MANTIQ MAYDONI (7-2015)

1. Devorni buzish

Uzunligi 20 metr, balandligi 3 metr, og‘irlgi 3 tonna bo‘lgan beton devor mavjud. Sizda bu devorni teshib o‘tish uchun hech qanday asbob mavjud emas. Xo‘sh, bunday holatda devorni teshish uchun qanday chora ko‘rasiz?

 

2. Quvlashmachoq

Ahmad va Zuhra quvlashmachoq o‘ynashmoqda. Zuhra Ahmaddan 27 qadam oldinda (Zuhraning qadamida). Zuhra 8 qadam yugurganida Ahmad 5 qadam yuguradi. Lekin, Ahmadning 2 ta qadamining uzunligi, Zuhraning  5 ta qadami uzunligiga teng. Shu shartlarda, Ahmad Zuhraga yeta oladimi? Yetsa, necha qadam yugurgach?

 

3. Harfga mos son

Quyida har bir harfga mos keluvchi son ko‘rsatilgan. Noma’lum harfga mos sonni toping.

S=8760

H=52

K=?

Y=1

 

4. Suv bidonlari

Uyda uch dona 31, 19 va 13 litrlik suv bidonlari bor. Bulardan 31 litrlisi bo‘sh, qolgan ikkitasida suv bor. Dilnoza bu suv bidonlariga qarab turib, akasidan so‘radi: Shu uch bidondan foydalanib, suvni teng ikkiga bo‘lib bering. Dilnozaning akasi singlisining topshirig‘ini bajara oladimi?

 

5. G‘alati o‘lim

Cho‘lning o‘rtasida bir odam o‘lib yotibdi. Atrofda unga oid birorta ham iz yo‘q. Atrofda turli metall narsalar, qopda qumlar yotibdi. Ustiga odamlarning kiyimlari ham bor. Odamning qo‘lida esa yarmi singan gugurt cho‘pi bor. Odam qanday o‘lgan?

 

6. Parashyut

Turkiyadan Saudiya Arabistoniga yo‘lga chiqqan samolyotda texnik nosozlik yuz beradi. Yo‘lovchilar Turkiya va Saudiya o‘rtasida parashyutdan sakrashsa, qaysi o‘lka hududiga tushadilar?

 

7. Shaxmat doskasi

Quyidagi shaklni ikki teng bo‘lakka bo‘lib, birlashtirib shaxmat doskasi hosil qiling.

shahmatnaya_doska.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan “Mantiq maydoni” sahifasi javoblari:
1. E
2. E
3. C
4. 1st The first option will have a bigger area. This is because the second triangle is not possible. 
5. 
cover-hole-puzzle-solution.jpg
6. Alice
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments