DANGASANING O‘YLARI

  • Yotog‘imni xuddi o‘zimni sevgandek sevaman. 

  • Kimdir dam olayotganini ko‘rsam, albatta, unga yordam beraman.

  • Ish buyuk narsa: unga teginmang.

  • Xo‘roz – buzuq budilnik.

  • O‘qish, mutolaa inson dunyoqarashini, ma’naviyatini o‘stiradi. Shunday ekan, men “Odno”dagi kommentlarni o‘qishdan to‘xtamasligim kerak.

  • Darslarni futbol tomosha qilayotgan paytda–   bo‘limlar orasidagi tanaffusda qilishga ulguramiz.

  • Agar yumush qiyin tuyulsa, uni aslo boshlamang. 

  • Agar nimanidir ertaga qila olsam, uni bugun qilishdan nima naf?!

  • Ishlash istagi paydo bo‘lsa, o‘tiring va xayol suring: hammasi o‘tib ketadi. Istaklar o‘tkinchidir.

  • “Mehnat – sog‘lik garovi” degan gap noto‘g‘ri. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, shifoxonalarda dori bermay, kasallarni ishlatgan bo‘lishar edi. 

 

1 ta izoh

  1. Gravatar

    10-son biologiya 36 savol biroz boshqacharoqmi