MANTIQ MAYDONI 20-2014

1. 4-sinf darsligidan savol

12 ta shashka  donasini shunday  uch qator qilib joylashtiringki, har bir qatorda shashka donalari soni 5 tadan bo’lsin.

 

2. Jozibador o‘yinchoqlar

Bolalar kasalxonasidagi bemorlar momiq ayiqpolvon o‘yinchoqlarini o‘ynashar edi. Bu o‘yinchoqlar bolalarga juda ham yoqib tushdi-yu, ammo ular kasalxonadan yo‘qola boshladi.  Yosh bolalar ularni uylariga olib ketib qola boshladilar.

Kasalxona  ma’muriyati  mazkur muammoni hal qilish uchun bolalarni o‘yinchoqlardan mahrum qilmasdan qanday chora ko‘rishlari mumkin?

 

3. Soxta tanga

Stolda 9 dona tanga bor. Ulardan biri boshqalariga nisbatan yengil. Pallali tarozi yordamida ikki marta o‘lchash  orqali  yengil tangani qanday aniqlash mumkin?

 

4. Ingliz tilidan savol

Ingliz tilida yozilgan "The quick brown fox jumps over the lazy dog" (tarjimasi: chaqqon jigarrang tulki dangasa kuchuk ustidan sakrab o‘tadi) gapi nimasi bilan noodatiy?

 

5. Isbot

Quyidagi  isbot  orqali 1 ning 2 ga tengligi isbotlangan.

1. 1=1
2. Birlardan birini X, ikkinchisini Y deb belgilab olsak: Х=У;
3. Tenglikning ikki tarafini X ga ko‘paytirib yuboramiz: Х2=ХУ;
4. Tenglikning ikki tarafidan У2 ni ayirib, ushbuga ega bo‘lamiz: Х2 - У2=ХУ - У2;
5. Chap tarafni qisqa ko‘paytirish formulasi orqali ko‘paytuvchilarga ajratib, o‘ng tomondan Y ni qavsdan tashqariga chiqarib yuboramiz: (Х-У)(Х+У)=У(Х-У);
6. Ikki tarafdagi (Х-У) larni qisqartirib, ushbuga ega bo‘lamiz: Х+У=У
7.X va Y lar o‘rniga 1 qo‘yamiz va 1+1=1,  ya’ni  2=1 ega bo‘lamiz.

Savol: ushbu isbotning qayerida xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

 

6. Harakatdagi avtobus

Quyidagi  rasmda 5 yoshli  Mahmudjon chizgan avtobus tasvirlangan. Ushbu avtobus qaysi tomonga harakatlanmoqda?

mantik.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

1. 888+88+8+8+8

2. 4756
3. 8
4. 3 yildan beri ovqat yemagan sherlar ochlikdan o‘lgan bo‘ladi.
5. Kastryulda tuxum qaynayotgan bo‘lgan. Tuxum  qaynayotganda  solingan  tuz  uning yorilib ketishi oldini oladi.
6. 1877_2.jpg
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments