BIR YILLIK UMR

AnthonyBurgess_1741819c.jpg

Antoni Burges o‘zining atigi bir yil umri qolganini bilganida 40 yosh edi. Uning miyasida o‘sma paydo bo‘lgan va doktorlarning tashxis natijalari uning bir yilgina umri qolganiga ishora qilardi. Buni eshitgan vaqtda endi beva bo’lib qoladigan ayoli Linaga hech narsa qoldira olmayotganidan afsuslandi. 

Antoni hech qachon professional yozuvchi bo‘la olmagan edi. Odatda, yozgan qissalari omadsizlikka yuz tutardi. Lekin ichki hislari unda yozuvchilik salohiyati kuchli ekanligi haqida so‘ylar edi. Antoni ayoliga nimadir qoldirish maqsadida yozuv mashinasiga qog‘oz suqib, yoza boshladi. U yozgan narsasini chop eta olish yoki olmasligini ham bilmas, lekin o‘sha onda qo‘lidan keladigan boshqa tayinli ish ham yo’q edi. 

“1960-yilning yanvari edi”, - deya hikoya qiladi muallif. - Tashxislarga ko‘ra, qish, bahor va yozni o‘tkazgach, yaproqlar to‘kila boshlagach, men ham dunyoni tark etishim lozim edi”.

Bu vaqt ichida Burges 5 ta butun qissani tugatib, oltinchisining yarmini ham yakunlab qo‘ygan edi. (E. M. Forsterning umr bo‘yi yozganlari miqdoricha, J. D. Selingernikidan ikki barobar ko‘p) Lekin Burges vafot etmadi. Miyadagi o‘sma so‘rilib ketibdi. Shundan so‘ng yozuvchilik hayotida 70 dan ortiq kitoblar chop etdi. Lekin hayotida ana shu miya saratoni kasalligi ro‘y bermaganida, bularni amalga oshira olmasligi ham mumkin edi.

Har birimiz Antoni Burges kabimiz. Ichimizda buyuk ishlarni saqlaymiz. Ularni tashqariga chiqarish uchun esa qandaydir favqulotda holatni kutamiz. Siz ham o‘zingizga Burgesning savolini bering: “Agar bir yil umrim qolgan bo‘lsa, bundan qanday unumli foydalangan bo‘lardim? Qiladigan qanday ishim bo‘lar edi?”

Mahmudjon YUSUFJANOV tayyorladi.

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments