MANTIQ MAYDONI (5-2015)

1. Yil o‘tgan sari yosh

1970-yilda 30 yosh edi, 1975-yilda esa 25 yosh. Bu qanday bo‘lishi mumkin?

 

2. Ketma-ketlik

Quyida ingliz alifbosidan tuzilgan ketma-ketlik ko‘rsatilgan. Ketma-ketlikning keyingi harfini toping.

A, B, C, D, _

 

3. Yugurish musobaqasi

Yugurish musobaqasida eng oxirida ketayotgan ishtirokchidan o‘zib ketgan sportchi qaysi o‘rinda bo‘ladi?

 

4. Suv tutgich

Hamma yog‘i teshik bo‘lishiga qaramay, suvni yaxshi ushlab tura oladigan “idish” qanday nomlanadi?

 

5. Uy hayvonlari

Gulruh uy hayvonlaridan kuchuk va mushuklarni boqadi.

Gulruhning bitta hayvonidan boshqa hammasi kuchuk yana biridan boshqa hammasi mushuk bo‘lsa, Gulruhning ja’mi nechta mushuk va kuchugi bor?

 

6. Meva savatchalari

Mohiraning meva soladigan savatchasi bor. Biri katta va biri kichkina. Katta savatcha to‘la turganda uning ichida 240 dona olma bor edi. Ikkinchi kichik savatcha bo‘m-bo‘shligida ichiga nechta olma solish mumkin?

 

7. Bir juft paypoq

Qutida 20 ta qora, 20 ta oq paypoq bor. Qutiga qaramasdan necha dona paypoq olinganda eng kamida bir juft paypoq olingan bo‘ladi?

 

8. Yomon matros.

Kemadagi matros juda ham dangasa edi. Ishga e’tiborsiz, urishqoq edi. Qo‘polligi yetmaganday, tez-tez mojaro chiqarib turardi. Lekin, shunga qaramay, kema kapitani: “Shunday matroslardan kemamda hech bo‘lmaganda 10 ta bo‘lsa edi” – der edi. Kema kapitani nega shunday deydi?

 

9. Gugurt cho‘plari

Rasmda berilgan 14 cho‘pdan 4 tasining joyini o‘zgartirib, uchta kvadrat hosil qiling.

question_634.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan “Mantiq maydoni” sahifasi javoblari:
 
1. Eye
2. A coffin
3. A towel
4. A watermelon
5. A mushroom
6. A secret
7. A promise
8. Fire
9. Forward I am ton, backwards I am not.
10. A preacher
11. An onion
12. Stop imagining.
13. A window
14. Cold
15. The letter W.
16. His breath
17. A needle
18. Tomorrow
19. Neither, they both weigh one pound
20. The man is my son.

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments