4.000 NAFAR ABITURIYENT STOMATOLOGIYA YO‘NALISHINI TANLADI

Стоматология ортопедическая.jpg

Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘quv ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Rashidov Rustam bugun abituriyent gazetasi mehmoni

- Ma’lumki, o‘tgan yili Toshkent stomatologiya instituti tashkil etildi. Shu haqida abituriyentlarimizga ma’lumot bersangiz.

- Ha, albatta, 2014-yil 22-iyul kuni Prezidentimizning PK-2193- sonli qarori asosida ushbu institut tashkil topdi. Mazkur institut Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti negizida tashkil etilgan. Shuningdek, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarining stomatologiya fakulteti negizida Toshkent davlat stomatologiya institutining mintaqadagi filiallari tashkil etilmoqda. Institut o‘z faoliyatini 2014 – 2015-yil o‘quv yilidan boshladi.

- Bu yilgi qabul jarayoni qanday o‘tkazildi?

- 2014- yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda stomatologiya va mutaxassisliklari bo‘yicha respublikaning boshqa oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga hujjatlarini topshirgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar tasdiqlangan kvotalarga muvofiq TDSI hamda filiallarning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qabul qilindilar.

- Qabul kvotalari haqida batafsilroq ma’lumot bersangiz.

- Toshkent davlat stomatologiya fakulteti uchun 200 ta o‘rin (60 ta grant, 140 ta to’lov-shartnoma asosida), Toshkent pediatriya instituti Nukus filialining stomatologiya fakulteti uchun 35 o‘rin (10 ta / 25  ta), Andijon tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti uchun 25 o‘rin (10 ta / 15  ta), Buxoro tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti uchun 75 ta o‘rin (25 ta /  50 ta ), Samarqand tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti uchun 40 ta o‘rin (10 ta / 30 ta) ajratilgan. Umimiy hisoblaganda joriy yilda 375 nafar (115 nafari grant, 260 nafari to’lov-shartnoma asosida) talaba qabul qilindi.

-Institutdagi fakultetlar haqida ham gapirib bersangiz.

-Institutda uchta fakultet tashkil etildi. Bular: 1) terapevtik stomatologiya fakulteti; 2)jarrohlik stomatologiyasi fakulteti; 3) bolalar stomatologiyasi fakulteti.  Joriy yilda qabul qilingan abituriyentlar ushbu fakultetning birini tanlab tahsil olishmoqda.

-TDSI yangi binosi qayerda joylashgan?

-Toshkent davlat stomatologiya instituti vaqtincha Toshkent tibbiyot akademiyasining Toshkent shahri “Taraqqiyot” ko‘chasi 103-uydagi 3-sonli klinikasi hududida joylashgan. 2015-yildan institutning yangi binolar majmuyi, jumladan, yotoqxona, uning filiallari qurilishi ishlari boshlangan.

-Bizga bergan qimmatli ma’lumotlaringiz uchun katta rahmat. Ishlaringizga omad tilab qolamiz.

P. S.

DTM saytidagi ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda respublika bo‘yicha stomatologiya yo‘nalishlariga jami 4 ming nafar abituriyent hujjat topshirgan.

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments