AKA-UKA

Otalari vafot etgach,  aka-uka otalaridan meros qolgan yerda dehqonchilik qila boshlashdi. Akasi oilali bo‘lib, uning bir o‘g‘li ham bor edi. Ukasi esa hali uylanmagandi. Aka-uka kunlik hosilini teng bo‘lishishardi. 

ISH MAS’ULIYATI

Qadim zamonlardagi qirollardan birining barcha moddiy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaramay, bekorchilikdan zerikkan bir o‘g‘li bor edi. Unga hamma narsaga ega bo‘lgani sababli hech narsaning  qizig‘i yo‘q edi. Tengdoshlari sayr qilishga, o‘ynashga chiqishganida u o‘z xonasiga qamalib olib, nimalarnidir o‘ylardi. 

MO‘JIZANING NARXI

Kichkinagina qizaloq yotoqxonasiga kirib tumbochkasiga yashirgan pushti bankani oldi. Uning ichidagi mayda pullarni uch marta sanab chiqdi. U hisobdan adashishi mumkin emasdi....

ENG YAXSHI XABAR

Argentinalik mashhur golf ustasi Robert de Vinsenzo navbatdagi musobaqada g‘alaba qozongach, o‘ziga ajratilgan sovrinini olib, jurnalistlarga intervyu berib bo‘lgan edi.

UNGA MEN KERAK EDIM

Charchab holdan toygan odamni hamshira yoshi o‘tib qolgan bemorning bosh tarafiga olib keldi. “Sizning o‘g‘lingiz keldi”, -deya bemorning qulog‘iga shivirladi. Bemor ko‘zini ochguncha hamshira bu so‘zni bir necha marta takrorladi. Uni yurak xuruji butunlay holdan toydirib qo‘ygan edi. Og‘ziga ulangan kislorod baloni ustidan yonidagi odamni zo‘rg‘a ko‘rib turardi.

BOYLIK

Kichik bir shaharchada boy ham, kambag‘al ham bo‘lmagan bir oila istiqomat qilishar ekan. Kunlarning birida ular kechki ovqat uchun dasturxon atrofida o‘tirishganida to‘satdan eshik taqillab qoldi. Oila boshlig‘i eshikni ochdi. Eshik yonida kiyimlari eskirib ketgan, shimlari yamoqli bir odam turardi. U oila boshlig‘idan: 

YUKSAK SARGUZASHT

Ser Edmund Hillari 1953-yilda Everest cho‘qqisini ilk bora zabt etgan alpinist hisoblanadi.U balandligi 8840 m bo‘lgan eng baland cho‘qqiga  mazkur yilning 29-mayida tirmashib chiqa oldi. Hillari  butun diqqatini maqsadiga qaratgan edi. Hattoki, u ‘’Amerikan Ekspress’’ deb nomlangan kartochkasidagi bor budini shu maqsad yo‘lida sarf qilgan edi.

YANGI YIL SOVG‘ASI

Yangi yil yaqinlashganda Della eriga qanday sovg‘a qilish haqida o‘ylay boshladi. Jimda  tilla soat bo‘lib,  uning zanjiri yo‘q edi. Zanjir olish uchun esa  Dellada yetarli pul yo‘q edi. Shunda Dellaning xayoliga bir fikr kelib qoldi. Unda uzun, chiroyli sochlar bor edi. Agar uni sotsa, zanjir uchun  yetarli miqdorda pulga ega bo‘lishi mumkin edi. Yangi yil oqshomi kuni u uyiga sochlarini sotib, uning o‘rniga  olgan zanjirni qutichaga joylab kirib keldi.

MAQSADNI KO‘RA OLISH

Florensiya Chadvik oldinga qaraganida qalin tumandan boshqa narsani ko‘ra olmasdi. Uning butun vujudi muzlab qolgan edi. U o‘n olti soatdan beri suzayotgan edi. Florensiya Chadvik  Ingliz kanalini ikki yo‘nalish bo‘yicha suzib o‘tgan birinchi ayol edi. Uning hozirgi (34 yoshidagi) maqsadi Katalina orolidan Kaliforniya bo‘g‘ozigacha suzib o‘tish edi. 

QAYSI BIRI?

Qari qizil tanli cholning uyi oldida ikki bo‘ribosar it urishishar edi. Chol nabirasi bilan birga ularni tomosha qilib o‘tirishardi. Itlardan biri oq, ikkinchisi qora edi. O‘n ikki yoshli bolacha esini taniganidan beri shu ikki it bir-biri bilan olishishardi. Bola fikrlay oladigan yoshga yetganda, uning xayolida uyni qo‘riqlashga bitta it yetarliku, nega bizda ikkita it bor. Nega ularning rangi biri oq, biri qora degan savollar paydo bo‘la boshlagan edi. Bir kuni bobosidan bolakay bu savollarini so‘radi. Bobosi unga:

INSONNI TO‘G‘RILADIM…

Hafta davomida ishlab charchagan bir odam, yakshanba kuni butun  charchog‘ini chiqarish maqsadida, kresloga suyanib gazeta varaqlayotgan edi. 

Shunda uning yoniga o‘g‘li kelib: “Dadajon, bugun istirohat bog‘iga aylantirishga oboring”-deb qoldi. Aksiga olib, u o‘g‘liga dam olish kuni aylantirishga olib borishga va’da berib qo‘ygan edi. Lekin bugun uydan chiqqisi kelmayotgan edi.

SEVGINI BO‘LISHISH

Bir kuni bir donishmanddan odamlarni sevuvchilar yoki uni faqatgina tilida gapiruvchilar orasida qanday farq borligini so‘rashibdi. Shunda donishmand: “Keling, sizga ularning farqini amaliyotda ko‘rsatay”–deb, dasturxon hozirlabdi. 

BESH MAYMUN HIKOYASI

Bir xonaga besh maymunni qamashibdi-da, u xonaning tepasiga bananlarni bog‘lab qo‘yishibdi. Maymunlarning bananga chiqishi uchun  narvon ham tayyorlab qo‘yilgan edi. 

DUNYONI O‘ZGARTIRMANG

Qadim zamonlarda yashagan qirollardan biri o‘z yurtini odillik bilan boshqarar edi. Kunlardan bir kuni qirol yurtining uzoq yerdagi joylariga sayohatga chiqibdi.

YORIQ KO‘ZACHA

Yoshi katta xitoylik ayolning ikki ko‘zachasi bor edi. U ko‘zachalarni tayoqning ikki uchiga osib olib, tayoqni yelkasiga qo’yib, suv tashirdi. 

KAMBAG‘ALLIK

Bir shaharda yashaydigan o‘ziga to‘q bir oila boshlig‘i o‘g‘liga kambag‘allik bilan zo‘rg‘a kun o‘tkazadigan odamlar ham borligini ko‘rsatish maqsadida uni bir bechorahol kishinikiga tunashga olib boribdi. 

TO‘RT QO‘G‘IRCHOQ QISSASI

Donishmandlardan biri shahzodaga ichida uch dona qo‘g‘irchoq bo‘lgan to‘plam sovg‘a qilibdi. Shahzoda donishmandga jahl bilan: “Men qiz bolamanmi, qo‘g‘irchoq sovg‘a qilasan”,-debdi. “Bu kelajak shohi uchun sovg‘a, - debdi donishmand, —diqqat bilan qarasang, har bir qo‘g‘irchoqning qulog‘ida teshigi bor”.

ENG MUHIM SAVOL

Kollejga kirgan yilim, o‘qituvchimiz bizga kichkinagina test berdi. Men juda e’tiborli o‘quvchi bo‘lganim sababli barcha savollarga javob berdim, lekin oxirgi savol juda ajoyib edi:

HAYOT QAHVASI

Bir guruh bitiruvchilar universitetdagi professor o‘qituvchisini ko‘rishga  borishibdi. Hol-ahvol so‘rab suhbat boshlangandan biroz keyin mavzu hayot va ishdagi qiyinchilik va muammolarga borib taqalibdi. ...

BAXTMI YOKI BAXTSIZLIK?

Qadim zamonda xitoylik qariya fermerlardan biri o‘z fermasida ot boqardi. Bir kuni uning otlaridan biri qochib ketdi. Fermerning yon qo‘shnisi esa unga tasalli berib, bu holga baxtsizlik deb ta’rif berdi. Qariya  fermer unga: “Baxtmi yoki  baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”,-deya javob berdi. 

JAYRALAR HAQIDAGI HIKOYA

Qish juda ham sovuq edi. Oldin bunchalik sovuq bo‘lmagandi. Ko‘pchilik hayvonlar sovuqdan o‘la boshlashdi. Jayralar vaziyatdan kelib chiqib guruh holida yashashga kelishishdi.