VTS OLIMPIADASI-2015

20140511_144819.jpg

Diqqat, tanlov! “Abituriyent” gazetasi Navoiy o‘quv markazi va www.abituriyent.uz sayti bilan hamkorlikda VTS olimpiadasini o‘tkazmoqda. Olimpiadada respublikamizning o‘zbek tilida ta’lim olgan barcha abituriyentlari ishtirok etishlari mumkin. Quyida VTS olimpiadasi haqida mufassal to‘xtalib o‘tamiz.   

1. VTS olimpiadasi nima?

Virtual test sinovlari olimpiadasi “Abituriyent” gazetasining yuqorida tilga olingan hamkorlar bilan birgalikda uyushtiradigan tanlovi bo‘lib, u 2011 – 2012-yilgi mavsumdan boshlab o‘tkazila boshlandi. Tanlov to‘rt yo‘nalishda (tabiiy, iqtisod, texnika va ijtimoiy yo‘nalishlarda) o‘zbek tilida tashkil qilinadi. Tanlovdan maqsad abituriyentlarning kirish imtihonlariga tayyorgarligini nazoratdan o‘tkazish, ularda test yechish ko‘nikmasini shakllantirish hamda sinovlarda yuqori ko‘rsatkichga erishgan o‘quvchilarni rag‘batlantirishdan iborat.

 

2. O’tgan 2013 – 2014-yilgi VTS olimpiadasi haqida

Saralash bosqichi 6 oy davom etgan navbatdagi VTS olimpiadasining yakuniy bosqichi 2014-yil 11-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

 

Olimpiadada saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 25 nafar abituriyent ishtirok etishdi. Finalchilar yakuniy bosqichda ham, xuddi saralash bosqichida bo‘lganidek, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha uchta fandan test topshirdilar. Baholash esa oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni baholash mezonlari asosida (3,1; 2,1; 1,1 ballar) amalga oshirildi. To‘plangan umumiy ball esa shu ballar yig‘indisidan iborat bo‘ldi.

Test jarayoni uch soat davom etdi.

Quyida 2013 – 2014-yilgi VTS olimpiadasida g‘olib bo‘lgan abituriyentlarning ism-shariflari hamda to‘plagan ballari keltiriladi.

 

Iqtisodiyot yo‘nalishi:

1. Komil Hakimov                     – 197,2 ball

2. Rahmon Usmonov                – 179,5 ball

3. Musulmon Malikov                – 164,1 ball

 

Tabiiy yo‘nalish:

1. Davlatbek Aktamov              – 185,3 ball

2. Ismatilla Hakimov                 – 157,5 ball

3. Bahodir To'raqulov               – 154,6 ball

 

Texnika yo‘nalishi:

1. Davron Razzakov                 – 150,8 ball

2. Fotihxo'ja Mahmudxo'jayev   – 127,0 ball

3. Dilnoza Bobonazarova                      – 124,2 ball

Ushbu g‘oliblarning kirish imtihonidagi natijalari va taassurotlari bilan gazetamizning 4-5 sahifalarida tanishishingiz mumkin.

 

3. VTS olimpiadasida ishtirok etish shartlari

Olimpiada quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:

1. Avvalo, 2014-yilning 29-oktabriga qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyent o‘zi haqida quyida keltirilgan shakldagi ma’lumotni azimjon105@mail.ru manziliga yuborishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumotnomada abituriyentning ism-sharifi, pasport ma’lumotnomasi (raqami va qachon qayerdan berilgani), tahsil olayotgan (yoki olgan) dargoh nomi, telefon raqami hamda foydalanuvchi nomi (Abituriyent.uz saytidagi nik) to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.  

Abituriyent.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z ma’lumotlarini jo‘natmagan abituriyentlar saralash bosqichida ishtirok eta olmaydilar.

2. 2014-yilning 30-oktabrdan (22-son/2014) 2015-yilning 10-mayiga (9-son/2015) qadar saralash bosqichi o‘tkaziladi. Bu oraliqda ishtirokchi “Abituriyent” gazetasining noyabrdan to aprel oyining oxirigacha chiqadigan sonlaridagi o‘z yo‘nalishiga taalluqli testlarni yechadi va javoblarini www.abituriyent.uz saytining VTS bo‘limiga kiritadi. “Natijani ko‘rish” tugmasini bosib, necha ball to‘plagani, ayni paytda ishtirokchilar reytingida qaysi pog‘onani band etib turgani haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

Unutmang, bir testni faqat bir martagina yechish huquqiga egasiz. Shoshqaloqlik qilib, xato belgilasangiz yoki natijani ko‘rish tugmasini ertaroq bosib yuborsangiz, u testni qayta yecha olmaysiz.

VTS olimpiadasi testini imkon qadar kompyuter orqali yechish tavsiya qilinadi. Mobil telefonlarda xatoliklar yuz berishi mumkin.

3. VTS olimpiadasining final bosqichi 2015-yil 24-may kuni o‘tadi. Unda har bir yo‘nalish bo‘yicha saralab olingan abituriyentlar ishtirok etadi. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan abituriyentlar ro‘yxati hamda imtihon o‘tkazish tartibi, joyi, sanasi “Abituriyent” gazetasi va www.abituriyent.uz sayti orqali e’lon qilinadi.   

4. Final bosqichida g‘oliblar safidan joy olish uchun 150 balldan yuqori ball to‘plash lozim. Aks xolda, u abituriyentga g‘oliblik mukofotlari topshirilmaydi.

 

4. VTS olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash

VTS olimpiadasida har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Pul mukofotlari o‘rinlar uchun quyidagicha taqsimlangan:

1 ta I o‘rin – 500.000 so‘m;

1 ta II o‘rin – 300.000 so‘m

1 ta III o‘rin – 200.000 so‘m

Bir xil ball to‘planishi natijasida o‘rinni taqsimlash bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan taqdirda qo‘shimcha sinov o‘tkaziladi.

Marhamat, tanlovda ishtirok eting va bilimingizni sinab ko‘ring. Olimpiada o‘z g‘oliblarini kutmoqda.

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments