FUTBOL FANATLARI

FUTBOL FANATLARI

“Real Madrid”, “Barselona” va “Atletiko Madrid” jamoalarining fanatlari bo‘lgan uch odam Arabistondagi mehmonxonalardan birida ichish taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, spirtli ichimliklar iste’mol qilishibdi. Afsuski, ularni qo‘lga olib mahkamada o’limga hukm qilishibdi…

Qarorga o‘z e’tirozlarini bildirgach, umrbod qamoq jazosi bilan almashtirilibdi. Lekin o‘sha kun bayram kuni bo‘lgani sababli, shahzoda ularni 20 darra urib qo’yib yuborishga qaror qilibdi. Jazo oldidan ularning xomushligini ko‘rgan shahzoda jazo oldidan bittadan tilaklarini bajo keltirishga rozi bo‘libdi. “Atletiko Madrid” fanati: “Sirtimga bir yostiq bog‘lab, keyin uringlar”, – debdi. Yostiq 10 darradan so‘ng parchalanib ketib, unga deyarli foydasi bo‘lmabdi. 

Vaziyatni ko‘rib turgan “Real” fanati: “Sirtimga ikkita yostiq bog‘lab, keyin uringlar”,- debdi. Lekin yostiq ikkita bo‘lsa ham, 10 ta darraga chidamabdi. 

Navbat “Barselona” muxlisiga kelgach, shahzoda: “Sizlarga shundoq ham og‘ir bo‘ldi, o‘tgan mavsumda chempionlar ligasini ham, kubokni ham, la liga chempionligini ham ololmadinglar. Shu sababli senga ikki tilak tilashga ruxsat beraman”,- debdi.

Shundan so‘ng “Barselona” fanati tilga kiribdi: “Birinchi tilagim: meni 20 emas, 40 darra uringlar”. Bu istakdan hamma hayratlanishga ulgurmay, ikkinchi tilagini ham bayon qilibdi: “Sirtimga esa “Real”chini bog‘langlar…”

0 ta izoh

There are no comments