, bir umr sizga kerak bo‘ladigan nazariy bilimlar mustahkam amaliyotga erishish uchun juda zarurdir.

K I N O R E J I S S O R

Kinorejissor – filmning sahnalashtiruvchisi (postanovkachisi), suratga olish ishlarini tashkillashtiruvchisi va  boshqaruvchisi, kinokartina yaratish ishlarining rahbar

SUG‘URTA AGENTI-2

Biz avvalroq sug‘urta agentining kimligi, qayerlarda ishlashi, vazifasi nimalardan iboratligi va unga xos muhim sifatlar haqida ma’lumot bergan edik. Bugun shu mavzuni davom ettirib, ishda darajani oshirish va sohaga doir bilimlarni egallash to‘g‘risida maslahatlar berib o‘tamiz

SUG’URTA AGENTI

Sug‘urta agenti – sug‘urta kompaniyasining jismoniy va yuridik shaxslar bilan sug‘urta shartnomalarini tuzish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi rasmiy vakili. 

TURIZM MENEJERI

Sayyohlik ishlari bo‘yicha menejer keng tushunchani qamrab oladi. Biri sayyohlik firmasiga rahbarlik qilsa, yana biri chiptalarni telefon orqali band qilib qo‘yadi. 

I N K A S S A T O R

Inkassator tashkilot va muassasalardan pul mablag‘larini qabul qilib, bankka olib borish va topshirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs hisoblanadi. 

TRAVMATOLOG

Travmatolog-ortoped - bu jismoniy jarohatlar, kuyishlar, tayanch-harakat apparatida ro‘y bergan kasalliklarni davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi vrachdir.

DUBLAJ AKTYORI

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Inyesta yaqinda premyerasi bo‘ladigan “Qaroqchilar” animafilmi dublajida ishtirok etib, qahramonlardan birining ovoziga egalik qildi.

K L I P M E Y K E R

Klipmeyker (inglizcha “klip tayyorlovchi”) davomiyligi 1 – 10 daqiqani tashkil etuvchi qisqa musiqali yoki reklama roliklarini ishlash bilan shug‘ullanuvchi kasb egasi. Uni klip rejissori deyish ham mumkin. Chunki u butun ijodiy guruh (ssenarist, operator, stilist, grim ustasi, liboslar ustasi va rekvizitor) faoliyatini boshqarib turadi.

DIZAYNER-MODELYER

Dizayner-modelyer kiyimlar (oyoq, bosh, ichki va ustki kiyimlar) va aksessuarlarning yangi modellarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisdir.

ALOQA MUHANDISI

Aloqa muhandisi   telekommunikatsiya va aloqa texnologiyalari: telefon va internet liniyalari, radio, televizion va uyali aloqa tizimlarining doimiy ishlashini ta’minlovchi mutaxassis hisoblanadi. Bu kasb egalarining vazifasi faqatgina kerakli jihozlarini kelib o‘rnatishdan iborat emas. Balki, ularning ishlash prinsiplarini chuqur o‘zlashtirib, kerakli paytda olib kelish, zarur  chora-tadbirlarni ko‘rish va ta’mirlash ham hisoblanadi. 

EKOLOG

Butun dunyoda atrof-muhit muhofazasi uchun o‘ta faol kurash ketmoqda. Tabiatni saqlash uchun yangidan-yangi qonunlar, ekologik standartlar ishlab chiqilmoqda. Musaffo atrof-muhit kampaniyalari tuzilmoqda.

DEFEKTOLOG

Ko‘pchilikda logoped va defektolog bir xil kasb degan tushuncha mavjud. Logoped bolalarning faqatgina tilidagi muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etadigan kasb hisoblansa, defektologiya bolalardagi jismoniy va ruhiy nuqsonlarning barchasi bilan shug‘ullanadigan soha sanaladi. Defektologiya meditsina va pedagogika orasidagi mutaxassislik hisoblanadi. Defektologlarning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni imkoni boricha tezroq sotsial hayotga, o‘qish muhitiga moslashtirishdir.

ARXITEKTOR

Arxitektor bo'lsihi uchun abituriyentlarimizdan Toshkent davlat arxitektura institutida tahsil olish talab etiladi. Mazkur OTMga kirish uchun imtihon quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

NARKOLOG

Bir kishining yo‘qolgan telefonini topib bersangiz, sizdan minnatdor bo‘ladi, taqdirlaydi. Moddiy qiyinchilikka duch kelgan kishiga yordam bersangiz, chin dildan tashakkur bildirib, duo qiladi. Agar kimgadir sog‘lig‘ini, oilasini, avvalgi xursandchiliklarini, biror yaqinini qaytarib bersangiz-chi… Narkologlar yo‘qotilgan ana shunday qimmatbaho narslarni topib berish bilan sug‘ullanuvchi kasb egalaridir. 

BUXGALTERLIK–ZARUR MUTAXASSISLIK (24-25/2011)

Buxgalter amaldagi qonunlar doirasida korxona va tashkilot-larning  hisob-kitobini olib boradigan mutaxassis hisobla-nadi. Uning asosiy vazifasi o‘z vaqtida davlat oldidagi  soliqlarni to‘lash va ularni hisoblash, tegishli tashkilotlarga o‘z jamoasi to’grisida  hisobot topshirish, korxonaning mijozlari hamda unga xizmat ko‘rsatuvchilar bilan moliyaviy hisobotlarni olib borish hisoblanadi. 

PSIXOLOG INSON RUHIYATINING BILIMDONI(22-23/2010)

Ba’zida hayot inson oldiga shunday muammolarni qo‘yadiki, uni  hech kim  yecha olmaydi. Bunday muammolar, asosan, inson ruhiyatiga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, hayotimizdagi ayrim omadsizliklar ruhiyatimizni tushirib yuboradi. Bunday tushkun kayfiyatda albatta muammolar yechimini topish juda qiyin kechadi. Psixologlarning eng asosiy vazifasi insonning tushkun kayfiyatdan qutqarish hisoblanadi. 

BIOTIBBIYOT INJENERIYASI (19-20/10)

Bugungi kunda fan-texnika rivojlanib zamonaviy mutaxassislar tayyorlashni oliy o‘quv yurtlari oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Buni barcha sohalarda uchratish mumkin. Biz hozir sizlarga ulardan biri to‘g‘risida ma’lumot berishni lozim topdik.

T A R J I M O N (16-17/2010)

Tarjimonlik kasbi-eng keng tarqalgan kasblardan biri. Tarjimon til nuqtayi nazaridan bir-birini tushunmaydigan millat va shaxslar orasida muloqotni ta’minlovchi insondir. Tarjimon xorijiy tilda nafaqat erkin so‘zlay olishi, balki ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy atamalarni yaxshi bilishi lozim.

AGRONOM (15/2010)

Agronomiya qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarish fani bo’lib, u qishloq ho‘jaligida qiymatga ega bo‘lgan barcha ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanadi. Agronom esa qishloq ho‘jaligi mutaxassisi hisoblanib, u agronomiya sohasidagi ko‘p qirrali ilmga ega bo‘ladi. 

KASB TANLASHDAGI XATOLIK (11/12/2010)

Odatda, kasb tanlay olmayotgan litsey va kollej o‘quvchilariga maxsus psixologik testlardan o‘tish tavsiya qilinadi. Lekin bunday testlar har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Eng to‘gri yo‘l – o‘zingiz bilan o‘zingiz maslahatlashgan, qobiliyatlaringizdan kelib chiqqan holda kasb tanlashdir. 

TO‘QIMACHILIK MUHANDISI (9-10/2010)

To‘qimachilik muhandisi to‘qimachilik xom ashyosini qayta ishlash bosqichlarida texnik va idoriy ishlarni amalga oshiruvchi, mehnat jarayoniga zamonaviy texnologik usullarni tatbiq qiluvchi mutaxassis hisoblanadi.

AKTYOR (8/2010)

Aktyorlik kasbi mehnatdan ko‘ra ko‘proq qobiliyatni talab qiladi. Aktyorlikka qobiliyati bo‘lmagan shaxs qanchalik ko‘p mehnat qilmasin, bu ishni uddalay olmasligi mumkin. 

ARXITEKTOR (7/2010)

Quruvchilar arxitektor chizgan reja bo‘yicha harakat qilishadi. Ya’ni arxitektor quruvchilarning qanday harakatlanishlari lozimligini ham ma’lum bir algoritmga solib beradi. Arxitektor bino qurilayotgan yerning demografik joylashishini, iqlimini, geologiyasini juda yaxshilab o‘rganishi lozim.

MILITSIONER (6/2010)

Respublikamizdagi qonun ustivorligini ta’minlovchi tashkilot-lardan biri Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi. Militsiya xodimi ayni shu vazirlikka qarashli ishchi hisoblanib, uning asosiy vazifasi o‘z vatandosh-larining tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

STOMATOLOG (4-5/2010)

Stomatolog, ko‘pchilik tomonidan faqatgina tish doktori sifatida qabul qilinsa-da, u butun og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolashga mas’ul hisoblanadi. Stomatologiya yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar og‘iz bo‘shlig‘i, tish sog‘lig‘ini saqlash, tish-milk kasalliklari, jag‘ amaliyot (operatsiya)lari-yu protezi kabi sohalarda tajriba orttiradilar. 

O‘QITUVCHI (3-2010)

Aytaylik, o‘ziga shogird olgan duradgor unga nimalarnidir o‘rgatadi, demak, u o‘qituvchiga aylanadi. Shogirdining qanday mutaxassis bo‘lib yetishishi esa unga bog‘liq.

IQTISODCHI - MENEJER (2/2010)

Iqtisodchi yoki menejer bo‘lish orzusida yurgan abituriyentlar katta hajmdagi axborotni qabul qilish va tekshirishi, yaxshi xotira, yuqori darajali diqqat- e’tibor, chidamlilik, odamlar bilan muloqotga kirisha olishlik va eng muhimi, odamlarni boshqara olish kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. 

Kompyuter muhandisi (1/2010)

Jamiyat rivojlanib borishi asnosida hayotimizga yangi-yangi texnologiyalar kirib keladi. Bu esa mazkur texnologiyalar bo‘yicha muhandislarga talab uyg’otadi. Hayotimizga kompyuter deya atalmish mo‘jiza kirib kelganiga ancha bo‘ldi. Shuning barobarida ushbu sohada ham mutaxassislar yetishib chiqa boshladi.