QUVNOQ YANGI YIL!

Qorboboga xat 

Pochtaxona ishchilari yangi yil arafasida maktublarni titkilar ekan, Qorboboga yozilgan maktubni ko’rib qolishibdi.  Albatta, hayotda Qorbobo yo‘qligi sababli maktubni ochib o‘qishga qaror qilishibdi. 

Maktubda shunday so’zlar bor ekan:  

“Hurmatli Qorbobo! Men 10 yoshli Sitoraman. Mening hech kimim yo‘q. O‘zim mehribonlik uyida yashayman. Yonimdagi do‘stlarimga Sizdan turli sovg‘alar keldi. Menga hali hech narsa kelmadi.  Shu sababli menga uch narsa olib kelib berishingizni so‘rayman: ruchka, qalam soladigan idish va oyoq kiyimi. Agar shularni jo‘natib yuborsangiz, meni cheksiz xursand qilgan bo‘lar edingiz”. 

Pochtaxona ishchilari maktubni o‘qigach, hech kimsasiz bolaga yordam berish maqsadida pul yig‘ib, sovg‘a jo‘natishga qaror qilishibdi. Afsuski, bozor qilayotganda yig‘gan pullari qalam soladigan idishga yetmay qolibdi. Yo‘qdan ko‘ra deb, shu ikki sovg‘ani jo‘natib yuborishibdi. Oradan 2 hafta o‘tgach, yana o‘sha qizdan Qorboboga minnatdorchilik bildirilgan maktub kelibdi. Maktubni esa yana pochta xodimlari ochishibdi: “Sovg‘alaringiz uchun katta rahmat. Faqat Siz jo‘natgan sovg‘alardan biri menga yetib kelmadi. Uni insofsiz pochtachilar olib qolgan bo‘lsa kerak…”

 

8590.jpg

Tezlik

Juda yuqori tezlikda kelayotgan mashina avtomobil nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

– Shunday katta tezlikda qayerga ketyapsiz?

– Uyga. Yangi yilda do‘stlarimiz bilan yig‘ilishgan edik. Biroz ushlanib qoldim. Uydagilar xavotirlanishyapti. 

– Lekin  hozir may oyidamiz-ku?

– Shuning uchun shoshyapman-da!

 

Yangi yil tilaklari

* Doim Qorbobo va Qorqizga o‘xshaylik: esimni taniganimdan beri kasallanishmaydi, qarishmaydi. Eng muhimi, sovg‘a olish uchun doim pullari bor. Biz ham shunday yuraylik.

* Yangi yil qaytib kelmaydi… Bir Yangi yilni ikki marta kutib olib bo‘lmaydi. Siz ham shu Yangi yilday doim punktual, yagona bo‘lishingizni tilaymiz.

* Ona qizidan so‘radi: “Yangi yilda nimalar bo‘lishini xohlaysan? Qiz javob berdi: “O‘zim ham aniq bilmayman. Goh pista chaqqim keladi. Goh mashina haydagim keladi! Yangi yilda hammada hamma narsa bo‘lsin! Hattoki pista ham”.

* “2014” ga alvido, “2015” ga marhabo. Xush kelding, Yangi yil, bekor ketding eski yil. (Dangasa abituriyent)

* Direktordan: Sezib turibman, yangi yilda hayotingizda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Dam olishga parklarga chiqasiz, ko‘p kitob o‘qiysiz va o‘zingizga yetarli miqdorda vaqt ajratasiz. Chunki ishdan bo‘shatildingiz.

 

0 ta izoh

There are no comments