VTS OLIMPIADASI SARALASH BOSQICHI

Start-Up-Business1.jpg

Gazetamizning 22-sonidan boshlab VTS olimpiadasining saralash bosqichi boshlanishidan xabardorsiz. Quyida sizlarni ushbu musobaqa shartlari bilan tanishtiramiz.

Gazeta 2 haftada bir payshanba kuni chop etiladi. Ishtirokchilar gazeta chiqadigan hafta boshi -  dushanba kuniga qadar testlarni abituriyent.uz saytida yechib bo'lishlari lozim. Dushanba kuni soat 18:00 da gazetada test ishlash cheklanadi va saralash bosqichining ushbu turdagi natijalari saytimizda seshanba kuni e'lon qilinadi.

Test kalitlari saytimizga gazeta chiqqan hafta yakshanba kunga qadar kiritiladi. O'zgarishlardan bexabar qolmaslik uchun ishtirokchilarni saytimizni kuzatib borishlari tavsiya qilinadi.

Test natijalarini kiritishda qandaydir texnik kamchiliklarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, e'tirozlar 2 kun davomida qabul qilinadi va shundan so'ng saytdagi sizning natijalaringiz o'chirib yuboriladi. Kechikkan e'tirozlar esa ko'rib chiqilmaydi.

Test natijalarini kompyuter orqali kiritish tavsiya qilinadi. Telefon orqali kiritilganda xatoliklar yuz berish ehtimoli ko'payadi.

Testlar kompyuterga kiritilgach, ularni o'zgartirib yoki almashtirib bo'lmaydi. Har bir bosqichda bir ishtirokchi bir martagina test topshirish imkoniyatiga ega. Agar foydalanuvchi bilmasdan test topshirish degan tugmani bosib yuborsa, u o'sha sondagi test topshirish imkoniyatini yo'qotadi va natijalari boricha qayd etiladi.

VTS olimpiadasining saralash bosqichida 3 marotaba qatnashmagan yoki nol ball to'plagan ishtirokchi qatnashchilar safidan chetlatiladi va yakuniy bosqichda ishtirok eta olmaydi,

Yakuniy bosqichda ishtirokchilar soni 5 tadan kam bo'lgan yo'nalishlar VTS olimpiadasi finaliga taklif etilmaydi.

Saralash bosqichida har bir ishtirokchi 2 marotaba natijasini bekor qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun abituriyent o'sha testdagi natijasi tasodifiy ekanligi isboti tariqasida to'plagan balli 70 balldan kam bo'lishi lozim. Agar balli bundan yuqori bo'lsa, testlarni yechgan bilimi shu ekan degan xulosaga kelinadi.

Natijasi bekor qilinishini xohlagan abituriyent (+99893) 579 0 579 raqamiga saytdagi foydalanuvchi nomini va maqsadini SMS tarzida yetkazishi lozim. Ushbu  raqamdan javob SMSi kelgach, ishtirokchi saytda testni qaytadan yechadi.

Ikki imkoniyatdan foydalangan abituriyentga natijalarni o'zgartirish imkoni boshqa berilmaydi.

Birinchi tur ushbu hafta yakshanbadan boshlanadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz. Unutmang: bu musobaqada bilimdan tashqari diqqat- e'tibor ham ahamiyatga ega. 

2 ta izoh

2 ta izoh

  1. Gravatar

    Qaysi chislogacha yechilishi kerakligi saytda ko'rsatiladi.

  2. Gravatar

    demak,testlar .10 oktabrga qadar yewiliwi kerakmi?