SANATORIY

Assalomu alaykum.

Bir kitobdan quyidagi voqeani o‘qigandik.

Dengiz bo‘yida uchta sanatoriy (davolanish maskani) bor ekan. U sanatoriylarda ota-onasini yo‘qotgan, qand kasali bilan og‘rigan bolalar davolanishar ekan.

Bir kuni bir guruh ruhshunoslar sana-toriylarga tashrif buyurishibdi. Dengiz bitta, havo bir xil,  oziq-ovqat bir xil, muolaja usullari bir xil bo‘lishiga qara-may, 1-maskanda bolalar shifo topish-yapti-yu, qolgan 2 tasida natija ko‘zga ko‘rinmayotgan edi. Komissiya a’zola-rining tashrifidan maqsad ham 1-maskandagi sirni aniqlashdan iborat ekan. 

Nihoyat, sir ochildi.

1b9cefb1dab3_medium.jpg

Bolalar doim mehrga mushtoq bo‘lishadi. Ular bu tashnalikni ota-onalari va yaqinlarining erkalashlari va siylash-lari hisobiga qondirib borishadi. Agar bola kasal bo‘lib qolgudek bo‘lsa, hamma uning atrofida parvona bo‘la boshlaydi. Sog‘aygandan so‘ng esa bola bunchalik g‘amxo‘rlikka yig‘lab ham erisha olmaydi. Keyin nima bo‘ladi? Keyin bola o‘zini kasalga sola boshlaydi, natijada u rostakamiga kasal bo‘lib qoladi. Yana hamma parvona. Agar bolani: “Tuzalsang, uni olib beraman, bu yerga borib kelamiz”, - deb ishontirsangiz, u tez orada sog‘ayib ham ketadi. Bola psixologiyasi shunaqa.

Haligi sanatoriyda ham bola psixologiyasidan kelib chiqib usul qo‘llanar ekan. Aksar bolalar so‘rasharkan:

 - Mening ota-onam yo‘qmi?

- Nega yo‘q ekan, - javob berisharkan maskan xodimlari, - bor, albatta.

 - Nega unda kelishmayapti?

 - Sen hozir kasalsan. Tuzalishing bilan ular seni ko‘rgani kelishadi.

 - Qanaqa kasalman?

 - Sening ichingda qand ko‘payib ketibdi. Shuning uchun qand yemay turishing va har kuni vannada o‘tirib ichingdagi qandlarni eritishing kerak.

Sanatoriydagi bolalar har kuni vannaga o‘t  irib “qand eritish” bilan shug‘ullanishar ekan. Ular hech qachon bir vannadagi suv alishtirilmaguncha unga tushishmas ekan, chunki vannaga bir o‘tirdingizmi, bas, uning suvi erigan qandlar bilan to‘ladi, shu bois suvni yangilash kerak, deb ishonishadi bolalar. Maskan xodimlari ham bu ishonch bo‘yicha ish ko‘rishar ekan.  

Respublikamizda abituriyentlarni kirish imtihonlariga tayyorlaydigan markazlar ko‘p. Ularni ham sanatoriylarga, abituriyentlarni esa u yerga shifo istab kelgan bemorlarga qiyoslasak bo‘ladi. Lekin bir “lekin”i bor-da.

 - Men o‘qishga kira olamanmi? – so‘raydi abituriyent.

 - Ha, kira olasan. Faqat biz bergan topshi-riqlarni to‘liq ado etishing kerak.

Abituriyent ishonadi. U ishga kirishadi, ya’ni “vanna qabul qila boshlaydi”. Biroq ozgina o‘qib u shaxsiy gumon-lari iskanjasida qoladi: “Shuncha ma’lumotni o‘zlashtira olarmikan-man?”, “200 ball to‘play olaman-mikin?” va hokazo. Demak, abituriyent “vannada ichidagi qandlari eriyotgani”ga ishonmayapti. Ishonma-yaptimi, demak, “vanna qabul qilish” samara bermaydi.

Kishilar uylaridan bir chaqirim narida shifoxona bo‘lishiga qaramay, yuzlab chaqirim naridagi shifo maskaniga borishadi, chunki unga ko‘proq ishonishadi. Biroq shifo-xonaga borib shiftga qarab yotaverish bilan bemor tuzalarmidi. Shifokor bergan topshiriqlarni bekam-u ko‘st bajarish ham kerak-da. Demak, ko‘p narsa bemorning o‘ziga bog‘liq. Shunday ekan, ishongan shifoko-ringizning topshiriqlarini to‘liq ado etib tuzaling yoki shifoxonadan keting.

Omon bo‘ling.

Mansur SIDDIQOV

1 ta izoh

  1. Gravatar

    Zo'r ciqipti qoyil Mansuraka