YER CHOPISH

AQSHning Nebraska shtatida yashovchi qariya kartoshka ekish uchun yerini chopishi kerak edi. Lekin qarib qolgani sababli bu ish unga og‘irlik qilardi. Birgina o‘g‘li David esa qamoqda edi…

Qariya o‘g‘liga maktub orqali vaziyatni tushuntirdi:

“Qadrdon David! 

Kartoshka ekadigan yerimni chopishim kerak, lekin o‘zimni juda ham yomon his qilyapman. Yer chopishga ancha qarib qolibman. Shu yerda bo‘lsang, o’sha ishlarni o‘zing hal qilib berarding. Mayli, sog‘ bo‘lgin. Dadang.”

Bir necha kundan so‘ng o‘g‘lidan javob xati keldi.

“Dadajon!

U yerlarni kavlab o‘tirmang. Hamma murdalar o‘sha yerga ko‘milgan.

David.”

Ertasi kun tongdan qariyaning uyini politsiya, FQB bosdi. Ular kartoshka dalasining hamma joyini qazib tashlashdi, lekin hech qayerdan murda chiqmadi.

Kechga yaqin qariya o‘g‘idan yana bir maktub oldi:

“Dadajon!

Shu holda qo‘limdan kelgan ish shu bo‘ldi, xolos. Endi bemalol kartoshka ekishingiz mumkin.

David.”

0 ta izoh

There are no comments