QISQA SAVOLLAR

1. Bor-u yo‘q

Siz uni u yerda ko‘rdingiz. Lekin, aslida u o‘sha yerda bo‘lmagan. Siz uni o‘sha yerda tez-tez ko‘rib turasi. Ko‘rinib turib, aslida ko‘ringan joyida bo‘lmagan kim?

 

2. Yakun

Kun bilan tun nima bilan tugaydi?

 

3. Qor

O‘tgan yilgi qorni topish uchun nima qilish kerak?

 

4. Alkash Jek

Jek spirtli ichimlik ichmay qo‘ysa, hamkasblari uni yaxshi ishlamayotganlikda ayblashadi. Jek nima ish qiladi?

 

5. Harflar ketma-ketligi

Quyida bir necha harflar keltirilgan. Bu ro‘yxatda ikki harf kamlik qilmoqda. Bu qaysi harflar?

Ya   F   M    A    I   A    S    O    N    D

 

6. Xo‘roz

Xo‘roz o‘zini qush deb e'lon qila oladimi?

 

7. Qayer?

Siz samolyotda o‘tiribsiz. Oldingizda ot, orqangizda esa avtomobil. Bunday holat qayerda yuz berishi mumkin?

 

8. Juda katta

Eng katta kastryulga sig‘maydigan narsa nima?

 

9. Ko‘zi ochiq uyqu?

Qaysi jonivorlar ko‘zlari ochiq holda uyquga ketadilar?

 

10. Ovqat turi

XVII asrda Marko Aroni tomonidan kashf qilingan taom turi nima?

 

11. Parvoz

Barcha kosmonavtlar tomonidan parvoz vaqtida yo‘qotiladigan narsa qanday nomlanadi?

 

12. Qovurg‘a

Odam bolasida 13 juft qovurg‘a mavjud. Qaysi jonzot 300 dan ortiq qovurg‘aga ega?

13. Isrof mahsulot

90 % yonib ketadigan, 10 % i tashlab yuboriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini toping.

 

14. Shox

Eng katta shoxga ega jonzot nosorog (158 sm) hisoblanadi. Eng yumshoq shoxga ega jonzot nima?

 

15. Futboldagi tartib

Hushtak futbol hakamining asosiy ish quroli. Lekin  ular hushtak kashf qilingunga qadar nimadan foydalanishgan?

 

16. Toza va kir

Yashilligida toza oqligida kir hisoblanuvchi predmet nima?

 

17. Italiya bayrog‘i

Italiyaliklarning bayrog‘i qizil, oq,  yashil rangda. Qaysi kesilgan sabzavot italiyaliklar bayrog‘ini eslatadi?

 

18. Kashandalar musobaqasi

Bir zamonlar Nitse shahrida kashandalar orasida eng ko‘p chekuvchilar  musobaqasi o‘tkazildi. Ketma-ket 60 ta sigaret cheka olgan g‘olib  sovrinni olmadi. Buning sababi nima?

 

19. Ov

Malayziyaliklar bambukli qafas va ichidagi cho‘chqa bolasi yordamida qaysi hayvonni ovlaydilar?

 

20. Eng katta meva

Mevasi eng katta bo‘lgan o‘simlik nima?

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

1. Sonlardagi aylanalar soni keltirilgan.

 Demak, javob 2.
2. (2010:10+2010:201+2010)*0
3. 48
4. Bir vaqtda ham ovqatlanib, ham uxlab bo‘lmaydi. Bir hafta oldin uxlab keyin ovqatlangan bo‘lsa, bir haftadan keyin ham avval uxlab, keyin ovqatlanishi, aks holda, oldin ovqatlanib, keyin uxlashi lozim.
5. Sinfda 35 ta o‘quvchi bor bo‘lsa va ularning har biri 11 tadan sinfdoshi bilan do‘stlashgan bo‘lsa, umumiy do‘stliklar soni 35*11/2 bo‘ladi va butun son emas. 
6. 563,2 dollar. Har safar 20 % dan arzonlatmoqda.
7. Ayol va erkakning qo‘llarida bir xil karta bor.
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments