QUVNOQ ABITURIYENT

Poyabzalchi

Bir odam yigirma yillik qamoq jazosini o’tab, ozodlikka chiqibdi. U o‘zining yashagan manziliga boribdi. Lekin u yerda juda ko‘p narsa o‘zgarib ketgan, oilasi allaqachon ko‘chib ketgan edi. Oshna- og‘aynilarining uylari hammasi buzilib ketgan edi. Doim ziyorat qiladigan choyxonasi ham o‘rnida yo‘q edi. Atrofdan hech narsa topa olmagan odam eng yaqin tamaddixonaga kirib qahva va sendvich yeb olibdi. To‘lov uchun hamyonini ochgan ekan, qamalishidan bir kun oldin poyabzal ustasidan olgan cheki chiqib qoldi. O‘sha kuni u oyoq kiyimini ta’mirlash uchun ustaga bergan edi. 

U poyabzal ustasi do‘konini qidirib bir amallab topibdi. Baxtiga ustaxona o‘z joyida ekan. Xursandchilikdan baqirib yuboribdi. Ustaxonaga borib vaziyatni tushuntirib, ularga poyabzali chekini beribdi. Poyabzal ustasi chekka biroz termulib turgach: “Juda soz. Ertaga kelsangiz, oyoq kiyimingizni tayyor qilib qo‘yamiz”,- debdi. 

 

Advokat

Do‘stiga qarz bergan odam bir advokatning yoniga borib dardini tushuntiribdi:

– Janob advokat, men do‘stimga 1 million so‘m qarz bergan edim. Pul olganini inkor qilib qarzini to‘lamayapti.

– Qo‘lingizda uning qarz olganini isbotlaydigan biror dalil yoki pul olganini ko‘rgan guvoh bormi?

– Afsuski, yo‘q.

– U holda, siz qarzi bor odamga:” Mendan 5 million qarzing bor edi. Shuni qachon to‘laysan?”- deb xat yozing.

– Lekin uning qarzi 1 million, xolos-ku!

– Yaxshi-da. U ham sizga “Sendan atigi bir million qarzim bor, 5 millionni qayerdan olding?” - deb javob yozadi va bizning qo‘limizda uning qarz olgani haqida dalil bo‘ladi.

 

Foyda

Xaridor: Bu soatlarni tayyorlashga 10 ming so‘m ketsa, siz ularni 10 ming so‘mdan sotsangiz, qayerdan foyda ko‘rasiz?

Sotuvchi: Ta’mirlashdan.

 

Noto‘g‘ri javob

O‘qituvchi: 

-Agar men sendan 9731 ga 237 ni qo‘shib, natijaning yarmini hisoblashni so‘rasam, sen nimaga erishasan?

O‘quvchi: 

-Noto‘g‘ri javobga.

 

Yordam

O‘g‘il: 

-Dada, Urugvayning poytaxti qayer?

Ota: 

-Bilmasam.

O‘g‘il: 

-Amir Temur qayerda tug‘ilgan?

Ota: 

-Bilmasam.

O‘g‘il:

- Ko‘pburchak nima?

Ota: 

-Bilmasam.

Ona:

- O‘g‘lim,  dadangga xalal bermagin!

Ota: 

-Qo‘yaver, so‘rayversin. Mendan so‘ramasa,  savollariga qayerdan javob oladi?

 

0 ta izoh

There are no comments