MANTIQ MAYDONI (25-2014)

1. Sonli qonuniyat

5555 = 0 

9313 = 1 

8193 = 3 

8096 = 5 

8806 = 6 

2581 = ?

Yuqoridagi savolda ? belgisi o‘rniga qaysi son to’g’ri kelishini toping.

 

2. Matematik hisob

2010:10+2010:201+2010*0

Yuqoridagi hisobning qiymatini eng kichik holga keltirish uchun qaysi qismni qavs ichiga olish lozim?

3. Tuxumlar soni

3 ta tovuq 3 kunda 3 dona tuxum qo‘yadi. 12 ta tovuq 12 kunda nechta tuxum qo‘yadi?

 

4. Uyqumi, ovqatmi?

Tasavvur qiling: odam 7 kun hech narsa yemasdan va 7 kun uxlamasdan yashay oladi. Albatta, 7 kundan o‘tib ketsa, o‘ladi. Agar odam bir hafta davomida ham ovqat yemagan, ham uxlamagan bo‘lsa, qaysi ishni birinchi bajarishi kerak: ovqatlanishnimi yoki uxlashni?

 

5. Sinfdagi o‘rtoqlar

Breyn xonim – boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. U bir kuni dugonasiga: “Mening sinfimda 35 ta o‘quvchi bor va ularning har biri 11 ta sinfdoshi bilan do‘stlashib olgan”, - dedi. Bu gapni eshitgan dugonasi uning noto‘g‘ri gapirayotganini ta’kidladi. Dugonasi nega uning hisobini noto‘g‘ri degan?

 

6. Avtomobil savdosi

Abdulla yangi avtomobil sotib olgach, eskisini sotishga qaror qildi.

Avvaliga u avtomobili uchun 1100 dollar pul so‘radi. Mashina eski bo‘lgani sababli bu narxga hech kim olmadi. Shundan so‘ng u avtomobilga 880 dollar narx qo‘ydi. Undan so‘ng 704 $.

Agar avtomobil yana sotilmay tursa, keyingi narxi qancha bo‘ladi?

 

Rasmdagi xatolik

Quyidagi rasmda qanday mantiqiy xatolik mavjud?

8.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

 

1. Yo‘q. Chunki  72 soatdan so‘ng tun bo‘ladi va bu soatda quyosh bo‘lmaydi.

2. Ipga tortilayotgan odam ip yordamida havo sharini pastga tortadi, shu sababli havo shari pastga harakatlanadi.
3. Atlasga, aslida, mavjud bo‘lmagan orolni chizib, lug‘atga esa mavjud bo‘lmagan so‘z kiritib qo‘yilsa, kimdir nusxa ko‘chirganda darrov ma’lum bo‘lib qoladi.
4. Xavfsizlik kamarini taqqan odam avtohalokatda jarohatlanadi. Kamar o‘lim sonini kamaytirib, jarohatlanganlar sonini orttiradi. Jarohatlanganlar kasalxonaga, o‘liklar esa o‘likxonaga olib boriladi.
5. Ular bir-biriga qarshi emas. Bir jamoada juftlik o‘yinida ishtirok etganlar.
6. Xaridor eshigi uchun raqam sotib olmoqda va har bir raqam 2000 so‘m.

7. Mantik javobi keying.jpg

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments