TELEFON HISOB CHEKI

Uyali aloqa unchalik rivojlanmagan vaqtlar edi. Uyga telefondan foydalanganlik haqida hisob cheki keldi. U yerda katta hisob yozilgan edi. Shuncha pulni to‘lashdan avval oila a’zolari yig‘ilgan, qayerdan shuncha pul yozilib qolganini hal qilishmoqchi edilar.

Ota: Bu raqamlar juda ham katta. Men umuman uyda telefondan foydalanmayman. Ishxonamda telefon bor, xohlaganimcha undan foydalanishim mumkin.

Ona: Menda ham shunday. Bankimizda stolimga yaqin joyda telefon turadi. O‘zi ishdan kech qaytsam... . Bu telefon menga deyarli kerak emas.

O‘g‘il: Ishlaydigan tashkilotim menga telefon berib qo‘ygan. Hamma ishlarimni o‘sha telefonda bitkazaman.

Qiz: Menda ham shunday. Tashkilotimiz alohida sim o‘tkazib bergan...

Butun oila a’zolari birdan uydagi xizmatkorga yuzlanishdi. Xizmatkor vaziyatga oydinlik kiritibdi: 

– Tushunarli, menimcha, muammo yo‘q. Hammamiz ishxonamizdagi telefondan foydalanar ekanmiz.

*  *  *

telefon 1 copy.jpg

Odam hisob chekidagi summani ko‘rgach, ko‘zlaridan olov chiqib ketdi. Kim bilan shuncha gaplashish mumkin? Telefon kompaniyasidan to‘liq ma’lumot so‘radi, qarasa, terilgan raqamlar barchasi o‘zining do‘stlari va yaqinlari edi. 

Bu hodisa qanday sodir bo‘lganini tushunmagan bo‘lsa-da, majburlikdan pulni to‘labdi. Uyiga kelsa, unda to‘tiqush turibdi. Lekin aniq dalili bo‘lmagani sababli ikkilanib qolibdi:

– Yo‘g‘-ey, bu bir jonivor bo‘lsa, qanday telefon qilishi mumkin?

Shunday desa-da, ichidagi shubha yo‘qolmabdi. Tunda to‘tiqushni poylay boshlabdi. To‘tiqush qafasidan chiqibdi-da, odamning telefon raqamlari yozilgan kitobchadan raqamlarni terib, ular bilan soatlab gaplashibdi. Jahli chiqqan odam to‘tiqushni ushlabdi-da, qanotlarini bog‘lab devorga ilib qo‘yibdi.

– Bir hafta shu yerda osilib tur, zora aqling kirsa!

Odam chiqib ketgach, to‘tiqush qarasa, qarama-qarshi devorda qotirilgan burgut haykali osilib turardi. To‘tiqush u bilan suhbat boshlabdi: 

– Necha yildan beri osilib turibsan?

– 20 yildan beri.

– Ehheeey, qayerga telefon qilgan eding?

 

0 ta izoh

There are no comments