MANTIQ MAYDONI (13-2014)

1. Yig‘indi

1 2 3 4 5 6 7 8 9 =100

Tenglik berilgan. Bu tenglikning chap tarafidagi raqamlar orasiga 3 dona “+” hamda 3 dona “–“ ishorasini qo‘yib, tenglikni to‘g‘ri holga keltiring.

 

2. Dedektivning shogirdi

Dedektiv yangi shogird olgan edi. U shogirdiga: “Bugun kechqurun soat 8:00 da uyimga kel. Uyimga kelishingni hech kimga aytma, uyimga kirib chiqayotganingni hech kim ko‘rmasin”, - debdi.

Shogird aytilgan vaqtda ustozining uyiga kiribdi. Uyda hech kim yo‘q edi. Hamma yoqni aylanib tekshirib chiqqach, ustozning ish stoli ustida shunday xabar qoldirdi: “Aytgan vaqtingizga yetib keldim. Uyda hech kim yo‘q edi. Bu yerga kelganimdan hech kimning xabari bo‘lmadi va kirib chiqqanimni ham hech kim ko‘rmadi. Hurmat bilan …”

Lekin ertasi kuni yozgan xati uchun yaxshigina dakki eshitdi. Shogird qanday xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun ustozidan dakki eshitdi.

 

3. Farzandga ism

Donoxon bilan Renatning to‘rt nafar o‘g‘li bor va ularning ismlari ketma-ket ravishda MIrzohid, Farhod, Solih va Latif. Nihoyat, ular qizlik bo‘lishdi. Qizga ism tanlashda to‘rtta ismdan birini tanlab olishlari lozim edi: Nigina, Mohira, Sitora va Dinara.

Bu to‘rt ismni barcha qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar maslahatlashishdi. Nihoyat, Dostonning gitara chalishga o‘rgatuvchi ustozi ulardan birini tanlab, albatta, shu ismni qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Bu qaysi ism va nimaga?

 

4. Oyoqlar soni

Dumaloq stol atrofida o‘zbek, kovboy va jentlmen o‘tiribdi. Bu stol ostida nechta oyoq mavjud?

(Stol-stullar oyog‘i nazarda tutilmayapti)

 

5. Kvadratlar soni

Quyidagi gugurt cho‘plaridan yasalgan rasmda nechta kvadrat mavjud?

480610_559941687373410_94032434_n.jpg

O‘tgan sonda e'lon qilingan mantiq maydoni sahifasining javbolari.

1. 10 kishining sochini olganda ko‘proq pul topadi.

2. Odam bir kun zindonda, bir kun ozodlikda yashaydi.

3. C odam topadi. Bunga sabab D odamning jim turishi. Agar uning boshida ham oq rangli shapka bo‘lganida, D odam o‘ylamay qora der edi. Demak, C ning shapkasi B nikidan boshqacha rangda bo‘lishi lozim.

4. Ikki qumsoat bir vaqtda ishga tushiriladi. 7 daqiqalik qumsoat to‘lganida pishiriq duxovkaga qo‘yiladi. Shundan keyin, 4 daqiqada ikkinchi qumsoat to‘ladi va uni o‘girib, yana 11 daqiqa o‘lchab olinadi.

5. mantikans.jpg

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments