MANTIQ MAYDONI 14-2014

1. Qaysi kun?

O‘rmonda adashib qolgan Alisa bugun qaysi kun ekanligini unutib qo‘ygan edi. U o‘rmondagi favnlardan bugun qaysi kun ekanligini so‘rabdi va quyidagi javoblarni olibdi:

A. Kecha chorshanba edi.

B. Ertaga yakshanba.

C. Bugun juma

D. Kechadan oldingi kun Payshanba edi. 

Alisa faqatgina nechta odam yolg‘on gapirganini biladi. Agar u bundan boshqa hech narsani bilmasa, bugun haftaning qaysi kuni?                                            

 

2. Pandoraning qutilari

Pandoraning uch qutisidan birida uzuk bor. Har bir qutida yozuv bo‘lib, ulardan eng kamida biri rost va eng kamida biri yolg‘on. Berilganlardan foydalanib uzuk qaysi qutida ekanligini toping.

Tilla quti: Uzuk kumush qutida emas.

Kumush quti: Uzuk bu qutida emas

Mis quti: Uzuk shu qutida.

 

3. Sevgi qissasi

Yosh yigitlardan biri go‘zal qizga o‘ziga xos shaklda izhorlarini yetkazibdi: 

“Men senga bir narsa aytaman, u agar rost bo‘lsa, suratingni berasan, shunga rozimisan?” Vaziyatga qiziqib ketgan qiz rozi bo‘libdi. Yigit esa shartlarini davom ettiribdi: “Agar yolg‘on gapirsam, menga suratingni bermagin”. Qiz bunga ham rozi bo‘libdi.

Yigit bir gap aytgandan so‘ng, qiz ancha o‘ylanib qolibdi. Qiz so‘zida turmaslik yaxshi emasligini bilibdi va unga fotosuratini ham bera olmas edi. Lekin unga turmushga chiqishga rozi bo‘libdi. Yigit qizga nima degan?

 

4. Tarozi

Rasmlarda tarozidagi muvozanatlar ko‘rsatilgan. Shulardan xulosa qilib, quyidagi muvozanatlardan qaysi biri o‘rinli ekanini aniqlang? 

 

 

Tarozi 1.jpg

Tarozi 2 copy.jpg

5. Kub

Rasmdagi oltita kvadrat buklanib kub yasaldi. A, B, C va D rasmlardagi kublardan qaysi biri shu kvadratchalar yordamida yasalgan?

logicalpuzzles4.jpg
O‘tgan sonda  e’lon  qilingan  “Mantiq maydoni” sahifasining javoblari
1. 12 - 3 - 4 + 5 - 6 + 7 + 89 = 100
2. Uydan chiqmasdan turib, kirib chiqayotganimni hech kim ko‘rmadi, deb yozgani uchun.
3. Sitora. Oila a’zolari ismlarining boshlang’ichi notalar va yettinchi odamning ismi ham notadan boshlanishi kerak.
4.1 dona. O‘zbek stulda chordana qurib o‘tiradi, kovboy ikki oyog‘ini stol ustiga qo‘yib oladi va jentlmen ikkinchi oyog‘ini birinchi oyog‘i ustiga qo‘yib oladi.
5. 16

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments