MANTIQ MAYDONI 19-2014

1. Sakkiz dona sakkiz

Sakkiz dona sakkizni qo‘shib, 1000 ni hosil qiling.

 

2. Sonli rebus

Quyida keltirilgan sonli ketma-ketlikda ? belgisi o‘rnida keladigan sonni toping.

1423

2534

5867

3645

?

 

3. Xotira savoli

Quyidagi savolni bir marta o‘qib javoblashga urining.

Yo‘lovchi avtobusi ilk bekatdan 49 ta yo‘lovchi oldi. Ikkinchi bekatdan esa yana 5 kishini oldi. Keyingi bekatdan 3 kishi chiqib, 6 kishi tushdi, undan keyingi bekatda esa hech kim chiqmasdan 7 kishi tushdi. Navbatdagi bekatda 2 kishi chiqib, 15 kishi tushdi. Keyingisida 5 kishi, undan keyingisida yana 11 kishi tushdi. Shundan so‘ng avtobus oxirgi bekatga bordi. 

Savol: Avtobus yo‘nalishida nechta bekat mavjud?

 

4. O‘lim jazosi

Qadim zamonlarda aybdorni o‘limga hukm qilishibdi. Faqat unga o‘zi xohlagan uchta xonadan birini tanlash imkoniyati berilibdi: 1-xonada olov yonmoqda. Alanga juda kuchli bo‘lgani bilan xona temirdan bo‘lgani sababli tashqariga tutashmayapti va olov ham o‘chmaydi. 2-xonada esa qurollangan 12 ta jallod kutmoqda. Jinoyatchi kirishi bilan burda-burda qilishadi. 3-xonada esa 3 yildan beri hech narsa yemagan och sherlar galasi bor. 

Jinoyatchi qaysi xonani tanlashi kerak?

 

5. Tuzli nonushta

Dam olish lagerida nonushtaga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda. “Qo‘ng‘iroq” guruhi yigitlari boshqalar bilan hazillashmoqchi bo‘lishibdi. Ular qaynab turgan kastrul ichiga 4 quti tuzni tashlab yuborishdi. Bundan xabari bo‘lmagan “Bo‘g‘irsoq” guruhi a’zolari kastrulga 6 quti tuzni tashlab yuborishdi. “Alanga” guruhi yigitlariga ham xuddi shunday fikr kelib, ular kastrulga 3 quti tashlab yuborishdi.

Umumiy holda qaynayotgan kastrulga 13 quti tuz tashlangan bo‘lishiga qaramay, dam oluvchilarning hech biri ovqatning ta’midan yoki sho‘rligidan shikoyat qilishmadi.

Buning sababi nimada?

 

6. Tangalardan yo‘nalish

10 ta tanga yordamida yuqorini ko‘rsatib turuvchi strelka yasalgan (rasmga qarang). Bu rasmda 3 dona tanganing o‘rnini almashtirish orqali yo‘nalishni pastga qaratib qo‘ying.

1877_1.jpg

O‘tgan sonda e’lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

1. A
2. D bilan o‘ynamoqda.
3. 4
4. B
5. A
6.   (9/9)+9=10 99+(9/9)=100
     (1/6+6)*(6+6)=(37/6)*12=74
7. Ayol mashinada ketyapti deyilmagan. Mashinasida muammo bo‘lsa, uyda yotibdi va o‘zi bir tarafli yo‘lda qarama-qarshi yo‘nalishda piyoda ketmoqda. 
 
2 ta izoh

2 ta izoh

  1. Gravatar

    4. 3- xonani tanlashi k-k.

  2. Gravatar

    1. 888+88+8+8+8=1000