FACEBOOK ABITURIYENT - 23/2015

Ma'ruf Sayfullayev

Ona tilidan ustoz ko‘rmasangiz effekt 0% ga teng. Tarixdan o‘zingiz o‘qisangiz bo‘ladi.

 

Nasiba Saydullayeva

Ona tili, adabiyot, tarix kitoblarining hammasini yig‘ib, kelgan joyidan o‘qing. Test to‘plamlari sotib olib ishlang. Uyga kelib o‘rgatadigan repetitor topsangiz ham yaxshi.

 

Dilafruz Turdiyeva

Agar ikkala faningizdan ham bir oydan boshqa tayyorlanmagan bo‘lsangiz, ya’ni fundament bo‘lmasa, uyingizga o‘qituvchi yollang. Agar fundament bo‘lsa, o‘zingiz o‘qib, testlar bilan ishlang. (Har ikki holatdayam, iloji bo‘lsa, o‘qituvchi yollagan ma’qul, vaqtdan yutqizmaysiz)

 

Shaxzod Abdullayev

Eng yaxshi yo‘l: do‘stlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling (albatta fan yuzasidan). Chunki ular sizga ham o‘qituvchi, ham yordamchi bo‘ladilar.

 

Zarina Khamidova

Tarixni bemalol mustaqil o‘qisangiz bo‘ladi, adabiyotni ham (o‘zi bu fanlarni “yotvolib” o‘qish kerak, o‘qituvchi talab qimaydi ). Ona tili sal muammo: tushunmay qoladigan joylaringiz ko‘p bo‘ladi.

 

Ezo Ismatova

Agar ilgari ham tayyorlangan bolsangiz, fan "tanish" bo‘lsa, tarixdan mustaqil tayyorlansangiz bo‘ladi. Ona tili biroz qiyin. Agar imkon bo‘lsa, o‘qituvchi yollaganingiz ma’qul.

 

Majeste Tapinakcilar

Ona tili fanidan hozirgi kundagi tuzilayotgan testlar asosan MANTIQIY fikrlashga asoslanadi. Lekin inson astoydil harakat qilsa, hammasi qo‘lidan keladi. “Abituriyent” gazetasining testlarini albatta ko‘rib boring.

 

Sarvar Urazbayev

Hech kimning boshiga solmasin-u, lekin bu vaziyat fanlardan tayyorlanish uchun juda qulay imkoniyat, ayniqsa, tarixdan. Bir joyda o‘tirib mustaqil tayyorlaning va a’lo natijaga erishing. Omad!

 

Фаррух Рахматов

Tarixdan o‘qib, mavzulashtirilgan testlarni ishlasangiz bo‘ladi. Ona tilidan hozircha fundamental narsalarni ko‘rib turing, masalan, fonetika, qo‘shimchalar deganlarini. Bulardan kamida 5-8 ta savol bo‘ladi kamida. Yana “Abituriyent” gazetasini ham ko‘rib boring iloji boricha. Ishoning: bu aniq foyda beradi!

 

Xojiakbar Zuxriddinov

Menimcha, bilgan mavzularingizdan testlar ishlab, sog‘liqni to‘la tiklab, so‘ng davom ettirganingiz yaxshi.

 

Oxunjon Xasanov

Faqat bitta fanni o‘qisa xotirada saqlab qolish qiyinroq bo‘ladi. Masalan, 2 soat tarix o‘qib, keyin 2 soat adabiyot o‘qisa, ko‘proq esda qoladi.

 

Odil Aliqulovich

Birinchi o‘rinda tushkunlikka tushmang! O‘zingizni qo‘lga olgan holda tarix va adabiyot darsliklarini olib kelishlarini iltimos qiling. Siz 1 oycha muddatda tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsangiz,demak bu fanlarni bemalol davom ettirishingiz mumkun. Adabibiyotdan, asosan, dostonlarni, qissa va romanlarni o‘qishingizni maslahat beraman. Tarixdan qo‘rqmay kelgan joyingizdan davom etavering. Bir oycha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnagan bo‘lsangiz, u yerda do‘stingiz yo dugonangiz bo‘lsa kerak. Undan har kungi darslarni so‘rab turing.

 

Sarvar Qambarov

Agar siz shu ikki fandan 1 oycha o‘quv markazida tayyorlangan bo‘lsangiz, demak, sizda ozgina bo‘lsa-da tushuncha bor. Shunday ekan, endi vaqtni boy bermasdan o‘zingiz mustaqil tayyorgarlikni davom ettirsangiz bo‘ladi

 

Dilshodbek Dilshodbek Turg‘unov

Eng avvalo, umidsizlikka tushmang. Gapirishga oson, lekin uyda hech qanday repetitor o‘qituvchilarsiz mustaqil ravishda bu fanlarni o‘qish uchun SABR-QANOAT kerak. O‘ylaymanki, siz qiyinchiliklarni yengib o‘tib TALABA degan sharafli nomga sazovor bo‘lasiz.

 

Muslimbek Yunusov

Avvalo, sog‘lig‘ingizni o‘ylang, chunki bosh omon bo‘lsa, hamma narsa topiladi. Sog‘lig‘ingizning holatiga qarab dars tayyorlashni boshlang. Bemalol ikkala fanni mustaqil o‘qisangiz bo‘ladi.

 

Yaqubov Mirzobek

Asosiysi – sog‘liq. O‘zingizni ancha tetik his etsangiz va ahvolingiz og‘ir bo‘lmasa, ona tili va tarix fanlarini sinchiklab o‘qib, ko‘proq testlar ko‘rib, tushunmay qolgan testlaringizni belgilab, keyinroq ustozingizga ko‘rsatish uchun olib qo‘ying. Ba'zida “facebook” ijtimoiy tarmog‘iga kirib tushunmaganingizni yozib o‘rganavering.

 

Yusufjon Abdurazzoqov

Avvalo, to‘liq tuzalishni maslahat bergan bo‘lar edim. Tayyorlanam deb qiynalib qolishingiz mumkin!

 

2 ta izoh

  1. Gravatar

    men ham sizga yaxshilab tuzalib olishni maslahat berardim.keyin mustaqil o'qib bu fanlatdan ajoyib natijalarga erishish qiyin.

  2. Gravatar

    ona tilini uziz uqolmisiz sababi sizda fundanent yaxwimas ababiyot va tarixni uziz o'qisaiz bo'ladi