AJOYIB SMS XABARLARI

* Pulim tugayotgani bois javob yoza olmayman.

* Salom. Qalaysan. Bu mening yangi raqamim. Saqlab qo‘y. (Ismini yozishni unutibdi)

* Di, didi didit didi didi didi diditti didi musiqa bilan boshlanadigan qo‘shiq bor edi. Shuning so‘zlarini eslay olmadim. Sening esingda yo‘qmi?

* Telefon raqamingizni yozvoring.

* Qo’ng’iroq qilaverma, telefonim stolda qolib ketgan.

* Bu SMSni telefoningni yoqqaningdan xabarim bo’lishi uchun yozdim. Bor bo‘lsin “Yetkazildi” degan xabar.

* Bayram tabrigi …

* Hozirda 100 odamdan 50 tasi uxlamoqda, 25 tasi xizmatda, 10 tasi ovqatlanmoqda, 10 tasi rulda, 4 tasi dars qilmoqda, bitta bekorchi esa SMS o‘qimoqda.

* Maymun onasidan so‘rabdi. 

- Oyijon, biz nega bunchalik xunukmiz?

- Biz shukur qilaylik. Bu SMSni o‘qiyotgan odamdan ahvolimiz yaxshiroq.

karnesi-kotu-olan-ogrenci-karikaturu.jpg

* Bu - go‘zallik, bu - tabassum, bu - aql … Ma’no to‘la ko‘zlarning sehri. Yaratgan barcha go‘zallikni bir yerga jamlabdi. Mayli, men haqimda shuncha gaplashdik. Senda nima gaplar?

* Bir necha kundan beri shu sababli uxlay olmayapman. Men haqimda nima deb o‘ylaysan - endi buning ahamiyati yo‘q. Balki, sen buni kutmagandirsan, lekin bo‘ladigan ishning bo‘lgani yaxshi. Balki, bu gaplarni aytishga hali ertadir, lekin mening sabrim tugadi. Shuncha paytdan beri so‘rashga jur’at qilolmagan narsamni so‘rashga qaror qildim. Sendan jiddiy javob kutaman. Iltimos, ustimdan kulmay javob ber?

Tilla qo‘ng‘iz terlaydimi?

* “Aql” so‘zini 3131 ga jo‘nating. Qanchalik aqlli ekanligingizni bilib oling. Xizmat narxi 99 sent.

* Bilasanmi, biroz oldin nima bo‘lganini aniq bilaman. Ishonmasang, eshit. Telefoningga SMS keldi.

* Men nonushta qilmadim. Seni o‘yladim. Tushlikda ham och qoldim. Seni o‘ylayotgan edim. Kechki ovqat ham seni o‘ylashga qurbon bo‘ldi. Tunda esa uxlay olmadim. Chunki och edim.

* Bir kun dunyodan to‘yib, ko‘z  yoshlaring  daryo bo‘lganda yoningda bo‘lishni xohlayman. Men ro‘molcha sotaman. Uchta olsang, bitta sovg‘a.

* Insonni yer ustida ikki narsa ushlab turadi. Biri o‘ng oyoq, ikkinchisi chap oyoq. Boshqa hamma gaplar hikoya.

* Nega bunday termulib turibsan. Men sening mobil telefoningman. Cho‘ntagingda hayot juda qiyin, havo yo‘q, zimiston. Rahmat, cho‘ntagingdan olganing uchun…

* Seni ilk ko‘rganimda ko’ylagingni dazmol qilayotgan eding. Men senga boqdim, sen esa menga, natijada ham meni kuydirding, ham ko’ylagingni.

* Germaniya astronomik tadqiqotlar instituti statistikasiga ko‘ra, ahmoq odamlar SMS o‘qiyotganda telefonni o‘ng qo‘lda tutishar ekan.

* Kechirish - eng katta qasos, deyishadi. Qasosingni  ol mendan.

 

0 ta izoh

There are no comments