XOVUCHDAGI KAPALAK

Aka-ukalar olim odamdan ko‘plab savollar so‘rar va barcha so‘ragan savollariga javob topa olar edilar. Shu sababli ham ular onalari bilan qaytmay, olimga shogirdlikka tushib qolishibdi. 

BIR DONA OYOQ KIYIM

Bir olim odam poyezdga chiqayotganida poyabzalining bir poyini oyog‘idan tushirib qo‘yadi. Pastga tushib uni olish imkoniyatiga ega emas, chunki poyezd harakatlanib bo‘lgan edi. Yonidagi do‘stlari bu odamni nima qilar ekan, deya kuzatib turishardi. 

KIM YAXSHIROQ KO‘RA OLADI?

BIr odam kichik qishloqda ilk bor bo‘lishi ekan. Ancha vaqt adashib yurgandan so‘ng yo‘l chetida turgan mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan boladan so‘radi: 

 - Men bu yerlik emasman. Bog‘ning shundoqqina yonida joylashgan novvoyxonaga borishim kerak edi. Qaysi tomonga yurishim kerak?

ARZIMAGAN PUL

Qalin, yirtiq-yamoq kiyimlar kiygan chol-kampir Boston poyezdidan tushib, uyalgan holda rektorlik byurosidan ichkariga kirishlari hamonoq kotiba o‘rnidan sakrab turib, ularning yo‘lini to‘sdi… Qiziq-da, kimligi, qayerdan kelayotgani noma’lum bunday insonlarning Harvard universitetida nima ishlari bo‘lishi mumkin?

SARVAT QIYMATIDAGI RASM

Ovro‘poning mashhur san’at markazlaridan birida bolakay bir rasmga maftun bo’lib qolibdi. Biroq uning narxi juda qimmat. Bola esa shu rasmni keyingi yilda akasining tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilishga ahd qilibdi. 

KOINOTNING NURI

XIX asrning mashhur ingliz rassomi Uilyam Holman Hantning ijod namunalari qirollik akademiyasida namoyish etilayotgan edi. 

O‘sha zamonning tanqidchilaridan biri bir kartina oldida to‘xtab, o‘yga tolib qoldi. Bu rasm “Koinotning nuri” deb nomlanar edi. Unda qo‘lida fonar ushlagan faylasufnamo shaxsning eshikni taqillatib turgani tasvirlangan edi. 

:) TABASSUM :)

Jajji qizaloq yuzidan g‘amginlik ufurib turgan muhojirga tabassum bilan qaradi. Bu bilan xafaqon kishining kayfiyati ko‘tarildi va u o‘zini biroz yaxshiroq his eta boshladi. Shunda o’sha kishining esiga og’ir damda yordam bergan bir do‘stiga minnatdorchilik bildirmagani tushib qoldi va unga bitta rahmatnoma yozib yubordi.

ENG GO‘ZAL GUL

Qadim zamonlarda buyuk hukmdorlardan birining juda ham go‘zal qizi bor ekan. Qiz unib-ulg‘ayib, turmush quradigan yoshga kiribdi. Lekin qiz uning qo‘lini so‘ragan hech bir yigitga rozilik bermasmish. Ne-ne qirollarning o‘g‘illari, buyuk savdogarlarning o‘g‘illari… Biroq negadir qizga hech kim yoqmas edi. 

HAQIQIY KONSENTRATSIYA

Bastakor qo‘shiq yozishga berilib ketgan edi. Tushlarida ham notalarni ko‘rib chiqardi. Yurgan yo‘lida ham o‘zicha kuylarni bastalar, hayolida notalarni tuzib chiqardi. Shunday xayollar bilan yurarkan, nogahon uni mashina urib yubordi. Bastakor yerga dumalarkan, urib yuborgan mashina tezlik bilan qochib ketdi. 

YUZ YILLIKNING ENG TEZ ODAMI

Sovuq kunlardan birida tongda aka-ukalar pechkani tozalab, uni o‘tinga to‘ldirishdi. O‘tin ustiga kerosinni sepib yoqishgan edi, pechkada portlash sodir bo‘lib, maktab binosi bir silkindi.

BOLA PANORAMASI

O‘qituvchi tush ko‘rish haqida tajriba o‘tkazar edi. U har dars o‘quvchilardan tushlarida nima ko‘rganlarini so‘ray boshladi. Ko‘pchilik o‘quvchilarning tushlari yaqinda bo‘lib o‘tgan avtohalokat va u yerda vafot etgan odamlarga aloqali edi.

HAYOTIY TAJRIBA

Kunlarning birida Napoleon dushman askarlaridan qochib, bir odamning do‘koniga kiribdi. Do‘kondorga o‘zini yashirishni amr etibdi. Do‘kondor Napoleonni yashirib, dushmanlardan saqlab qolibdi. Birozdan keyin yetib kelgan Napoleon askarlari atrofda uni qidirayotgan dushmanlarni tor-mor keltirishibdi.

BOLTANI O‘TKIRLASH

O‘rmonda ikki odam daraxt kesar ekan. Ulardan biri kallayi saharlab turib daraxt kesishni boshlar ekan. Bir daraxtni yiqitishi bilanoq  ikkinchisini kesishga kirishar ekan.  Kun bo‘yi dam ham olmas, tushlik ham qilmas, vaqtni yo‘qotmaslik uchun daraxtga tinimsiz bolta urar ekan. ...

HUKMDORNING OQ OTI

 - Bu ot – mening butun borlig‘im. U men uchun juda ham qadrli. Uning o‘limi mening sog‘lig‘imga jiddiy zarar keltiradi. Kim shu otning o‘lgani haqida xabar keltirsa, uning boshini tanasidan judo qilaman.  

“QO‘LIMDAN KELMAYDI”LARNI KO‘MING.

Donnaning nafaqaga chiqishiga ikki yil qolgan. U Michigandagi  kichik bir qishloqda maktab o‘qituvchisi edi. Donnaning ishi tarbiyaviy soatlar olib borish va o‘rganilganlarni amalga tatbiq qilish bo‘lsa, kamina darslarni kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lardim. 

Donnaning sinfiga kirib orqadagi partalardan biriga o‘tirdim. Sinfdagi barcha o‘quvchilar qog‘ozga nimalarnidir qoralash bilan band edilar.

BADAVIY

Tuyasi bilan cho‘lda ketayotgan bir badaviy qiyinchilik bilan yerda sudralayotgan, lablari suvsizlikdan yorilib ketgan bir odamga duch kelibdi. Badaviyni ko‘rgan odam undan suv so‘rabdi.

XARAKTERDAN OT

Bir o‘g‘il, bir qizni tarbiya qilayotgan oila dam olish uchun tog‘ qo‘yniga chiqishgan edi. Ona ovqat tayyorlashga urnaganda bolalar otalari bilan aylanishga chiqishdi. Uzoq yurgandan so‘ng charchagan kichik farzand otasiga yolvora boshladi:

KARATE

Yoshgina yapon bolasi karatega juda qiziqar, kelgusida karatechi bo‘lishni orzu qilardi. Lekin ota-onasi unga ruxsat berishmasdi. 

Kunlarning birida bolakay avtohalokat sababli chap qo‘lidan ayrilib qoldi.

SARDORNING KICHIK QIZI

Kunlarning birida ikki dengizchi dunyo bo‘ylab sayohatga chiqishibdi. Ularning maqsadi o‘z baxtlarini topish ekan. Jahongashtalar bir orolga suzib borishibdi. U yerda bir qabila yashar, qabila sardorining ikki qizi bor ekan. Kattasi chiroyda tengsiz, kichigi esa biroz ko‘rksizroq ekan. 

Dengizchilardan biri sherigiga aytdi:

— Bo‘ldi, men o‘z baxtimni topdim, shu yerda qolaman va sardorning qiziga uylanaman. 

OYNA VA KO‘ZGU

Uka o‘zidan bilimliroq va tajribaliroq bo‘lgan akasidan so‘radi:

 - Aka, bir narsaga hech tushunolmayman: kambag‘allarning oldiga borsang, ular hurmat ko‘rsatishadi va yordam qo‘lini cho‘zishadi; boylarning huzuriga borsang, ularning ko‘pchiligi seni ko‘rmaydi. Nahotki, bularning hammasi pulni deb bo‘lsa?!

Mato o‘g‘irlagan tikuvchi

Bir zamonlar Jigaro‘g‘li  ismli gapdon, o‘g‘ri, hiylakor tikuvchi bo‘lgan ekan. U mijozlarining gazlamalarini o‘g‘irlar ekan.

Sodda bir odam:

— U mendan, hatto, oddiy ip ham o‘g‘irlay olmaydi. Agar bir parcha gazlama o‘g‘irlasa, so‘z beraman, shu otim sizniki bo‘ladi.Agar o‘g‘irlay  olmasa, sizdan bir ot olaman. Men bilan bahslashadigan bormi ? - deya maqtana ketdi.

ULAR HAM YESIN

Uyda televizor buzilib, usta chaqirilgan edi. Usta televizorning orqasini ochib ko‘rishi bilan uning ichida maydalanib yotgan non ushoqlari uni hayron qoldirdi.

HALOVATNING QADRI

Suvda yashagan baliq suvning qadrini bilmaydi. Suvdan chiqarib olinganda suvga erishish uchun tinmay tipirchilaydi. 

Podsho kemada sayrga chiqqanida o‘zi bilan birga bir qulini olgan edi. Qul oldin hech kemaga chiqmagan ekan...

OTA-ONAGA QARASH FARZ

Ikki aka-ukaning bemor onasi bor edi. Ular onalariga navbat bilan qarashar edi. Faqat akasi ibodatga qattiq berilgan bo‘lib, har gal navbati kelganida ukasiga: “Men bugun ibodat qilay, onamga sen qarab tur”, - der edi.

ARSLON BILAN SICHQON

Kunlarning birida o‘rmonda arslonlarning eng haybatlisi uyquga ketibdi. Lekin birdaniga nimadandir cho‘chib uyg‘onib ketibdi. Qarasa, yonida sichqon turibdi. Jahl bilan unga: 

QOZI MAYMUN

Kunlardan bir kuni o‘rmonda bo‘ri shovqin ko‘tarib qolibdi: 

 - Uyimni o‘g‘ri uribdi! Bor mol-mulkimni o‘g‘irlashibdi!

TULKI BILAN TAKA

Tulki shoxlari uzun do‘sti taka bilan yo‘lga chiqibdi. Taka g‘irt ahmoq ekan. Tulkini esa hamma biladi. Ular yo‘lda o‘lar darajada chanqashibdi. Bir quduqqa tushishga majbur bo‘lib qolishibdi. Ikkalasi tashnaligini qondirish uchun zo‘r berib suv ichishibdi. Suv icha olmaydigan holga kelganda tulki tilga kiribdi: 

KO‘P NARSA O‘ZGARDI

Dam olishga borgan odam sohilda yotgan minglab dengiz yulduzchalarini  ko‘rdi. Dengiz suvlari sohilga urilganida ko‘plab dengiz yulduzchalari  quruqlikda qolib, jon berar edi. 

PESHANA TERI

Balog‘at yoshiga yetgan yigit uylanishga qaror qilibdi. Bu niyatini uyidagilarga bildirgach, otasi unga shunday debdi:

UCH FILTR

Kunlarning birida Suqrot bir tanishini uchratib qolibdi va ular orasida shunday suhbat bo‘lib o‘tibdi.

Tanishi:  - Sening bir do‘sting haqida nima eshitganimni bilasanmi?

ASL QIYMAT

“Kuchuk bolalari sotiladi” deb yozilgan e’lon ostida yoshgina bolacha paydo bo‘ldi. U sotuvchiga qarab: “Kuchuklarni necha puldan sotyapsiz?”-deya so‘radi. Sotuvchi: “10 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha”,- deya javob berdi. 

– Afsuski, menda 5 000 so‘m pul bor, xolos. Kuchuklarni bir ko‘rsam bo‘ladimi?

ARSLON BILAN SIRTLON JANGI

Bir kuni arslon chanqab suv ichgani boribdi. Tashnaligini qondirib turgan ekan, sal nariroqda sirtlon ham suv icha boshlabdi. Keyin u sirtlonga qarab: “Qoch, mening suvimdan ichma!” – deya baqira boshlabdi.

ABITURIYENTNING G‘ALATI HARAKATLARI

Gazetamizning o‘tgan sonida insoniyatning g‘alati xatti-harakatlari haqida kichik hikoya berilgan edi. Shu hikoyadan ilhomlanib, abituriyentning g‘alati harakatlari haqida ham bir fikr yuritib ko‘rishga qaror qildik. Keling,  boshidan boshlaymiz.

XAZINA IZLAB

Bag‘dodlik bir odam o‘ziga qoldirilgan katta miqdordagi merosni juda qisqa vaqt ichida ko‘kka  sovuribdi. Bor boyligini ishlatib bo‘lgach, atrofidagi do‘stlari undan uzoqlasha boshlashibdi. Faqirlik girdobida qolgan odam xudodan zorlanib yordam so‘ray boshlabdi. Kunlab duo-fotiha qilibdi. Bir kuni tush ko‘ribdi. 

VA’DA BERGANMAN

Qadim zamonlarda insonlar ilm o‘rganish uchun anchagina mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishardi. Yoshligidayoq vatanlaridan, ota-onalaridan ajralishar va bir necha yil davomida ota-ona mehridan uzoqda, ming qiyinchiliklar bilan ilm olishar edi. 

OLIMLAR FIKRI

Kunlardan bir kuni adolatli podshohlardan biri yurtining ikki olimi bilan sayohatga chiqibdi. Ulardan birini biroz sekin harakat qiladigan eshakka, ikkinchisini esa yosh va epchil eshakka mindiribdi.

I K K I Q U L

Bir kuni podshoh ikki qul sotib olibdi. Qullardan birining ko‘rinishi chiroyli, tishlari durday terilib turardi. Og‘zidan gul hidi kelardi. Ikkinchisi esa ancha parishon, tishlari chirib ketgan og‘zidan badbo‘y hid anqirdi. 

TULKI VA QUYON

Bir donishmand o‘quvchilari bilan aylanib yurar edi. Bir payt yonlaridan tulkidan qochayotgan quyon o‘tib ketadi. Shunda donishmand aytibdi: ...

ARSLON VA QURBAQA

Bir kuni Arslon qirda aylanib yurgan ekan, qandaydir ovoz eshitilibdi. Biroz to‘xtab: “Bu nima ekan. Ovozidan juda ham vahshiy hayvonga o‘xshaydi. 

MASLAHAT SO‘RASH

Motsart bilan zamondosh yoshlardan biri bastakor bo‘lish ishtiyoqida yashar ekan. Bir kun do‘stlari unga: “Bor, Motsartdan yordam so‘ra. U o‘zining qimmatli maslahatlarini sendan ayamaydi”, -deyishibdi. 

YO‘LIMIZDAGI TO‘SIQLAR

Qadim zamonlarda bir podshoh bo’lib, u bir kuni fuqarolarini sinash maqsadida o’z saroyi yo‘liga kattakon tosh qo‘yibdi. O‘zi esa derazani ochib kuzata boshlabdi. 

MAYMUN OVLASH

Hindlar og‘ir qutining ichini mazali yong‘oqlar bilan to‘ldirib, unda teshikcha hosil qilishar ekan. Uning teshigi shunday kattalikda ekanki, maymunning qo‘li bemalol sig‘adi,

ZAR QADRI

Hindistonda olamga dong‘i ketgan rassom yashardi. Bu odam tomonidan ishlangan asarlar hech qanday nuqsonsiz deb qabul qilinar va juda ardoqlanar edi. U odamni ranglar ustasi – Ranga Geleri deb  atashar, qisqagina Ranga Guru deb chaqirishar edi. 

ARCHA DARAXTI

Qadim zamonlarda ulkan o‘rmonda katta bir archa daraxti o‘sar ekan. Archa daraxtini hammamiz bilamiz: ifori juda yoqimli, barglari tikanli bo‘ladi. Lekin  bu daraxt o‘zining holidan hech mamnun bo‘lmas ekan. “Boshqa daraxtlarning katta-katta va  chiroyli-chiroyli barglari bor. Meniki esa tikanga o‘xshaydi, qushlar ham qo‘nishga qo‘rqadi. Qani endi, mening ham bironta farqli jihatim bo‘lsa-yu, hamma  borligimni sezib tursa”,-der ekan.

ENG GO‘ZAL GUL

Lobar chiroyda misoli gulday edi. Uning ko‘zlari shahlo, sochlari serjilo edi. Oltinday tovlanuvchi sariq sochlarini onasi o‘rib qo‘yardi. Kokillaridagi oppoq bantiklar gulga qo‘ngan kapalaklarni eslatardi. U qip-qizil ko‘ylagi va oppoq paypoqlarini kiyganda yana ham go‘zal bo‘lib ketardi. Bu jajji qizaloqqa qaragan odam ko‘zlarini undan uza olmas edi.