MANTIQ MAYDONI (1-2015)

1. Moslashuv

Agar suv – muz bo‘lsa, sut – ?

A) asal                        B) pishloq       

C) popkorn                 D) qahva         

 

2. Kitob javoni

Kitob javonida ikki kitob bor. Birinchi kitob ikkinchi kitobning chap tarafida turibdi. Birinchi kitob 230 sahifadan, ikkinchisi 325 sahifadan iborat. Birinchi kitobning birinchi sahifasi bilan narigi kitobning oxirgi sahifasi orasida nechta sahifa mavjud?

 

3. Bo'laklangan kub

Oppoq materialdan tayyorlangan kub mavjud. Uning tashqi qismi qora rangga bo‘yaldi. Shundan so‘ng bu kub 125 ta teng bo‘lakka bo‘lindi. Bu kubchalardan nechtasining ikki tarafi(a), uch tarafi qora (b) va nechtasining hamma tarafi oppoq (c)?

 

4. Quyonlar

Arqon tortish musobaqasida Ali bilan Mahmud Hasan bilan Salimni osonlik bilan tortib yuborishdi. Ali bilan Salim bir tomonda ikkinchi tomonda esa Hasan bilan Mahmud bo‘lganda birinchi tomondagilar qiyinchilik bilan bo‘lsa-da g‘alaba qozonishdi. Ali bilan Hasan, Salim bilan Mahmudga qarshi kurashishganda kuchlar teng keldi. Musobaqalashuvchilarning kuchlari bo‘yicha tartiblang.

 

5. Yig‘ilish

Katta xalqaro tashkilotda turli davlatlardan kelgan menejerlarning yig‘ilishi o‘tkazildi. Ular bir qahvaxonada uchrashib, eng avval kim qayerda yashashi haqida fikr yuritishdi:

Alisa: Men Akapulkoda yashayman, Bob ham, Patrik esa Parijda yashaydi.

Bob: Men Brestda yashayman, Shults ham. Patrik Parijda yashaydi.

Mariya: Mening otam Akapulkoda yashaydi, onam esa Parijda. Men esa Klermon-Ferranada yashayman.

Patrik: Men ham, Alisa ham Fransiyada yashamaymiz. Mariya esa Madridda yashaydi.

Shults: Alisa Akapulkodan kelgan, Bob ham. Men esa Klermon-Ferranadan kelganman.

Har bir menejerning uch gapidan ikkitasi to‘g‘ri, bittasi yolg‘on bo‘lsa, kim qayerda yashashini aniqlang.

 

6. Shakl yasash

Rasmda ikki shakl berilgan.

mantiq1.jpg

Bu shakllar bo‘laklamasdan birlashtirildi. Quyidagilardan qaysi biri birlashgan shakl bo‘la oladi?

mantiq2.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

1. Oynadagi tasvir.

2. n harfi bilan.
3. Yangi yil kirishi bilan ko‘chaga chiqish kerak.
4. Spirtli ichimliklar degustatori
5.  M va I (ro‘yxatda oylarning bosh harflari keltirilgan)
6. Yo‘q, chunki u gapira olmaydi.
7. Bolalar o’yin maydonidagi karuselda.
8. O‘zining qopqog‘i.
9. Baliq.
10. Makaron.
11. Vazn.
12. Ilon.
13. Tamaki.
14. Shilliqqurt.
15. Qo‘ng‘iroq.
16. Sinf doskasi.
17. Tarvuz.
18. U o‘sha yerda o‘lgan.
19. Piton (ilon). (cho‘chqani yutib yuborgan piton qafasdan chiqa olmaydi)
20. Qovoq.
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments