QIZIQ HIKOYALAR

HARVARDDA QOLDIRILGAN O‘YIN

AQSHda Massachusetts Institute of Technology (Massachut Texnologiya) institutining oxirgi kurs talabasi qiziq bir tajriba o‘tkazdi. Bu tajriba doimiy harakatning qanday natijalarga olib kelishini ko‘rsatadi:

Bu talaba yoz oyida har kuni oq-qora chiziqli futbolka kiyib Harvard futbol maydoniga boradi. 15 daqiqa davomida maydonning u boshidan bu boshiga yurib qushlarga don sepadi. Shundan so‘ng cho‘ntagidan hakam hushtagini olib uni chaladi. Ob-havoga, yerning loyiga qaramay, har kuni shu ishlarni jiddiy takrorlaydi. 

Shu shaklda bir qarasa kuz ham kelib qoladi. Shu vaqtda Harvard futbol jamoasining o‘yini o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

Oq-qora chiziqli kiyim kiygan hakam o‘yinni boshlash uchun hushtak chalganda maydonda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan voqea sodir bo‘ladi. Yuzlab qushlar maydonga hujum qiladi va tabiiy ravishda o‘yin boshqa kunga qoldiriladi. Bu vaqtda esa talaba o‘qishni tamomlagan edi. 

 

QIZARGAN XAYOL

Bu voqea Yangi Zelandiyada yashovchi Kay Martin ismli odamga tegishli. Kechki ovqatga do‘stlarini chaqirgan Kay  ovqatdan oldin dasturxon tayyorlayotganda bir tovuqning juda qattiq baqirganini eshitadi. Ovozning qayerdan kelayotganiga qiziqqan Kay hovliga chiqib qaraydi, u yerda hech narsa topa olmaydi. 

Ichkariga kirganda ovoz juda yaqindan ,hatto oshxonadan kelayotganini sezadi. 

d0127ed3A copy.jpg

Qayerdan kelayotganini topganda  esa tepa sochlari tikka bo‘lib ketadi. Qizartirib pishirish uchun duxovkaga qo‘yilgan tovuq bor ovozi bilan baqirayotgan edi. Kay bu holatga: “Tovuqni tirigicha pishiryapman deb o‘yladim, qo‘rquvdan o‘lishimga oz qoldi”,- deydi.

Tovuqning faryodlari sababi Kayning o‘rtoqlari birlashib tovuqni duxovkadan chiqarib olgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Duxovkadan chiqarilgan tovuqning ovozi sovigan sari kamayib borayotganini sezishadi. 

Yangi Zelandiyadagi tovuq fermalarida tovuqlar bizdagi kabi kallasi kesilmasdan so‘yiladi. Kayning kechki ovqatga tayyorlagan tovug‘ining ovoz naychalari kesilmagan. Tovuqning qornida to‘planib qolgan bug‘  uning og‘zidan o‘tayotganda katta bosim hosil qilgan va ovoz naychasini harakatga keltirgan.

Bu voqeadan keyin taxmin qilgan bo‘lsangiz kerak, Kay uyida boshqa tovuq pishirmagan.

 

0 ta izoh

There are no comments