MANTIQ MAYDONI (24-2014)

1. Ob-havo

Yarim tun soat 12:00 da yomg‘ir yog‘moqda. Osmonda momaqaldiroq gumburlab chaqmoq chaqmoqda. Roppa-rosa 72 soatdan keyin quyoshli havoni kutish mumkinmi?

 

2. Aerostat

Aerostat (havo shari) havoda muallaq turibdi. Uning qutisidan esa pastga arqon osilib turibdi. Shu arqonga bir odam osilib yuqoriga qarab harakatlana boshlasa, aerostat qaysi tomonga harakatlanadi?

 

3. Mualliflik huquqi

Intellektual mulk muhofaza qilish maqsadida mualliflik huquqi joriy qilingan. Masalan, gazetamizda chop etilayotgan testlardan ruxsatsiz nusxa ko‘chirayotganlarga mualliflik huquqini buzayotganlar sifatida chora ko‘rilishi mumkin. Savol: lug‘at yoki atlas chiqarayotgan nashriyotlar mualliflik huquqini himoya qilish uchun qanday chora ko‘rishlari lozim?

 

4. Yo‘l halokati

Sent-Jeymsda avtohalokatda jarohatlanganlarning barchasi bir kasalxonaga jo‘natilar edi. Jarohatlanganlar  soni juda ham ortib ketgani sababli  shahar yo’l patrul nazorati xodimlari avtomobildagi yo‘lovchilar va haydovchilarga kamar taqishni majburiy qilib qo‘yishdi. Albatta, bu chora amalga oshirildi. Ya’ni hamma xavfsizlik kamarini taqa boshladi. Afsuski, shunday chora ko‘rilganiga qaramay, kasalxonaga olib kelinayotgan jarohatlanganlar soni yanada ortib ketdi. Buning sababi nimada?

 

5. Tennis o‘yini

Rojer Federer va Rafael Nadal – tennis olamining mashhur o‘yinchilari. Ular birgalikda 5 set o‘yin o‘ynashdi va ularning har biri 3 martadan g‘alaba qozondi. Bu qanday sodir bo‘lishi mumkin?

 

6. Savdo

Bir odam do‘kondan “X” sotib olmoqda.

Xaridor: 

-“1” ga qancha so‘raysiz?

Sotuvchi:

- 2000 so‘m.

Xaridor: 

-“10” ga-chi? 

Sotuvchi:

- 4000 so‘m.

Xaridor:

- Aslida, menga “120” kerak edi.

Sotuvchi: 

-Unda sizdan 6000 so‘m.

Yuqoridagi “X” o‘rniga kerakli so‘zni yozing.

 

7. Yo‘l

Quyidagi rasmda manzilga  yetib borish uchun bir necha yo‘llar ko‘rsatilgan. Bu yo‘llardan qaysi birida yo‘ldagi sonlarning yig‘indisi 20 ga teng bo‘ladi?

Mantik keyingi songa.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

1. Ingliz tilida EIGHT (8) so‘zi teskarisiga yozilgan.

2. Sir (sekret).
3. Trubaga suv quyishsa, shar o‘zi ko‘tariladi.
4. 961 betli.
5. Mumkin. Nevarasi 1 oylik bo‘lsa, o‘zi 50 yosh bo‘ladi. 
6. 1050.
7.  mantik javobi.jpg
 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments