MANTIQ MAYDONI (23-2014)

1. Tenglik

 

Rasmdagi tenglikni isbotlang.

Mantik 3.jpg

 

2. Egalik

Siz unga egalik qilsangiz, butun qismiga egalik qilasiz. Uni kim bilandir bo‘lishsangiz ,u butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Gap nima haqida ketmoqda?

 

3. Tennis shari

Ikki o‘rtoq stol tennisi o‘ynamoqda. Ulardan biri sharni biroz uzoqroqqa otib yuborgan edi, diametri shar diametridan biroz kattaroq bo‘lgan, yerga qazilgan quvur ichiga tushib ketdi. Aksiga olib, shu paytda boshqa shar yo‘q, o‘sha sharni olish uchun yerni qazish kerak edi. Shar yer sathidan 50 sm pastda va pastki qismi yopiq. Bolalar sharni chiqarib olish uchun qanday usul qo‘llashlari mumkin?

 

4. Kitob sahifalari

Kitob chop etishda har bir sahifaga raqam qo‘yiladi. Kitobning 3-sahifasini raqamlash uchun bir dona raqam ishlatilsa, 36-sahifasini raqamlash uchun ikkita raqamdan foydalaniladi. Agar kitobni sahifalash uchun jami 2775 ta raqam ishlatilgan va sahifalash birinchi sahifadan boshlangan bo‘lsa, bu kitob necha sahifali?

 

5. Odamning  yoshi

Bir odamdan so‘rashdi:

– Yoshingiz nechada?

– Juda ham katta.

– Qanday?

– Men ba’zi qarindoshlarimdan 600 marta kattaman?

– Bo‘lishi mumkin emas !...

Bo‘lishi mumkinmi? Bo‘lsa, qanday?

 

6. Shakarli  qahva

Qahva shakar bilan birgalikda 1100 so‘m turadi. Agar qahvaning o‘zi shakaridan 1000 so‘m qimmat bo‘lsa, shakarsiz qahva necha so‘m?

 

7. Gugurt  cho‘plari

Rasmdagi  ikki  gugurt  cho‘pning  o‘rnini o‘zgartirish orqali 6 ta kvadrat hosil qiling.

mantik.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:
1. 1-daqiqada tovaga ikki quymoq quyiladi. 2-daqiqada esa 1-quymoqni o‘girib, yoniga 3-quymoq quyiladi. Shunda  1-quymoq tayyor bo‘ladi. 3-daqiqada esa 2- va 3- quymoqlarning orqa tarafi pishiriladi.
2. 3x4 o‘lchamli qutiga diagonaliga joylab olib kelingan.
3. Avval 9 kg mosh pallali tarozi yordamida teng ikkiga bo‘linadi–4,5 kg dan. Keyin  bu bo‘laklardan biri yana teng ikkiga bo‘linadi – 2 kilo, 250 g. Bundan 250 g toshlar yordamida olib tashlansa, 2 kg mosh tayyor.
4. Barcha sharlar suvga tashlanganda ulardan biri suv yuzida tinimsiz qalqib yurgan. Ziynatlangan sharning og‘irlik markazi shar markazida bo‘lmagan.
5. Chunki  u 5 dollarlikni tanlagan kundan boshlab unga hech kim ikki puldan birini tanlashni tavsiya qilishmaydi.
6. Rasmdagi yuk mashinasining orqa chiroqlari va raqamlari mavjud emas.
 
 

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments