NEGADIR SHUNAQA

Quyidagi holat va fikrlar hech birimizga begona emas. 

  • Navbat kutgan odamlar ikki qator bo‘lib tizilganda biz turgan qator negadir sekin siljiydi.
  • Kutganingda kelmagan avtobus kutmagan paytingda albatta keladi.
  • Xayolga yaxshi fikrlar kelganda nimadir yozging keladi, ammo baribir yozmaysan.
  • Soat necha bo‘lganini bilish uchun telefonga qaradim va uni qayta joyiga solib qo‘ydim. Shunda bir kishi soatni so‘rab qoldi. Yana telefonni olishga majbur bo‘ldim…
  • Agar biror yog‘li narsa yerga tushib ketsa, to‘g‘ri gilamning ustiga tushadi.
  • Agar tirnoq olgingiz kelgan paytda olmasangiz, birozdan so‘ng u sinib qoladi.
  • Kompyuterni yoqdim. Dastur ishga tushguncha kursorni ekranda rosa aylantirdim, xuddi bu ishimni tezlatadigandek.
  • Biror noxushlik ro‘y bersa, “Shuni ko‘nglim sezgandi” deb aytadigan kamida bitta odam topiladi.
  • Issiq idish doim sovuqdek ko‘rinadi.
  • Avtomobilni yuvishingiz bilan yomg‘ir yog‘adi.
  • Endi yangi telefon sotib olmoqchi bo‘lganimda do‘stlarim yangisi chiqqanini aytib qolishadi va men unga pul yig‘a boshlayman.
  • Yosh bolalar hech qachon iflos uyni to‘zitishmaydi yoki uning devoriga, pollariga chizishmaydi.
  • Agar yangi qurilmani ishlatishda hech narsa yordam bermasa, axiyri uning qo‘llanmasini o‘qishga to‘g‘ri keladi.
  • Texnikani tushunmagan odam biror buyumimizning u yoq – bu yog‘ini ochib ko‘rsa, doim nimadir yo kam, yoki ortiqcha bo‘lib qoladi.
  • Qarzni to‘lash muddati juda tez keladi.
  • Yo‘l patrul xizmati xodimi bizning avtomobilimizni to‘xtatsa, xayolimizdan darrov “Qolganlarni nega to‘xtatmadi?!” degan isyon o‘tadi. 
  • Gazetani qo‘lga olar ekanmiz, negadir ko‘rib chiqishni oxiridan boshlaymiz.
 

0 ta izoh

There are no comments