BIRINCHI URINISHDA KIRA OLAMANMI?

1647647.jpg

Ilk marotaba o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarning aksariyatida “Birinchi urinishda kira olmaslik  - oddiy hol, bu yil kira olmasam, keyingi yil kiraman” degan tushuncha paydo bo‘lib qolgan. Aslida, bu gaplar isbot bilan bo‘ladi. Ya’ni “Ana Abdusamat, Muxtor, Madina va hokazolar kira olmagan-ku” kabi. Bunga qarshi Hamidullo, Sardor va Shoiralarning birinchi urinishda talabalikka erishganini keltirish ham mumkin.

Kirganlar kira olmaganlarning oldida juda ham kam deya dalil keltirayotgan bo‘lsangiz, bu ko‘r-satkich umumiy abi-turiyentlar uchun shunday. Ikkinchi va uchinchi yil tayyor-garlik ko‘rayotganlar orasida ham bir dunyo kira olmagan-lar mavjud. 

Aslida, bu mavzu-da bahslashib, vaqt yo‘qotish befoyda. Modomiki, kimdir birinchi urinishda kira olmaslikka qasd qilgan ekan, ularning omadini bersin. Biz esa suhbatimizni birinchi urinishda kirmoqchi bo‘lganlar bilan davom ettiramiz.

Demak, kimlardir birinchi zarbadayoq aniq mo‘ljalga urayotgan bo‘lsa, sizning ulardan qayeringiz kam?! Nega ular qilgan ishni siz qila olmaysiz? To‘g‘ri, raqiblaringiz 2-3 yillik tajribaga ega. Lekin ularga bas kelishni niyat qilmasangiz, siz ham 2-3 yildan so‘ng hujjat topshiring. 

Aslida, ko‘pchilik raqiblaringiz birinchi yildagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng tayyorgarlik ko‘rishda biroz sustkashlikka yo‘l qo‘yishadi. Qaysidir mavzularni ko‘rganda juda ham oson tuyulib, bu mavzuga doir testlar yechishni lozim topishmaydi. Sizdagi ishtiyoq ularnikiga nisbatan ancha ko‘p. Hali kirish imtihoniga 262 kun bor, hozirdan kira olmaslik haqida o‘ylab umidsizlikka tushishning ma’nosi ham yo‘q. Kirish imtihoni kelgunga qadar siz o‘zingizda anchagina o‘zgarishlarni yuzaga keltira olasiz. Faqat savollarni yecha olmaganingizda ko‘zingizga dunyo qorong‘u ko‘rinmasin. Kimdir ishlay olayotgan bo‘lsa, mana shu bosqichlardan o‘tgani aniq. 

Keling, bu yil talabalikka erishish uchun nimalar qilishimiz kerakligini tahlil qilaylik:

* Raqobat. Raqobatchi tanlayot-ganda o‘zimizdan kuchli bo‘lgan tengdoshlarimiz, aniqrog‘i, tajribali abituriyentlarga e’tibor qaratish foydali. Kuchsiz abituriyentni doimo yengib yurishdan hech qanday naf yo‘q. Raqobatlashayotganda raqibimizni ixtiyoriy yo‘l bilan emas, faqat bilim orqali yengishga urinishimiz lozim. Masalan, ko‘chirish orqali undan o‘zib ketish sizga o‘sha vaqtdagina xursandchilik olib keladi, xolos.

* Yordam so‘rash. Raqobatchi do‘stlaringiz, ayni vaqtda, sizning yo‘ldoshlaringiz ham. Ular bilan tajriba almashish siz uchun ayni muddao. Aslida, raqobatchi do‘stingiz ham sizga o‘rgatish orqali bilimlarini takrorlab, mustahkamlab oladi.

Alisher Navoiy bobomizning “Bilmaganni so‘rab o‘rgangan – olim, orlanib so‘ramagan – o‘ziga zolim” degan gaplari hammamiz uchun o‘rinli. Bilmayotgan narsangizni uyalib so‘ramasangiz, bilmasdan qolaverasiz, lekin so‘rab olsangiz, yukingiz yengillashadi. So‘rash kerak ekan deb hamma narsani so‘ray-verish ham to‘g‘ri emas. Fikrlash kerak bo‘lgan o‘rinlarda tafakkurni ham ishga solish lozim. 

* To‘g‘ri tanlov. Ko‘pchilik abituriyentlar-ni “tajribali abituriyent”-ga aylantirayotgan muhim omil to‘g‘ri tanlovni amalga oshirmaslikdir. Qay-sidir viloyatda aynan sizning yo‘nali-shingizda o‘tish balli 142 ball bo‘layot-ganda Toshkentdagi 195 balli oliy o‘quv yurtiga kirishingiz shartmi? Ustiga, o‘zingiz ham o‘sha viloyatdan bo‘lsangiz. Modomiki, Toshkentda o‘qish birlamchi masala bo‘lsa, past balli joylar juda ham ko‘p. 

Fikrlarimizni erinmay o‘qib chiqqan bo‘lsangiz, o‘zingizga tegishli xulosani chiqarib olgan bo‘lsangiz kerak. Ijobiy xulosaga kelgan bo‘lsangiz, qani, dars stoliga marhamat.

Azimjon MAHMUDOV

1 ta izoh

1 ta izoh

  1. Gravatar

    qiyin masala