MANTIQ MAYDONI (12-2014)

 1. Sartarosh

Bir sartarosh: “Bir ozg‘in odamning sochini olishdan o‘nta semiz odamning sochini olish yaxshi”, - degan ekan. Bu sartarosh nimaga asoslanib shunday degan?

 

2. Jazoning yarmi

Qadim zamonlardagi qirollardan biri o‘z zindoniga kirib mahbuslaridan savol so‘ray boshlabdi. Savoliga to‘g‘ri javob bergan mahbusning jazosini teng yarmiga kamaytirishga va’da beribdi. Ana shunday savollardan biriga umrbod zindonga loyiq  ko‘rilgan mahbus javob berib qolibdi. Qirol u mahbusning jazosini qanday qilib yarmiga kamaytiradi?

 

3. Shapkaning rangi

Quyidagi rasmda odamlar bo‘ynilariga qadar tuproqqa ko‘milgan va bo‘ynilarini aylantira olmaydilar. Shu sababli faqat oldinga qaray oladilar. A va B odamlar orasiga devor qo‘yilgan va A hech kimni ko‘ra olmaydi. D  B va C ni, C esa faqat B ni ko‘ra oladi. Odamlar ularning ikkitasida qora, ikkitasida oq shapka borligini bilishadi.

Bu odamlarga 10 daqiqa vaqt berilgan bo‘lib, shu vaqt ichida qaysidir odam o‘z shapkasining rangini topsa, hammaning jonini qutqarib qoladi. Aks holda, to‘rtta odam ham o‘limga hukm qilinadi.

Lekin 1 daqiqa o‘tmay, odamlardan biri o‘z shapkasining rangini to‘g‘ri topdi. Qaysi odam shapkasining rangini topgan va nimaga asoslangan?

 

52755700da5ebbed5b00003d_1.jpg

 

4. Qum soatlar

Pishiriq pishiradigan qiz yong‘oqli pirojniyni 15 daqiqa olovda pishirishi kerak. Aksiga olib, uydagi barcha soatlar to‘xtab qolgan va uni o‘zi yurg‘iza olmaydi. Baxtiga, dadasining xonasida ikki qum soat bo‘lib, ulardan biri 7 daqiqani, ikkinchisi 11 daqiqani o‘lchaydi. Bu qiz pishiriqni nuqsonsiz pishirishi uchun vaqtni o‘lchashda unga yordam bera olasizmi?

 

5. Sonli rebus

Quyidagi doiralarning har biriga 1 dan 19 gacha bo‘lgan sonlarni shunday yozib chiqingki, gorizontal, vertikal va dioganal bo‘ylab joylashgan barcha chiziqlardagi sonlarning yig‘indisi teng bo‘lsin.

mantik.jpg

O‘tgan sonda e'lon qilingan mantiq maydoni sahifasi javoblari:

1. E

2. Yomg‘ir yog‘mayapti.

3. Mashinaning ballonlaridan ozgina havo chiqarib yuborilsa, ko‘prik ostidan o‘tib ketadi.

4. C

5. 12

6. Hech qachon ustma-ust tushmaydi.

7. Yog‘och 199 ta joyidan arralanadi. Shu sababli 199/4=49,75 soniya lozim bo‘ladi.

 

0 ta izoh

0 ta izoh

There are no comments