MANTIQ MAYDONI (3-2015)

1. Uchrashuv

Oybek va Nigora soat 9:00 da “Oybek” metrosida ko‘rishishga kelishib olishdi. Baxtga qarshi, ularning soatlarida muammolar kelib chiqdi. Kelishilgan vaqtgacha Oybekning soati 3 daqiqa orqada qoladi, lekin  u soatini 2 daqiqa oldinlab ketgan, deb o‘ylaydi. Nigoraning soati esa, aksincha, 2 daqiqa oldinlab ketadi va u soatini 3 daqiqa orqada qolgan, deb o‘ylaydi.

Bular uchrashuvga necha daqiqa oldin yoki keyin keladi?

 

2. Singan oyna

Tanaffus payti sinfda 9 nafar o‘quvchi qolgan edi. Tanaffusdan qaytib kelgan o‘qituvchi sinf oynasi singanini ko‘rdi. Va har bir o‘quvchidan quyidagi mulohazalarni eshitdi:

Muxtor: Oynani Jaloliddiin sindirdi.

Bobur: Bu yolg‘on.

Muxlisa: Men sindirdim.

Davron: Yo Muxlisa, yoki Aziza sindirdi.

Jaloliddin: Bobur aldayapti.

Tohir: Bu Muxlisa edi.

Latif: Yo‘q. Muxlisa oynani sindirmadi.

Aziza:  Men ham, Muxlisa ham bu ishni qilmadik.

Ro‘zigul: Aziza to‘g‘ri gapiryapti. Undan tashqari, Jaloliddin ham aybdor emas.

Yuqoridagi o‘quvchilardan faqatgina uchtasi rost gapirayatgan bo‘lsa, oynani kim sindirgan?

 

3. Ketma-ketlik

Quyidagi savolni e’tibor bilan o‘qib, hech narsa yozib olmasdan, 30 soniya ichida javoblashga urining:

“Torpedo” jamoasi turnirni boshqarib bormoqda. “Spartak” jamoasi beshinchi o‘rinda, “Dinamo” esa bu ikki jamoaning o‘rtasida. “Lokomotiv” “Spartak”dan oldinda, “Zenit” esa “Dinamo”dan keyingi o‘rinda bo‘lsa, yuqoridagi jamoalardan qaysi biri 2-o‘rinda joylashgan.

 

4. 30 soniya

Quyidagi rasmda aylanalar chiziqlar yordamida bo‘laklarga bo‘lingan. Siz 30 soniya vaqt ichida qaysi biri ko‘proq bo‘laklarga bo‘linganligini topishingiz lozim. Agar bo‘laklarni sanamoqchi bo‘lsangiz, belgilangan vaqtda ulgura olmaysiz. Shu sababli, ko‘zingiz yordamida topishga urining.

mantik.jpg

 

5. Shoshqol toshlari

Quyida sizga besh dona shoshqol toshlari juftligi keltirilgan. Bu juftliklardan qaysi birida aynan bir xil toshlar ishlatilgan? Bu savolga 2 daqiqada javob berishga urining.

mantik 2.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan “Mantiq maydoni” sahifasi javoblari:

1. eight         

2. A

3. C
4. A
5. 4 times
6. 12
7. G
8. 55
9. 21
10. Bring the chicken across. Bring fox across. Take the chicken across back. Bring the corn across. Then bring the chicken across
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments