BOLA TILIDAN

Bolalar tili chiqishi bilan o‘z tilida qiziqarli gaplarni aytishadi. Ularning tili biznikidan farq qilsa-da, o‘ziga xos jozibaga ega. Bolajonlarning quyida keltirilgan fikrlari bilan tanishing va bolalikning beg‘ubor dunyosidan bahramand bo‘ling:

*  Buvi, qarang, o‘rdaklar ko‘lmakdan qaynatilmagan suv ichishyapti…

* Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bir qirol va bir qirolicha bo‘lgan ekan. Ularning esa qirolchasi bo‘lgan ekan…

*  – Yoshing nechada?
– Yaqinda sakkizga to‘laman, hozir esa uchda.

* Men dadamning yordamchichasiman…

* Oyi, sizning atiringiz qanday zo‘r sasimoqda!

* Birinchi sinf o‘quvchisi birinchi o‘qish kunidan uyga qaytgach, oyisi so‘radi:
– Bugun maktabda nimani o‘rganding?
– Yozishni.
– Birinchi kundanmi!? Xo‘sh, nima yozding?
– Bilmayman, hali o‘qishni o‘rganmadim…

* Dada, televizorning ovozini pastlating, men ertagimni eshitmayapman.

* Bilasizmi, tovuqning burni – uning og‘zi…

* Dada, qarang, shimingiz qovog‘ini uyib olibdi…

* Hali besh yoshga to‘lmagan qizga  “Oltin baliq”  haqidagi ertakni o‘qib berishibdi, u esa:
– Voy, ahmoq chol, hali yangi uy, hali yangi tog‘ora so‘raydi. Darhol yangi kampir so‘rashi kerak edi…

/ Ota avtomobilini urib olgani haqida qayg‘urib gapirardi, besh yoshli bolakay esa:
– Ana endi, benzin sotib olish ham kerak emas…

* – Nima uchun tirnalding?
– Mushuk uchun.

* Turmushga chiqishdan qaytib chiqish mumkinmi?

* – Kim chiroyli, dadangmi, oyingmi?
– Javob bermayman!
– Nega?
– Oyimni xafa qilishni xohlamayman…

* Oyi, menga singil tug‘ib bering. Faqat chaqaloq bo‘lmasin…

* – Dada, menga baraban olib bering.
– Ha, menga o‘zi shuning shovqini yetmayapti…
– Sotib olib bera qoling, men uni faqat siz uxlaganingizda chalaman.

* – O‘g‘lim, ovqatingni yemasang, hozir ajinani chaqiraman!
– Chaqiring, ajina ham ovqatingizni yemaydi…

Yuqoridagi fikrlar bolalar yozuvchisi Korn Chukovskiy tomonidan to‘plangan.

 

BOLAJONLARNING SEVGI HAQIDAGI QARASHLARI

–   Sevgi nima?
Birinchi bolakay:  “Sevgi bu – o‘zim sovuq qotishimni bilsam-da, kurtkamni singlimga kiydirib qo‘yishim”.

Boshqa bolakay: “Singlim sumkamdagi shokoladimni mendan so‘ramay olib qo‘yishini bilsam-da, har kun yana boshqasini uning o‘rniga solib qo‘yishim – sevgi”.

Olti yoshli Emmaning yozganlari: “Sevgi bu – tishlaringdan bir nechtasi tushsa ham tabassum qilaverish (chunki, nimangdir yo‘q bo‘lsa ham, do‘stlaring seni sevaverishlarini bilasan).

7 yoshli Glin: “Agar sevgi o‘qishni o‘rganishga o‘xshagan narsa bo‘lsa, unda men uni o‘rganmayman. Chunki juda ko‘p vaqtimni oladi”.

Internet manbalari asosida tayyorlandi.

0 ta izoh

There are no comments