KIRISH IMTIHONI NATIJALARI CHIQQACH…

20130816_091527.jpg

Test sinovi natijalari  e’lon qilindi. Kimdir talabalik baxtidan sarxush bo‘ldi, yana kimdir qanchadir mehnati zoye ketganiga achina boshladi. Kimdir esa yo baxtdan, yoki baxtsizlikdan ko‘z yoshini tiya olmayapti.

Aslida, bunday holatning ro‘y berishi tabiiy. Lekin bir dunyo orzu-umidlar bilan test sinoviga kirgan abituriyentga “yiqilganligi” haqidagi xabar chaqinday uradi. Hatto, ko‘pchilik abituriyentlar bu narsadan so‘ng ancha vaqtgacha o‘zlariga kela olmaydilar.

Mana shu narsaning xato ekanligini tushunish juda muhim. Haqiqiy kuchli odamlar yiqilmaydigan insonlar emas, balki har yiqilganida o‘rnidan tura olishga kuch topa olgan kishilar hisoblanadi. Yiqilmaydigan yoki hech yiqilmagan mashhur insonlarni uchratmaysiz. Tarixda nomi qolgan mashhur shaxslarning tarixi bilan tanishib chiqsangiz, ularning hayotida bunday yiqilishlarning juda ko‘p bo‘lganini-yu, shu vaziyatlardan muvaffaqiyatli o‘ta olganliklariga guvoh bo‘lasiz.

Imtihondan o‘ta olmaslik juda katta fojia emas. Chunki atrofda sizga o‘xshagan abituriyentlar juda ko‘p. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, oliy ta’lim dargohlariga 534 mingdan ortiqroq abituriyent hujjat topshirgan va shulardan atigi 50 mingi talabalar safiga qabul qilinadi. Demak, kira olmaganlarning soni sal kam 500 mingni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlardan 10 marta ko‘p. Demak, hayot to‘xtab qolgani yo‘q, yashashda davom etamiz.

Aqlli abituriyent natija chiqqandan so‘ng ikki-uch kun ichida qaror qilishi lozim. Chunki vaqt o‘tgani sari uning zarariga ishlaydi. Umidsizlik girdobi uning o‘zidan boshqa odamga zarar qilmaydi. U kelajak haqidagi rejalariga oydinlik kiritib olishi va o‘sha asosda qadam tashlashi lozim. Endi qanday qarorlar qabul qilish mumkinligi hamda ularning ijobiy va salbiy tomonlarini birma-bir ko‘rib chiqsak.

O‘qishni butunlay tashlayman, pul topish yo‘llarini o‘ylayman. Albatta, bu ham bir individning o‘z hayoti haqidagi qarori. Qarorlar doimo hurmatga loyiq.

Avvalo, shuncha qilgan mehnatingizga achinmayapsizmi? Hech narsaga erishmadim deyishga shoshilmang. Chunki olgan bilimlaringiz sizning dunyoqarash va fikrlashingizga ancha ta’sir o‘tkazgan. Shunga qaramay, ilm yo‘lidan yurishdan voz kechsangiz, unda o‘z salohiyatingizdan kelib chiqib bironta hunar o‘rganing. Masalan, mashina tuzatishmi, komputer sozlashmi, tikuvchilikmi yoki to‘quvchilikmi …. Chunki hunarli hech qachon xor bo‘lmaydi. O‘z hunarining ustasi bo‘lgan odam doimo pul topa oladi. Lekin bu yo‘l ham ilm olishdan ko‘ra oson emasligini unutmasangiz bo‘ldi.

Bozorga chiqish yoki shunga o‘xshagan ishlar sizning shunday iste’dodingizdan foydalanmaslik degani. To‘g‘ri, u yerda pul topish nisbatan oson, lekin u yerning tosh-tarozisi ancha og‘ir. Tashqaridan hamma ish oson ko‘rinadi. Keyin bir kun kelib bozoringiz yurmay qolsa, qo‘lingizdan hech qanday ish kelmasligi juda achinarli bo‘ladi. Siz kelajagingizni quryapsiz, o‘zingizni xor qilmaydigan qarorlar qabul qiling.

Harbiy xizmatga borib kelib, keyin topshiraman. Bu ham qaror. Vatan oldidagi burchingizni bajaring va qo‘shimcha 61,2 ballga ega bo‘ling. Lekin bu imtiyoz hammaga ham berilavermasligini, shuningdek, harbiy xizmatga o‘qishga kirish uchun ball to‘plash vositasi sifatida qaramaslik lozimligini eslatib qo‘ymoqchimiz.

Talaba bo‘lish uchun 61,2 ballning o‘zi yetarli emas. Buni hisobga olib, chaqiruv vaqtigacha va harbiy xizmatdan qaytib kelgandan to kirish imtihonigacha bo‘lgan vaqtlardan unumli foydalaning. U paytlarni tayyorgarlik bilan o‘tkazing.

Bu yil bor kuchim bilan tayyorgarlik ko‘rib, keyingi yil albatta abituriyent bo‘laman. Bu qaror – talabalik sari yo‘lga chiqqan haqiqiy abituriyentning gapi. Faqat qanday kamchiliklar sababli talaba bo‘la olmaganingizni inobatga olib, ularni bartaraf eting. Yaxshi niyat bilan yo‘lga chiqqan karvon, albatta, o‘z manziliga yetib boradi.

Azimjon MAHMUDOV

10 ta izoh

10 ta izoh

  1. Gravatar

    Farida sizga katta RAHMAT. Uzingiz qayerga kirgan edingiz. Gazetada ham sizni nomizdan maqolalar chiqgan edi. Navoiy ATMda ishlayapsizmi? Etibor uchun yana bir bor Rahmat...

  2. Gravatar

    Qamarov Otabek talabalik muborak bo'lsin. Sizni chin ko'ngildan tabriklayman. Samarqand yuzini yerga qaratmabsiz. Qoyil yana bir bor tabrik....

  3. Gravatar

    Nihoyat men ham talaba buldim. ToshFarMIga davlat granti asosida qabul qilindim. Bunga menga yaqindan yordam bergan va duoda bulgan ota onamga yaqinlarimga, SamDCHTI 2-son o'qituvchilariga va alohida ABITURIYENT gazetasiga katta rahmat aytaman! Gazetadagi testlar va VTS olimpiadasi testda yuqori ball olishimga sababchi buldi. Navoiy ATM ning keyingi ishlariga omad. Abituriyentlarga omad gazetani quldan tashlamang va mehnat qiling. TALABAlik baxtiga barcha erishsin!

  4. Gravatar

    men bir yil yiqilganman.ötgan yili 3,0ball yetmagandi. Xudoga wukur buyil TTA ga davlat granti asosida 4-örinda talabalikka qabul qilindim. Yiqilganimdan kn juda yomon axvolga tuwganman.lekin bir yil juda qattiq tayyorlandm. Bu gaplarim studentlik baxti nasib qilmaganla un.siz atrofdagilani gapiga umuman etibor bermay,öqiwga qattiq berilib ketsayiz, bir yil ötganini bilmay ham qolasiz. Wu bir yilni qanday ötkaziw sizniqölizda.xatto yaqin dugonalarim dilfuz özi yaxwi bilmasdi wuning un yiqildi degan gaplaniyam tarqatgan. Vaholanki öwa qiz 2-yili ham yiqildi. Talaba böliw borasida omad degan gapla ham bor. Öqiw, örganiw zör iwtiyoq bn iwlaw, wubxasiz g'alabaga yetaklaydi. Faqat oldinga intiling, marra sizniki böladi.

  5. Gravatar

    Talabalik baxti nasib etgan studentlarni tabriklayman. Talabalik bu yil nasib etmaganlar o'zlarizga bo'lgan ishonch va umidni yo'qotmanglar. Zero umidini yo'qotgan odamning boshqa yo'qotadigan narsasi ham yo'q. Kirolmadi degani HAYOT to'xtab qoldi degani emas.

  6. Gravatar

    Men ham abituriyentlik davridan studentlikka o'ttim :)

  7. Gravatar

    Yordam beringlar. Uch yildan beri kira olmayapman. Qayerda xato bor? Balim juda past chiqaveradi. Qanday qilsam bu yil ham yiqilmayman?

  8. Gravatar

    Yiqilgan abituriyentlar silani tuwunaman chunki özim 193 olib yiqilganman narxozdan lekin baribir kirdim Allohga wukur yana bir opacham 2 yil moliyaga kirolmay 3 yil kirgan yiqiliw va irodalilik qonimizda bor :-D shu insonlarga havas qiling 200 olib grantga kirgangamas sababi omad kesa sizam olardiz öwa balni . Qani olg'a siz albatta kirasiz! :-D

  9. Gravatar

    Hamma abituriyentlarga omad Talaba boldim MOLIYA grant asosida.

  10. Gravatar

    Ötgan yili men yuqoridagi sönggi qarorni qabul qilgandim va niyatimga erishdim, Allohga shukur!