TOSHKENTDAGI KOREYANING INHA UNIVERSITETI

 

mainPic.jpg

Toshkentdagi INHA universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, amaliy va nazariy malakaga ega, dunyo miqyosidagi raqobatlarga dosh bera oladigan informatsion texnologiyalar bo’yicha kadrlarini yetishtirish maqsadida ochilmoqda. 

Koreyadagi INHA universiteti bu jabhada ancha yuqori o‘rinlarda turadi. Va albatta, Toshkentdagi universitet dars rejalari ham u yerniki bilan bir xil bo‘ladi.

Universitetning asosiy maqsadi kelajakda texnologiya, biznes, sanoat va boshqa sohalarda insoniyat va millat uchun foydali bo‘ladigan avlodni kamol toptirishan iborat.

Fakultetlari: 

1. Axborot va aloqa muhandisligi (Information and communication engineering) fakultetida ushbu yilda 70 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan.

2. Kompyuter fani va muhandisligi (Computer science and engineering) fakultetida esa 80 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan.

* Ushbu universitetda barcha mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Qabul jarayoni: 

Talabalardan hujjatlarni qabul qilish elektron pochta orqali amalga oshiriladi. 

Elektron pochta orqali hujjat arizasi (application form) 7-maydan 20-iyungacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni 6-iyundan 20-iyungacha davom etadi. 

Yozma imtihon 5–6-iyul kunlariga matematika va fizika fanlaridan Toshkentdagi Turin politexnika universiteti binosida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 27-iyulda abituriyentlar suhbat uchun chaqiriladilar. Yakuniy natija esa 8-avgust kuni e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

* Elektron pochta orqali jo‘natilgan arizaning chop etilgan nusxasi

* Tarjimayi hol

* Pasport nusxasi

* IELTS ballini tasdiqlovchi sertifikat (5,0 balldan yuqori bo‘lishi lozim. IELTS sertifikatini suhbat sanasi, ya’ni 27-iyulga qadar taqdim etish mumkin)

* 0,86 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma

* Harbiy guvohnomadan nusxa (faqat yigitlar uchun)

* 3,5 x 4,5 o‘lchamdagi 6 dona rasm.

* Hujjatlarni tikish uchun papka yoki skorosshvatel

Imtihonda so‘raladigan mavzular ro‘yxati:

Matematika: murakkab sonlar, ratsional va irratsional tenglama va tengsizliklar, ko‘rsatkichli funksiyalar, logarifmik funksiyalar, trigonometrik ifodalar va funksiyalar, ketma-ketliklar va ularning limitlari, funksiyalarning limitlari, uzluksizligi, funksiyaning differensiallash, integrallash, aniq integral, noaniq integral, elementar kombinatorika, ehtimollar nazariyasi

Fizika: Nyuton qonunlari, ish va energiya, impuls, gravitatsiya qonunlari, nisbiylik nazariyasi, termodinamika, elektromagnetizm

* Imtihon savollari ingliz tilida bo‘ladi. 

inha.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

1 ta izoh

  1. Gravatar

    Tabiiy yo'nalishlari ham bo'lganda yaxshi bo'lardi.