CHO‘CHQA VA SIGIR

Kunlarning birida bir boy odam o‘z yordamchisiga shunday savol berdi: “Nega odamlar menga bunday xasis deyishadi” . Shunda unga yordamchisi cho‘chqa va sigir haqidagi hikoyani so‘ylab beribdi.

Hamma sigirni maqtashi, uni foydali hisoblashi cho‘chqaning ichini tirnar edi. Nega odamlar senga muloyimlik qilishadi? Seni doim qadrlashadi, hurmat qilishadi? To‘g‘ri, sen har kuni ularga sut berasan. Undan o‘zlariga foydali ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarishadi. Lekin men ham unchalik foydali emasman-ku. Ular go‘shtimdan turli mahsulotlar tayyorlashadi. Terimdan oyoq kiyimlar va turli kiyimlar ishlab chiqarishadi. Yunglarimdan cho‘tkalar tayyorlashadi. Ya’ni menda ham foyda ko‘p.

Sigir nima deb javob berganini bilasizmi? Sigir aytibdi: “Bilasanmi, farqimiz qayerda? Men shu narsalarni hayotligimda amalga oshiraman”.

Mahmudjon YUSUFJANOV tayyorladi
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments