BOSHQACHA HAYOT

HOW POOR WE ARE.jpg

Bir badavlat oilada o‘g‘il farzand ulg‘ayibdi. 

Bir kuni ota o‘g‘lini qishloqqa olib borib, qashshoqlikda kun kechirayotgan kishilar hayoti bilan tanishtirmoqchi bo‘libdi. Ota o‘g‘lining unga yot bo‘lgan hayotni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishini va hozirgi hayotning qadriga yetishini xohlagan edi. “O‘g‘lim badavlat ekanimiz bilan faxrlansin”, - debdi ichida ota.

Ota-o‘g‘il qishloqqa borib, juda qashshoq oilada bir sutka mehmon bo‘lishibdi. Ertasiga uyga qaytishar ekan, ota so‘rabdi:

 - Sayohat yoqdimi?

 - Yoqqanda qandoq!

 - Mana, sen boshqacha hayot ham borligini o‘z ko‘zing bilan ko‘rding. Bir kunlik sayohatimizdan qanaqa xulosa chiqarding?

- Bizning uyimizda bittagina kuchuk bor. Haligi hovlida esa to‘rtta it va sigir bor ekan.

Bizning hovlida basseyn bor, ularning uyidan sal narida esa katta ko‘rfaz bor ekan: narigi sohili ham ko‘rinmaydi.

Bizning bog‘da fonuslar yonib turadi, ularning tomorqasini yulduzlar yoritib turar ekan.

Ota bu kutilmagan javobdan chuqur o‘yga toldi.

O‘g‘il esa qo‘shib qo‘ydi:

 - Dada, menga biznikidan ham yaxshiroq boshqacha hayotni ko‘rsatganingiz uchun rahmat! 

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments