MANTIQ MAYDONI 18-2014

1. Qarindoshlik

A Q ning o‘g‘li. Q va Y opa-singillar, Z esa Y ning onasi. P esa Z ning o‘g‘li. 

Ushbu shartlardan kelib chiqib quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri?

A) P A ning tog‘asi

B) P va Y opa-singil

C) P A ning amakisi

D) Z Q ning ammasi

 

2. 9 bola

Oilada 9 nafar farzand bor. 

A kiyimlarni dazmollamoqda.

B televizor tomosha qilmoqda.

C ovqat pishirmoqda.

D shaxmat o‘ynamoqda.

E hammomda cho‘milmoqda.

F radio eshitmoqda.

G uxlamoqda.

I esa yangi kiyimlarini kiyib ko‘rmoqda.

H nima qilyapti?

 

3. To‘plamli jumboq

mantik.jpg

 

Rasmda doiradagilar kuchlilar. Kvadratdagilar esa uzunlar. Uchburchakda esa armiya zobitlari ko‘rsatilgan. Uzun bo‘lmagan kuchli armiya zobitlari qaysi raqam bilan belgilangan sohada?

 

4. Diagramma

mantik1.jpg

J harfidagilar jinoyatchilarni, O‘ o‘g‘rilarni va F futbolchilarni ifodalamoqda. Quyidagi diagrammalardan qaysi biri ularning munosabatini eng to‘g‘ri ko‘rsatib bergan.

 

 

5. Kodlash

LBAEHC so‘zi BLEACH so‘zining kodlanishi bo‘lsa, qaysi so‘zning kodlanishi NBOLZKMH?

A) BNLOKZHM B) MANKYJLG

C) LOBNHMKZ D) OBNKZLHM

 

6. 9 lardan sonlar yasash.

– 3 dona 9 dan foydalanib 10 sonini hosil qiling.

– 4 dona 9 dan foydalanib 100 sonini hosil qiling.

– 4 dona 6 dan foydalanib 74 sonini hosil qiling.

Sonlarni hosil qilishda ixtiyoriy arifmetik amallardan foydalanishingiz mumkin.

 

7. Malla sochli ayol

Malla sochli (malla sochlilar haqida latifalar ko‘p bo‘ladi) yosh va go‘zal ayol bir tarafli yo‘ldan teskari yo‘nalishda ketmoqda. 

Ayol mashinalar uchun qizil chiroq yonganda yo‘lni kesib o‘tdi. 

Ayol mashinasining sug‘urta muddati tugagan, old chiroqlari yonmaydi, old kapotida esa urilganlik izi turibdi. Ayolning yo‘nalish signal lampochkalari ishlamayapti, ballonlarining boltlari bo‘shab qolgani sababli notekis yuradi. Mashinada shuncha muammo yetmaganday,  bu ayol spirtli ichimlik ham qabul qilgan va bularning barchasidan YPX xodimi xabardor. Lekin ayolni to‘xtatmayapti. Sizningcha, YPX xodimi nega ayolni to‘xtatmayapti?

 
0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments