SICHQON TUZOQ

Kunlarning birida fermer uyiga sichqon tuzoq qo‘yibdi.  Buni sezib qolgan sichqon fermadagi xo‘roz, qo‘y va ho‘kizga vaziyatni tushuntiribdi. Lekin ularnig hammasi: “Sichqon tuzoq? Bizga nima aloqasi bor. Bu sening muammoying”, - deyishibdi.

Sichqon bu tuzoqdan ehtiyot bo‘lib yurar ekan, tuzoqqa ilon ilinib qolib, ferma egasining xotinini tishlab olibdi. Fermer ayolini davolash uchun xo‘rozni so‘yib, sho‘rva pishirib beribdi. Keyin bemorni ko‘rgani kelganlarni mehmon qilish uchun qo‘yni so‘yibdi.

Fermer ayolini saqlab qola olmabdi. O‘lim u ayolni ham o‘z domiga olibdi. Janozaga kelgan mehmonlar uchun ho‘kiz so‘yilibdi.

Sichqon o‘z teshigidan vaziyatni kuzatib, hech kimga aloqasi bo‘lmagan voqealarni tahlil qilar edi.

Ba’zan qaysidir hodisalarga, menga aloqasi yo‘q, deb o‘tib ketishimiz keyinchalik bizni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin.

Mahmudjon YUSUFJANOV tayyorladi.

1 ta izoh

1 ta izoh

  1. Gravatar

    Аjoyib!