MAS’ULIYAT

Qadim zamonlarda hech narsadan kamchiligi bo‘lmagan bir shahzoda bor edi. Lekin uning yuragi ko‘p siqilar, hayotda yashagisi kelmas edi.

YANGI YILGA SOVG‘A

Uch yoshli qizaloq qimmatbaho sovg‘a qog‘ozi yordamida qutini tartibsiz ravishda o‘rar edi. Aslida, bundan chiroyliroq qilish uning qo‘lidan ham kelmas edi.

BIR YILLIK UMR

Antoni Burges o‘zining atigi bir yil umri qolganini bilganida 40 yosh edi. Uning miyasida o‘sma paydo bo‘lgan va doktorlarning tashxis natijalari uning bir yilgina umri qolganiga ishora qilardi. 

“PUF” QISMI

Qadim zamonlarda kulolchilik bilan shug‘ullanadigan mahallalardan birida ustoz o‘z shogirdi bilan ko‘za, idish-tovoq yasab kun kechirar ekan. 

BOSHQACHA HAYOT

Bir badavlat oilada o‘g‘il farzand ulg‘ayibdi. 

Bir kuni ota o‘g‘lini qishloqqa olib borib, qashshoqlikda kun kechirayotgan kishilar hayoti bilan tanishtirmoqchi bo‘libdi.

CHO‘CHQA VA SIGIR

Kunlarning birida bir boy odam o‘z yordamchisiga shunday savol berdi: “Nega odamlar menga bunday xasis deyishadi” . Shunda unga yordamchisi cho‘chqa va sigir haqidagi hikoyani so‘ylab beribdi.

SIRK

Yoshgina yigitcha edim, dadam bilan chipta olish uchun sirkda navbatda turgan edik. Va nihoyat, kassa va bizning oramizda bittagina oila qoldi.

PUL YOMG'IRI

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Zamonaviy dunyoda butun qalblarga pul hirsi hukmronlik qilar ekan. O‘sha zamonda “Pul bo‘lsa, hamma narsani qilish mumkin”, “Baxtli bo‘lishning siri pulda” deydiganlar ko‘p ekan. 

POYABZAL

Odam uyiga o‘ychan va charchagan holda qaytar edi. Xayollari bilan shunchalik band ediki, ba’zan o‘zi bilan o‘zi gaplashar edi:

ENG MUHIM ON

Qadim zamonlardagi qirollardan biri eng muhim on qachonligini, eng muhim kishi kimligini va qilishim kerak bo‘lgan eng muhim ish qaysiligini topsam, boshlagan har bir ishimni uddalar edim degan xulosaga kelibdi. 

MUAMMO

Professor darsiga bir stakan suv olib kirgan edi. U stakanni hammaga ko‘rinadigan shaklda ushlab turar edi. Sinfdagi o‘quvchilardan so‘radi: “Bu stakanning og‘irligi qancha?”. O‘quvchilardan 200 gramm, 250 gramm, 300 gramm degan turli javoblar keldi. 

SICHQON TUZOQ

Kunlarning birida fermer uyiga sichqon tuzoq qo‘yibdi.  Buni sezib qolgan sichqon fermadagi xo‘roz, qo‘y va ho‘kizga vaziyatni tushuntiribdi. Lekin ularnig hammasi: “Sichqon tuzoq? Bizga nima aloqasi bor. Bu sening muammoying”, - deyishibdi.

ASLO UNUTMA…

Qadim zamonlarda kimsasiz va yolg‘iz bir qiz yashar edi. Yolg‘izlikdan juda ham siqilgan, hayotdan xafa holda ko’cha kezar ekan, bir kapalakning shoxlar ichida qolib ketganiga ko’zi tushibdi.

O‘RGATISH – BILISHDAN KO‘RA MUSHKULROQ

Bir necha yuz yillar oldin dunyoning bir burchagida joylashgan orolga, kech bo‘lsa-da, olov yetib borgan edi. U yerda to‘rtta turli qabila yashar va ularning o‘zaro munosabatlariga havas qilib bo’lmasdi. Bu orolga unga yaqin yerlarda yashovchi bir olim shogirdlari bilan birgalikda safar uyushtiribdi. 

FIDOKORLIK

Qizaloq juda kam uchraydigan jiddiy kasallikka duchor bo‘ldi. Uning sog‘ayib ketishining birgina yo‘li o‘zining besh yoshli akasidan qon olib quyilishi edi. 

MIS TANGA

Kunlarning birida yosh bola ko‘chada o‘ynab yurib, yerdan mis tanga (1 sentlik) topib oldi. U pul topib olganidan juda ham xursand bo‘lib, bundan ichiga sig‘mas edi. Bu topilma uning uchun juda-juda qadrli bo‘lib qoldi.

KICHIK QALDIRG‘OCH

Qorli qish kunlaridan biri edi… 

Uyda yolg‘iz yashaydigan odamning derazasini sovuq qotgan jajji qaldirg‘och tumshug‘i bilan taqillatdi. Go‘yo u uy egasidan o‘zini ichkariga kiritishni so‘rar edi. Qushchaning istagi sovuqdan xalos bo’lish edi... 

QAYTA TUG‘ILISH

Burgutlar parrandalar orasida eng uzun umr ko‘radigan qush hisoblanishadi. 70 yoshgacha umr ko‘radigan burgut turlari ham mavjud. Faqat buncha yil yashash uchun ular 40 yoshlarida muhim va juda ham qiyin qaror qilishlari lozim.

TUYA BILAN SICHQON

Bir kuni sichqon tuyaning yuganidan ushlab, uni o‘zi bilan ergashtirib keta boshlabdi. Tuya muloyim jonivor emasmi, indamay, to‘dasiga ham bildirmay sichqonning ortidan yurib boraveribdi. Bundan kibrlangan sichqon: “Men Alpomishday yigit ekanman-ku, shunday katta tuyani sudrab ketyapman-a”, - debdi. 

HAQIQIY HUZUR

Qadim zamonlarda bir donishmand qirol o‘tgan ekan. U bir kuni kim huzurning eng go‘zal tasvirini yarata olsa, bu san’atkorga katta mukofot berishini e’lon qildi. 

BESH AMR

Olimlardan biri tush ko‘ribdi. Tushida unga shunday amr kelibdi: 

- Tong otgach, ilk ko‘rgan narsangni ye, ikkinchisini yashirib qo‘y, uchinchisining tilagini qabul qil, to‘rtinchisini xafa qilma va beshinchisidan qoch. 

ONA VA BOLA

G‘arb davlatlaridan birida istiqomat qiluvchi bola onasidan nafratlanar edi. U bilan birga yurishdan uyalar edi. Chunki uning bir ko‘zi yo‘q edi. Oilasini boqish uchun onasi u o‘qiydigan maktabda oshpazlik qilar edi. 

TOSHBAQA BERGAN DARS

Bir bola toshbaqa topib olgan edi. U toshbaqani sinchiklab o‘rgana boshladi. Lekin bu jonivor boshini toshi ichiga suqib olar, toshlari uning qalqoni vazifasini bajarar edi.

SHIRINLIKLAR

Yozgi oromgohda dam olayotgan o‘g‘liga onasi bir quti shirinlik yuboribdi. Bola  shirinliklardan bir qismini yeb, qolganini yotog‘ining ostiga yashirib qo‘yibdi. Ertasi kuni tushlikdan keyin bola palatkasiga kirib, qolgan shirinliklarni olib yemoqchi bo‘libdi. Lekin shirinliklar qutisi yo‘q edi.

ZANJIR

Shunday odamlar borki, ular ayrim harakatlari bilan sirk fillarini eslatib yuborishadi. 

Hech e’tibor berganmisiz, hayhotday fil kichkinagina qoziqqa bog‘lab qo‘yiladi.

OG‘ANING ITI

Qishloqdagi bir og‘aning iti bor ekan. It juda aqlli ekan-u, lekin do‘mbira va karnayning ovozini eshitib qolsa bas, o‘zini o‘sha yoqqa urarkan. 

BANDLIK

Burungi zamonlarda juda kuchli bir o‘tinchi bo‘lgan ekan. U o‘rmondan daraxt kesib kelib kun kechirar ekan.

Kunlarning birida u bir duradgor yoniga borib o‘zini ishga olishini so‘rabdi.

DUNYONI O‘ZGARTIRMA

Qadim zamonda o‘lkasini adolat va yaxshilik bilan boshqaradigan qirol bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u  o’z davlatining chetki qismlariga sayohatga chiqibdi. Safardan qaytib kelgach, oyoqlariga qattiq og’riq kirganini aytibdi.

YONG‘IN

Mariya va Jon ismli er-xotinning ikki sevimli farzandi bor edi: bir o‘g‘il va bir qiz. Jonning yaxshi maosh topadigan ishi bor edi. U ishidan ruxsat olib bir necha kunga xizmat safariga yo‘l oldi. Xotinini ham aylantirib kelish maqsadida o‘zi bilan olib ketdi. Bolalarni esa ishonchli bir ayolga tashlab ketishdi. 

Xulosa

Tomas Edison o‘zi kashf qilayotgan lampaning simini topish maqsadida 2000 dona elementni sinab ko‘rdi. 

DERAZA

Katta kasalxonalarning birida ikki og‘ir bemor xonadosh edilar. Xona ixchamgina bo‘lib, uni tashqari bilan birgina deraza bog‘lab turar edi. 

FARQ

Abdulla bobo ikki nabirasini hayvonot bog‘iga olib boribdi. Bobo bolalari bilan chiptachining yoniga borib so‘radi: 

 - Kirish chiptasining narxi necha pul? 

FOJIA ortidagi HIKMAT

1914-yilning dekabrida Tomas Edisonning laboratoriyasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida butunlay yo‘q bo‘ldi. Binodan ko‘rilgan zarar 2 million dollarni tashkil etar, aksiga olib, bu bino 238 000 dollarga sug‘urta qildirilgan edi. 

ENG MUHIMI NIMA?

Bir necha yillar avval Sietlda maxsus olimpiada o‘tkazilayotgan edi. To‘qqiz ishtirokchi yo jismoniy, yo aqliy zaif edi. Ular 100 metr masofani bosib o‘tishlari lozim edi. 

SEVGI

Uyidan yangi olgan yuk mashinasini tomosha qilish uchun chiqdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uch yashar o‘g‘li qo‘lidagi mix bilan mashinani tirnar, unga gul solar edi. Kapoti har xil chiziqlar bilan to‘lib ketgan edi. 

SHER VA IT

Bir kuni dam olib yotgan sherning oldiga it kelib, uni jangga chaqirdi. Lekin sher uning gaplarini eshitmagandek bo‘lib yotaverdi. Shunda it jahli chiqib dedi:

“TOPILDIQ”

Erta bilan do‘kondan kelayotgan Sobirjonning ko‘zi yo’lak (podyezd) dagi e’longa tushdi: “Hurmatli qo‘shnilar! Bugun taxminan 9 larda eshik yonida 10 ming so‘m pulimni yo‘qotdim. Iltimos, topgan kishi 76-xonadonga berib qo‘ysin”.

“NIMA QILSANG, O‘ZINGGA QAYTADI”

Daladan qaytayotgan fermer botqoqlik yonidan o‘tayotib dod-faryodni eshitib qoladi. Darrov yordamga shoshildi. Botqoqlikka bir bola tushib qolib, u cho‘ka boshlagan edi. Fermer yonidagi boltasi bilan shox kesib, bir amallab bolani qutqarib qoldi. Bechora bolakay qo‘rquv va sovuqdan dir-dir titrar edi…

TAAJJUB

O‘rta yoshlardagi kishi bilan uning o‘g‘li vagonga chiqib joylashishdi. Poyezd jilgandan so‘ng yigit derazadan qo‘lini chiqardi-da hayajon bilan qichqirdi:

— Dada, qarang, daraxtlar orqaga ketishyapti!

TANQID

Er-xotin boshqa uyga ko‘chib o‘tishdi. 

Ertalab o‘rnidan turgan ayol derazadan qo‘shni xotin kir yuvib, dorga osayotganini ko‘rib, eriga dedi: 

- Qarang, buncha ham kiyimlarini yomon yuvarkan, shundoq kirligicha turibdi-ya?! 

YORDAM

Bir ko‘zi ojiz kishi yo‘lovchilar yo‘lagida o‘tirar va bir qog‘ozga «Mening ko‘zim ojiz, yordam beringlar!» deb yozib olgan edi. O‘tib ketayotgan kishilardan biri tilanchining shlyapasida atigi bir necha tanga borligini ko‘rib, rahmi kelibdi.

IKKI TAKABBUR

Bir zamonlar shoh saroyida o‘zini o‘zi maqtashni yaxshi ko‘radigan ikki olim bo‘lgan ekan. Turli soha olimlari suhbatida bo‘lishni kanda qilmaydigan shoh bu ikki olimning takabburliklarini fahmlab qolibdi va ularni sinab ko‘rishni diliga tugibdi.

VOZ KECHMASLIK

Bir odam uyining bog‘ida yer bilan bir bo‘lib yotgan qush inini ko‘ribdi. To‘fondan so‘ng, daraxt ustida turishi kerak bo‘lgan uya parchalanib yerda yotardi. 

HAQIQIY OLIMLAR

Bir podshoh o‘z yurtining ikki olimi bilan birga yo‘lga chiqibdi. Ulardan biri minib olgan eshak ikkinchisinikidan ko‘ra tezroq yurardi, shu sababli olimlardan biri ikkinchisidan biroz oldinlab ketibdi. Ot minib olgan shoh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida oldinlab ketgan olimning oldiga borib undan so‘rabdi:

– Ortda qolgan odam haqida qanday fikrdasiz?

CHINOR VA QOVOQ

Azim chinor daraxti ostida qovoq paydo bo‘libdi. Bahor fasli o‘tgan sari qovoq chinor daraxtiga chirmashib yuksala boshlabdi. Yomg‘irlar va quyosh ta’sirida katta tezlikda o‘sibdi va chinorning bo‘yiga yetib olibdi.

Kunlarning birida qovoq chinordan so‘rabdi:

– Necha yilda shunchalik o‘sding?