MANTIQ MAYDONI (22-2014)

1. Buvimning quymoqlari

Buvijonim har tongda menga quymoq tayyorlab beradilar. Chunki men quymoqni juda ham yaxshi ko‘raman. Bir kuni quymoq tayyorlar ekanlar, mendan shunday savol so‘radilar:

“Quymoq pishiradigan tovamga atigf ikki dona quymoq sig‘adi. Men quymoqning bir tarafini 1 daqiqa qovuraman. Demak, bir dona quymoq tayyor bo‘lishi uchun 2 daqiqa ketadi. Sen maktabga kechikmasliging uchun uch daqiqada uch dona quymoqni qanday tayyorlashim mumkin?”

Xo‘sh, hurmatli abituriyentlar, buvimning savoliga javob topishga yordamlashib yuborasizlarmi?

 

2. Qarmoq

Bobom baliq ovlashni juda yaxshi ko‘radilar. Kunlardan birida ular 5 m uzunlikdagi qarmoq sotib olibdilar. Uni sotib olgach, uyga qaytish maqsadida avtobusga chiqishibdi, ammo avtobusga 4 m dan uzun narsani olib chiqib bo‘lmas edi. Bobom shunday bir usul ishlatibdilarki, natijada qarmoqni avtobusda olib kelibdilar.

Bobom qanday usul ishlatganlar?

 

3. O‘lchov

Buvim 9 kg mosh sotib olibdilar. Ularda pallali tarozi hamda 50 g va 200 g ni o‘lchovchi toshlar mavjud. Buvim mendan navbatdagi savollarini so‘radilar: “Men uch marta o‘lchovni amalga oshirib, 2 kg moshni qanday ajratib olaman?”

Buni qanday qilish mumkin?

 

4. Topqir bojxonachi

Tog‘am bojxonada ishlaydi. U menga boshidan o‘tgan voqeani aytib berdi: 

“Kunlarning birida bir firmaga tegishli sharsimon plastmassa o‘yinchoqlar bojxonadan o‘tayotgan edi. Nimagadir bu o‘yinchoqlar menda shubha uyg‘otdi. Ularning massasi, qattiqligi, shakli, hatto, ustki materiallari ham bir xil edi. Lekin ichi bo‘sh bo‘lgani sababli ularning ichida kontrabanda tovarlarini olib o‘tish mumkin edi. 

Ular menga 12 ta bir xil sharni ko‘rsatishdi. Men juda ham oddiy bir tajriba yordamida bu 12 shardan birini tanlab oldim. Yordamchilarimga uning ichini ochishni buyurdim. Ne ko‘z bilan ko‘raylikki, sharning ichi olmos bilan ziynatlangan edi. Eng muhimi, bu 12 shardan faqatgina bittasida shunday kontrabanda mollari mavjud bo‘lib, boshqasida yo‘q edi. Xo‘sh, jiyan, nima deb o‘ylaysan, men brilliant yashirilgan sharni qanday aniqlab oldim?”

Tog‘amning savoli meni ham qiziqtirib qo‘ydi. Shu sababli men bu savolni sizga ham havola qildim.

 

5. Ahmoq

Bobom bir do‘sti haqida so‘ylab berdi. Hamma uni ahmoq deb o‘ylardi. U bir katta yo‘lda joylashgan qishloqda yashar edi. Unga yo‘lovchilar 50 sentlik tanga va 5 dollarlik qog‘oz kupyura ko‘rsatishar va “Birini tanla” deyishardi. U har doim tangani tanlar va hech qachon o‘z tanlovini o‘zgartirmas edi. Hamma uni ahmoq deb o‘ylardi, ammo bobomning fikri boshqacha edi. Uning tangani tanlashi ahmoqlik emas, derdi. Chunki u hech qachon tanlovini o‘zgartirmas edi. 

Hamma ahmoq deb o‘ylagan aqlli odam nega doim 50 sentlik tangani tanlardi?

 

6. Rasmdagi xatolik

Bir kuni bobom bir rasm keltirdi. Bu rasmda qandaydir xatoliklar bor ekan. Shu xatoliklarni topishimni so‘radi. Abituriyentlar, siz yordam bera olasizmi?

ccf30102013_00005_copy.jpg
 
O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:
1. O‘n, yuz, ming, million
2. Tush
3. Ayol ofitsiant qizning restoranda qizi ovqatlanib o‘tirganini va u pulni to‘lab yuborishini aytgan. Eshikdan chiqayotganda esa u qiz “Xayr, oyijon” deb yuborgan va u ayol yegan ovqatga bu qiz pul to‘lashi lozim bo‘lib qolgan.
4. Odam oyna yuvuvchi bo‘lgan va oynani yuvib bo‘lib, uyning ichiga sakragan.
5. Ishchilarning oyoq kiyim o‘g‘irlashidan.
6. 
answer_767.jpg

 

1 ta izoh

1 ta izoh

  1. Gravatar

    3. 6lchov;v; tarozini 2pallasiga mosh t6kiladi ca teng qilinadi now 4.5 kg b6ladi yana 2ga b6lsak 2.25kg b6ladi undan towlardan foydalanib 0.25kg mowni olsak 2kg qoladi