QISQA SATRDA KULGU

* Imtihonda ko‘chira olish - bir san’at. Lekin bizning o‘qituvchimiz san’atni tushunmaydi.

* Endi o‘rganishni boshlagan edik, maktab tugab qoldi. 

* Aqlli bo‘lib dunyoning g‘amini yeyish o‘rniga ahmoq bo‘l: dunyo sening g‘amingni yesin.

* Aql yoshdamas, boshda. Lekin boshga aqlni yosh olib keladi…

* Bir ayol o‘g‘lini aqlli-hushli qilish uchun 20 yil urinadi. Boshqa bir ayol esa 20 daqiqada bir yigitni aql-hushidan ayiradi. 

* Meni faqat u tushundi. U ham noto‘g‘ri tushundi.

* Men hayvonlarni juda ham sevaman. Chunki ular juda lazzatli bo‘lishadi.

* Edison elektr tokini topdi, pulini esa biz to‘laymiz.

* Insonlarni tanigan sari hayvonlarni ko‘proq yaxshi ko‘rib qolyapman. 

* Gulni sevgan akasiga chidaydi. 

* Jarrohga tez-tez ishingiz tushib tursa, ichingiz ochiladi.

* Sizda bit shampuni bormi? Maxluqlar judayam kir bo‘lib ketishdi. (Bitboqarning nutqidan)

* Boks sport bo‘lsa, urush olimpiada ekan-da. 

* Oyog‘ingni ko‘rpangga qarab uzat. Aks holda, sovqotib qolasan.

* Senga 5 million marta aytganman, bo‘rttirmasdan gapirgin deb.

* Hamma ham kofe ichib uxlay olmasligi mumkin, lekin men uxlagan paytimda aniq kofe icha olmayman.

* Boshidan oxirigacha o‘qidim maktubingni. Keyingi safar yaponcha yozma.

* O‘zim uchun hech narsa so‘ramayman. Ey xudo, onamning yolg‘iz farzandiga go‘zal, tartibli, iboli kelin ato et. 

* Amal qilish muddati tugashiga hali ancha bor. Sharbatni sekinroq ich.

* Hayotimdagi hamma meni xursand qildi: kimdir hayotimga kirib, kimdir hayotimdan chiqib.

* Hayot insonning judayam ko‘p vaqtini oladi.

* Qalbingda men uchun joy yo‘q bo‘lsa, mayli, men boshqa avtobusda keta qolaman.

* Lift buzilgan. Eng yaqin lift keyingi yo‘lak (podyezd)da…

* Moviy osmon, quyosh, sohil… Shuncha narsa bor, men esa uy vazifasini bajarishim kerak.

* Seminarlarda old qatorlarda o‘tirmang, uxlay olmaysiz.

* Juda yaratuvchiman. Ajoyib muammolar yarataman.

* Olovli nigohlaring kipriklaringni yoqib yuboribdi…

* Sizga qarab to‘ymayapman. Ozgina osh yeb olay.

* Qorong‘uda mash’alada o‘tirish yaxshi. Lekin qorong‘uda mash’ala yonida o‘tirish yaxshiroq.

 

0 ta izoh

There are no comments