MANTIQ MAYDONI 23-2015

1. Tanga 

Abdulloh tanga otib o‘ynamoqda. Otganda 9 marta gerbli, 9 marta sonli tarafi tushdi.

10-marta otganda gerbli tarafi tushishining ehtimoli necha foiz?

 

2. Xitoyliklar va guruch

Nega xitoyliklar yaponlardan ko‘proq guruch iste’mol qilishadi?

 

Moshin

3. Xitoyliklar odati

Ko‘plab xitoylik haydovchilarda ajoyib bir odat bor. Ular mashinadan ko’proq muddatga uzoqlashganlarida mashinalar g‘ildiragini faner yoki tunuka bo‘lagi yordamida yopishadi. 

Ular nima uchun bu ishni qilishadi? 

 

4. Qotillik

Abdusamad va Gulrux Ibodovalar yashaydigan uyning eshigi yakshanba oqshomida kech soatlarda taqilladi. O‘zini detektiv Murod deya tanishtirgan odam ularni bezovta qilgan edi. Detektiv:

 - Afsuski, qayin iningiz bugun tushlikdan so‘ng vaxshiylarcha o‘ldirilgan holda topildi, - debdi. 

 - Vooy, Abdurauf bechorani o‘ldirib ketishibdimi? Qaysi pastkash bu ishga qo‘l uribdi?  Xudo rahmat qilsin, bechora ukaginamni berib qo‘yibmiz, - deya xotinini uyg‘otib, vaziyatdan ogohlantiribdi Abdusamad.

Ayoli vaziyatdan xabar topgach, shok holatiga tushibdi. Vafot etgan ukasiga marsiyalar o‘qib, uyni boshiga ko‘taribdi.Hattoki, ayolni tinchlantirish uchun ukol ham qilishibdi. 

Detektiv ertasi kuni guvohlik berish uchun er-xotinni o‘z idorasiga chaqirdi. Detektiv so’rabdi:

 - Kim qilgan bo’lishi mumkin? Kimdan shubhalanyapsizlar? 

Ko‘z yoshlarini tiya olmagan Gulrux javob berdi: 

 - Singlimning eri Kamol bo‘lishi mumkin. Abduraufni juda yomon ko‘rar edi. Bir kuni tortishib qolganida: “Seni o‘ldiraman”, - deya tahdid qilgan edi. Lekin u boshqa ukam Umid bilan juda yaxshi chiqishar edi.

Shu yerda gapga Abdusamad qo‘shildi: 

 - Abdurauf kichik qayin inim Zafar bilan ham chiqishmasdi. Zafar ham uni o‘ldiraman deb po‘pisa qilgan edi.

Suhbatning shu yerida detektiv Abdusamadni qotillikda ayblab hibsga olishni buyurdi. Detektiv bunday xulosaga qanday kelgan edi?

 

5. Rasmdagi xatolik

Quyidagi rasmda mantiqiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Ushbu xatolikni toping.

blog-fault-pic-51.jpg
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments